Madaniyat va sport ishlari vazirligi



Yüklə 231,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix01.04.2023
ölçüsü231,65 Kb.
#92389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
IQTIDOR

IQ=(AqqXq)·100 aqliy yosh (AE) va (XE) xronologik yosh orasidagi muvofiqlik 
aniqlanadi.
Iqtidorlikni aniqlash uchun aqliy taraqqiyot shkalalari ishlab chiqilgan bo’lib, 
ulardan biri Bine-Simon shkalasidir. Ushbu diagnostik shkalaning 2 ta muhim 
tamoyili uni yangiligi va amaliy ahamiyatini belgilab beradi. Birinchisi diagnostik 
topshiriqlar yordamida aniqlanuvchi barcha bilish jarayonlariga integral
ekvivalentlarning topilganidan iborat. Ikkinchi tamoyil esa bolaning intellektual 
imkoniyatlarini, intellektual taraqqiyot bilan muvofiqligini o’z ichiga oladi. 
Bu esa o’z navbatida iqtidorlikni bir qator faktorlar bilan boqlab o’rganish 
imkonini berdi. 30 yillar boshlariga kelib shkala L. Termen tomonidan 
modifikasiyalangan Stenforr-Bine shkalasi Moskva, Kursk, Vorenejlarda 
qo’llanilib sinovdan o’tkazilgan. 
 
 
 
 
 


14 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3.
 
IQTIDORLI VA ISTE’DODLI BOLALAR TARAQQIYOTINI 
TADQIQ QILISH METODI 
Iqtidorli va iste’doli bolalar taraqqiyoti dinamikasini tadqiq qilish 
metodi. Iqtidorlikni tadqiq qilish L.Termen-izlanishlari orqali 1920 yillardan 
boshlangan bo’lsa qam unchalik uzoq tarixga ega emas iqtidorli va talantli bolalar 
boyicha butunjaqon ittfoqining 1- yiqilishidan keyingi 20 yillik nashr qilingan 
ilmiy ishlarni tahlil qilib shunday xulosaga keldik. Ushbu muammo yuzasidan olib 
borilgan tadqiqotlar bir yoki bir nechta yosh davrlarni saralab olish metodi orqali 
amalga oshirilgandir. Bu metod sinaluvchilardagi iqtidorlilik va shaxs sifatlarini 
yuqori darajadagi ishonchlilik bilan ko’rsatib beradi. Biroq ushbu metodga 
muvofiq iqtidorlilikni individualigining qayot ta'sirida rivojlanishni o’rganish 
cheklangandir. Xujjat ma'lumotlariga ko’ra sinaluvchilarning va yaqinlarining 


15 
xotiralari ko’pincha ma'lumot berish mumkin. Bu metod longityud ma'lumotlar 
yiqishga asoslangan bo’lib iqtidorlilarning eksperimental guruqini osonlik bilan 
ajratib olinishi mumkin. qujjatlarni taqlil qilish va xotiralar bir tomondan individ 
iqtidorining maxsus xususiyatlarini boshqa tomondan uning muxitga, ta'lim-
tarbiyaga ta'sirini tushunishga yordam beradi. 
Yana bir tadqiqotchi L.Termen o’zining izdoshlari bilan birgalikda yuqori
IQ ga ega bo’lgan iqtidorli bolalar bilan 40 yil davomida longityud tadqiqotini olib 
bordi. Bu va boshqa tadqiqotlar longityud metodining nazariy va amaliy 
muammolarni qayta ishlash uchun juda aqamiyatli ekanini ko’rsatdi. 
Iqtidor muammosini tadqiq qilish uchun olib berilgan izlanishlarda longityud 
keng qo’llanilmoqda. qoidaga muvofiq bir yoki bir nechta sinaluvchi uzoq yillar 
mobaynida uzluksiz kuzatiladi. 
Longityud metodining yutuqi shundaki, u orqali iqtidorlikning potensiali 
sifatida namoyon bo’lib, aynan shu potensialni qanday rivojlanishi, qaysi davrda 
qanday namoyon bo’lishini qayd qilib borish unga ta'sir etuvchi turli omillar 
o’rganish mumkin. Qolaversa longityud metodi tadqiqotlarda eksperiment 
guruhidan o’zining iqtidorlilik ko’rsatkichi bilan farqlanuvchi nazorat guruqini 
bo’lishiga imkoniyat yaratadi. Longityud metodining shuncha imkoniyatlari 
bo’lishiga qaramay iqtidorlik muammosi boyicha olib borilgan tadqiqotlarning 
atigi 10% ida ushbu metod qo’llanilgan. Bu eng avvalo eksperimentlardan boshqa 
metodlarga qaraganda ko’p vaqt va kuch sarf qilganligi bilan boqliq. Longityud 
metodini qo’llash uchun sinaluvchilar soni juda ko’p bo’lishi zarur, chunki yillar 
mobaynida ayrim sinaluvchilar turli sabablarga ko’ra guruqdan chiqib ketishi yoki 
eksperiment oxirida kutilgan natijani bermasligi mumkin, oxir-oqibat kam sonli 
sinaluvchilarning ko’rsatkichlari aqamiyat kasb etadi.
Longityud tadqiqotlarning birinchi va eng muqim vazifasi sinaluvchilarning
iqtidorlisini ajratib olishdir. Ilgarigidan farqli ravishda qozirda IQ ni o’lchashda 
intellektning faktorliligi boyicha ishlab chiqilgan psixologiya konsepsiyalarida tan 
olinmoqda. Bu bilan boqliq holda iqtidorning ham ko’p faktorliligi tan olinmoqda. 
Ko’pgina psixologlarning fikricha, kognitiv ahqamiyatga ega bo’lmagan shu bilan 


16 
birga intellektga boqliq bo’lmagan kreativlik iqtidorlikning faktori deb qabul 
qilinmoqda. qolaversa ayrim psixologlar ijtimoiy muqit omillarini oilaviy sharoit, 
ta'lim dasturini inobatga olish muhim ekani ta'kidlashmoqda. 
Turli nazariy konsepsiyalar longityud tadqiqotlarning turli eksperiment 
shakllariga asos bo’lib xizmat qiladi va natijada ushbu nazariya qanchalik 
qaqiqatga yaqin ekanligi, uni o’zgartirishga zarurat bor yoki yo’qligi aniqlanadi.
Longityud tadqiqot uchun iqtidorli bolalarni saralashning eng mashqur 
mezoni bu jamiyat tomonidan uning imkoniyatlarini tan olinishidir: masalan, 
maktabni bitirishda yoki qandaydir ko’rik tanlovda yutuqni qo’lga kiritib, 
raqbatlantirishi. Saralab olingan sinaluvchilar 8-15 yil mobaynida turli so’rovnoma 
va intervyular orqali kuzatib boriladi (1-4 yilda 1 marta). Qo’lga kiritilgan yutuqlar 
qar doim qam iqtidorlilikdan dalolat bermaydi. Shuning uchun yuqoridagi saralash 
mezoni psixometrik metodlar: intellektual testlar, ijodiy va maxsus qobiliyatlar 
orqali to’ldirib, o’zgartirilib boriladi.
Iqtidorli bolalarni diagnostika qilishning asosiy tamoyili iqtidorlilik 
konsepsiyalari va yondashuvlarning o’zgarishi bilan o’zgarib borgan. Hozirgi 
kunda iqtidorlikni diagnostika qilish uchun ko’pgina testlar ishlab chiqilgan: 
intellektual qobiliyatlarni o’rganish uchun - Dj.Reven "Progressiv matrisalari"ning 
murakkablashtirilgan varianti iqtidorli o’quvchi uchun bilish qobiliyatlarining ko’p 
darajali testi (KRT) (K.Xeller va izdoshlari tomonidan ishlab chiqilgan), 
intellektual qobiliyatlarini ekspress- diagnostikasi metodikasi (MEDIS-6-7) (E. I. 
Sheblanova, I. Averina, Ye. N. Zadorina, 94). Kreativlikni o’rganish uchun Dj. 
Gilfordning "Noyob qo’llash ijodiy tafakkurning verbal testi" (Averina, 
Sheblanova, 96), P. Torrensning ijodiy tafakkur testi (TTST) (Sheblanova, 93) 
maxsus qobiliyatlarni aniqlash uchun testlar matematik, musiqiy, texnik, sensor, 
motorika uchun testlar va boshqalar (E. M. Borisova, 1987). Iqtidorning serqirra 
va sermazmunligini inobatga olgan qolda kompleks psixodiagnostika o’tkazish 
lozim ya'ni shaxsdagi intellektual qobiliyatlar maxsus qobiliyatlar va ijodiy 
tafakkur bilan birga shaxsning shaxsiy va motivasion xususiyatlarini o’rganish 


17 
zurur. K.Xeller, K. Perlet, V.Siervalod iqtidorlilikni kompleks tarzda tadqiq qilish 
uchun quyidagilarni o’rganishni taklif qiladilar:
- Intellektlar (kognitiv qobiliyatlar testi va o’qituvchining baqosi yordamida). 
- Kreativlik (Dj. Gilford testi boyicha noyob usullarni, P.Torrens boyicha 
kreativlikni verbal iqtidorni aniqlovchi testlar va o’qituvchining baqosi 
yordamida). 
- Ijtimoiy kompetentlik (so’rovnoma va o’qituvchining baqosi yordamida).
- Psixomotor qobiliyat (kompyuter testlari va o’qituvchining baqosi 
yordamida).
- San'at soqasidagi qobiliyat (o’qituvchining baqosi yordamida).
- Kognitiv bo’lmagan shaxs xususiyatlari (so’rovnomalar: bilimga tashnalik
omadga umid qilish omadsizlikdan qo’rqish xavotir, o’ziga-o’zi baqo, o’quv 
uslubi). 
- Muqit xarakteri (oilaviy va maktab muqitini o’rganuvchi so’rovnomalar 
yordamida).
- Intilish (turli soqalardagi faollikni aniqlovchi, turli fandagi o’zlashtirishni 
ko’rsatuvchi so’rovnoma).
Longityud adqiqotlarini qayta o’tkazish olingan ma'lumotlarni to’ldirish va 
kengaytirish imkonini beradi. Longityud metod orqali bolalar iqtidorini uzoq 
yillar davomida o’rganilganligi tufayli uning yosh xususiyatlarini o’rganish 
imkoniyatini beradi.
Ushbu tadqiqotlar doirasida iqtidorli bolalarning intellektual ijodiy va maxsus 
qobiliyatlarni rivojlantiruvchi dasturlar ishlab chiqildi. Iqtidorlilik 
muammosi 
boyicha jaxon va xorij tadqiqotchilarining ishlarini taqlil qilish shuni ko’rsatadiki, 
iqtidorni shaxsni ijodda o’zini universal, potensial imkoniyatlarini namoyon qilish 
deb tasavvur qilish keng tarqalgan. Demak: 
1) Iqtidor tug‘ma va intellektual voqelik deb tushuntiruvchi konsepsiya 
yangisi bilan almashdi. 
2) Iqtidor yuqori intellektual bilan bir narsa emas, vaxolanki yuqori intellekt 
iqtidorlilikning muhim shartidir. 


18 
3) Iqtidorlilikni muhim komponenti kreativlikdir.
4) Iqtidor insonning barcha shaxsiy sifatlarida ko’rinadi: qiziqishlari, 
motivlari, qislari, irodaviy xususiyatlari va boshqalar. 
5) Shaxsning ijodiy potensiali iqtidorlilikni asosini tashkil qiladi. Shu bilan 
birga u qayot tarzi ijtimoiy muqitning ta'sirisiz avtomatik tarzda namoyon 
bo’lmaydi. 
6) Iqtidorli 
bolalarni 
o’rganish 
uchun 
aqliy 
iqtidorning 
asosiy 
komponentlarini, rivojlanishi dinamikasini o’rganishga imkon beruvchi- longityud 
metodini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Iqtidor o’ziga xos individuallik bo’lishga 
qaramay qator umumiy xususiyatlarga qam egadir ko’zatishlar va eksperimentlar 
natijasida bolalar iqtidorining bir necha tiplarini ajratish mumkin. 

Yüklə 231,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin