Madaniyat va sport ishlari vazirligi



Yüklə 231,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix01.04.2023
ölçüsü231,65 Kb.
#92389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
IQTIDOR

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


10 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.
 
IQTIDOR VA ISTE’DOD TUSHUNCHALARINING 
О
‘RGANILGANLIK HOLATI 
 
Ushbu muammoni tadqiq qilish uchun mashhur qarashlarni o’rganish muhim 
hisoblanadi. Dastlab psixologiya tarixidagi iqtidorli bolalar tabiatini o’rganuvchi 
evalyusion qarashlar ko’rib chiqiladi. 
Siyosatchi, g‘arbiy va ularning amaliy iqtidori haqidagi g‘oyalar Arestotel 
asarlarida ham uchrashiga qaramay alohida fan predmeti sifatida XX-asrlarda 
yuzaga kela boshladi.
Iqtidorlilik muammosi boyicha ilk tadqiqotlar asr boshlarida boshlangan. Bu 
kabi tadqiqotlar 1905-1912 yillar mobaynida Moskva, Petrograd, Kievda 
o’tkazilib, bu tadqiqotlar milliy xarakterga egaligi bilan Amerika, Angliya va 
Nemis psixologlarining qarashlaridan tubdan farq qiladi. 


11 
Bu borada tadqiqot olib borgan psixologlar qatoriga shaxs tuzilishiga qiyosiy 
yondashuvni olib kirib uni rivojlantirgan G.I.Rossolimini kiritish mumkin
(1910 y). G.I.Rossolimo o’zining "Bola qalbini tadqiq qilish rejasi" ishda jaqon 
psixologiyasida birinchilardan bo’lib bolani kuzatish sxemasini taklif qiladi. 
1909-1910 yillarga kelib esa G.I.Rossolimo tomonidan iqtidorli bolalarni 
diagnostika qilish tizimi yaratildi. Bu tizim o’zining to’liq va aniqligi bilan ajralib 
turardi. Bu tizim quyidagi asosiy funksiyalarni tadqiq qilishga qaratilgan:
a) diqqat;
b) iroda;
v) idrokning yaxlitligi;
g) eslab qolish;
d) assosiativ psixologiyaning tafakkur qaqidagi qarashlariga muvofiq 
keluvchi assosiativ jarayonlar.
Assosiativ jarayonlarni diagnostika qilish qoyidagi sifatlarni o’zida 
mujassamlashtiradi:
1) fikrlash; 
2) kombinasiyalashgan qobiliyatlar;
3) fikr tezligi;
4) tasavvur;
5) kuzatuvchanlikni boqolash. 
Bu jarayonlarni o’rganish uchun eksperimental psixologiyaning asosiy 
manbalariga tayangan holda diagnostik masalalar ishlab chiqildi. Ushbu metodika 
yordamida iqtidorlik darajasining dastlabki grafigi taqdim qilindi. Shunday qilib 
bilish jarayonlarini diagnostika qilish va ularning darajasini baqolash asosida XX 
asrga kelib iqtidorlilik darajasini baholashga urinishlar boshlandi.
G.I.Rossolimo bolalarda psixosomatik tadqiqotlar olib boriladigan bolalar 
psixologiyasi va nevrologiyasi institutini tashkil qiladi. Uning rahbarligi ostida 
"Psixologiya va bola" jurnali nashr qilina boshlandi. 1912 yil G.I.Rossolimo 
Lomonosov jamiyatiga a'zo bolalar orasidan yuqori iqtidorli bolalarni saralab 
oladi. 


12 
XX asr boshlariga kelib iqtidorlilik muammosini rus pedagoglari ham tadqiq 
qila 
boshladilar 
ularning 
ilmiy-metodik 
maqolalarida 
qobiliyatlarning 
"etishmasligi" yetakchi sifatlarning "tormozlanishi"ni yetishmasligi haqidagi 
g‘oyalar ilgari suriladi. Keyinchalik esa ularning tadqiqot muammolari qatoridan 
quyidagi jarayonlar o’rin egallay boshladi:
- iqtidorlilarni rivojlanishning ijtimoiy shartlari;
- iqtidorlik tushunchasini aniqlashtirish; 
- iqtidorlikni kelib chiqish va tuzilishi. 
Rus olimi V.M.Ekzemplyarskiy iqtidorli bolalarni o’rganish uchun diagnostik 
metodika qo’llangan. U iqtidorli bolalar uchun maxsus maktablar yaratish qamda
ularni o’qitish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish lozimligini taklif qilgan. 1920 
yillarning boshlarida tadqiqotchilar ya'ni bu muammoni o’rganuvchilar faqatgina 
yaxshi taraqqiy etgan qobiliyatlarnigina o’rganishga moyil bo’lib, ular orasidagi 
o’zaro boqliqlikni tadqiq qilishganligini ta'kidlagan. U iqtidorlilikni faqatgina 
intelektual soha bilan bog‘langan tadqiqotlarga o’z tanqidiy munosabatini 
bildirgan. U o’z ishlarida shaxs iqtidorliligini diagnostika qilish muammosiga 
asosiy e'tiborni qaratgan. 
1920 yillar oxiri 1930 yillarning boshlarida iqtidorlilik muammosini 
o’rganishga doir ishlar birmuncha jonlanganligi kuzatiladi. Jumladan, katta 
hqajmdagi psixologik diagnostik metodikalar, iqtidorlilikni aniqlovchi testlar 
ishlab chiqildi va amalga tadbiq qilindi. Bularning barchasi Yevropa, Amerika 
tadqiqotlari asosida amalga oshirildi. 
Agar bu tushuncha Rossiyada og‘qzaki o’rganilgan bo’lsa, XX asrga kelib 
Amerika, Angliya, Germaniyada bu muammo chuqurroq o’rganilgan. Pedagog va 
psixologlar orasida iqtidorlilikni tuzilish komponentlarini o’rganish kuchaydi. 
Masalan, Germaniyada psixikaga ko’nikish va moslashishning eng yuqori shakli 
sifatida qaralib, aqliy iqtidorning muqim tarkibi sifatida qaraladi.
V.Gitern buni quyidagicha izohlagan: Aqliy iqtidor-bu tafakkurni yangi 
talablarga ongli yo’naltirish va yangi topshiriqlar va qayot sharoitiga moslashish 
qobiliyatidir. Bu izoq muammoni moqiyatini ochib bergan va iqtidorlikni yangi 


13 
topshiriq sharoitlarga moslashish sharti sifatidagi muammoni yechimini topib 
bergan. Ushbu tavsifnoma iqtidorlilik darajasini ajratishga imkon berdi. 
V.Shtern qo’shimcha qilib: "Turli sharoit va sohalardagi yangi talablarga tez 
moslasha oladiganlar aqliy iqtidor egalaridir". Iqtidorlikni aqliy faoliyat bilan 
bog‘lash natijasida bilish jarayonlarini rolini ortishga irodaviy emosional sohalar 
kabi individual tavsifnomalarni rolini cheklanishga olib keldi. 
1912 yilda V.Shtern bolaning xronologik yoshidan qat'iy nazar uning 
tengqo’rlari kabi "oddiy" bola ekanini isbotlovchi matematik tenglikni ishlab 
chiqdi. Natijada u oddiy hisob-kitoblar orqali xronologik yosh va aqliy yosh 
o’rtasida aloqa borligini isbotladi: u bu ko’rsatkichni intelekt koeffisenti deb 
nomladi (IQ). U bolaning intelektual taraqqiyotidagi rivojlanishi yoki orqada 
qolishni inobatga olib intellekt va intellektual farqlarni bola intellektual 
taraqqiyotini intensivligi va tempini tekshiradi. Formula quyidagicha bo’lib. 

Yüklə 231,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin