19
bo’lmaydi. Ishonchlilik testlarning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, test
yordamida olinadigan natijalarning qanchalik barqaror ekanini bildiradi.
Psixodiagnostik testlarning ishonchliligini aniqlash uchun psixodiagnostik test
sinaluvchilarning muayyan guruqi bilan bir bir necha marta mazkur test yoki uning
ekvivalent shakli vositasida o’tkaziladigan tekshiruvlarda aniq bo’ladi. Ushbu
tekshiruvchilar turli vaqtlarda o’tkaziladi. Agar qar ikki
safarda olingan natijalar
to’liq mos tushsa korrelyasiya koefsentini 1,0 ga intiladi. Biroq bu qech qachon
sodir bo’lmaydi va ko’pchilik testlar uchun korrelyasiya koefsenti 0,7-0,9 ni
tashkil qiladi. qolaversa testning ishonchliligini aniqlash usuliga qarab parallel,
retest, parchalanishiga asoslangan ishonchlilik turlari bor. Validlik yoki yaroqlilik -
psixodiagnostik testlarning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, metodika o’zi
nimani o’rganishga mo’ljallangan bo’lsa, o’sha narsani o’rganishga
qanchalik
yaroqli ekanini bildiradi. Diagnostik testlarning validligi test diagnostik o’lchovini
amalga oshira olishi yoki oshira olmasligini va o’lchovni amalga oshira olsa buni
qanchalik muvaffaqiyatli bajarishini ifodalaydi. Testning validligi qanchalik yuqori
bo’lsa u muayyan psixodiagnostik tekshiruv uchun shunchalik yaroqli deb
qisoblanadi. Biroq ko’pgina testlarning validligi odatda 0,60 dan past bo’ladi.
Birinchidan, u test ishonchlilik darajasidan yuqori bo’lishi mumkinemas,
ikkinchidan, maktab belgilari muvaffaqiyatli o’zlashtirishi
mezoni sifatida
unchalik ishonchli emas, uchinchidan, motivasiya intizom ijtimoiy sharoit o’z
ta'sirini o’tkazadi. Validlikning
quyidagi turlari bor, mazmuniy, kriterial,
konstruktiv. Demak, yuqorida biz umumiy psixodiagnostikaga oid ma'lumotlarni
keltirib o’tdik, endi esa aynan iqtidorli bolalar
psixodiagnostikasiga oid
ma'lumotlar bilan o’rtoqlashamiz.
Dostları ilə paylaş: