Madaniyat va sport ishlari vazirligi



Yüklə 231,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix01.04.2023
ölçüsü231,65 Kb.
#92389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
IQTIDOR

Ekspert bahosi metodi. Tadqiqot jarayonida psixologik iqtidorli bolalarni va 
nazorat guruhidagi bolalarni baholash uchun ekspertlarni taklif qiladi: ota-onalar
tarbiyachilar, musiqiy xodimlar, sinf raqbari, fan o’qituvchilari ularga stimul 
varaqa beriladi, unda bola o’z talantini ko’rsatishni mumkin bo’lgan 10 soha 
xarakteristikalari beriladi: intellektual, akademik o’zlashtirish, ijodiy, badiiy, 
artistik, musiqiy texnik harakatli, rassomlik, ij. Ekspert har bir ko’rsatilgan 


20 
xarakteristikalarni 5 balli tizimda baholaydi. Agar bolaga qandaydir xarakter juda 
mos bo’lsa 5 ball, 2 ball - buning aksi bo’lsa qoyiladi. (ballar 5,4,3,2).
Anketa metodi. Iqtidorli bolalarning intellektual va ijodiy taraqqiyotini 
diagnostika qilish uchun ota-onalarga maxsus anketalar ishlab chiqilgan. Anketa 
savollarini tuzishda bolaning individual qobiliyatlarini rivojlanishi haqida turli-
tuman ma'lumotlarni yiqishga asosiy e'tibor qaratiladi. Anketa o’zida bolaning 
jismoniy rivojlanishi, bilish faoliyati rivojlanishi, bolaning qiziqishlari
qobiliyatlari, bolada ijodiy faoliyat va qiziquvchanlikning namoyon bo’lishi, 
muayyan bilim, ko’nikmalar, maxsus qobiliyatlarga ega ekanligi qaqidagi 
savollarni mujassamlashtiradi. Anketa savollarida bola shaxsiga oid xususiyatlar 
borasida ham so’z yuritiladi. Muloqotchanlik, liderlikka intilish, maqsadga 
intilishda qat'iylik. Anglangan eqtiyojlarni o’rganish uchun bolaga V.S.Yurkevich 
tomonidan tuzilgan 2 ta anketa beriladi ushbu anketa 5 ta savoldan iborat va 
anglangan eqtiyojlar yaqqol namoyon bo’luvchi, kuchsiz va juda zaif namoyon 
bo’luvchi kabi darajalarda ko’rinadi. 
4. BOLALAR IQTIDORI VA YOSHLAR ISTE’DODINI 
RIVOJLANTIRISH OMILLARI 
Psixologiya fan sifatida yangi bo’lishiga qaramay, uning tarkibi doimo 
insonlarni qiziqtirib kelgan. Chunki, psixologiya 

bu bizning hayotimiz va u qar 
doim, qar qanday, qar qaerda biz bilan. Shuning uchun fanni turli muammolari 
yuzasidan oz bo’lsa qam aniq yondoshuvlar bordir. Bu yerda, iqtidor muammosi 
qam chetda qolmaydi. Bundan bir necha 10 yil avval S.L.Rubinshteyn: 
"Iqtidorlikni o’rganuvchi ko’pgina ishlar mavjud. Biroq, olingan natijalar bu ishga 
sarflangan vaqtni oqlamaydi. Bu ko’pgina tadqiqotlarning noto’g‘ri ekani va ularda 
qo’llanilgan metodikalarning qoniqarsiziligi bilan tushuntiriladi", deb yozadi. 
O’tgan ko’p yillar mobaynida ushbu muammo yuzasidan ko’pgina nazariyalar 
yaratildi. Muammoning dolzarbligi va aqamiyati shundaki, iqtidorli bolalar bilan 


21 
"oddiy" bolalar singari emas, ulardan farqli ravishda ishlash lozim-ki, bu ulardagi 
qobiliyatlarni yanada rivojlanishi bilan boqliq bo’lsin. P.V.Tyulenev iqtidorli 
bolalar muammosini dolzarb ekanini aniq ko’rsatib bergan: ". . . ushbu muammoni 
qal qilish bolaning kelajagini va oilaning baxtini belgilab beradi. Ota-onalar 
haqiqatni bilishini istamaydi va u berkitilgan bo’lishiga qaramay ular haqiqatni 
bilishlari zarur". Iqtidoni aniqlashdan maqsad iqtidorlilikning keltirib chiqaruvchi 
omillarini o’rganish, iqtidorli bolalarning psixologik, shaxsiy xususiyatlarini 
o’rganish qamda iqtidorli bolalar bilan ishlashning yo’l yo’riq va vositalarini 
egallash. Iqtidorli bolalar va ularning psixologik xususiyatlari, qobiliyat, iqtidor, 
talant tushunchalari haqida ma'lumotlar zaqirasini berish hamda ularni shaxsda 
shakllanishi borasida nazariy va amaliy bilimlar berish lozim.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar bilan ishlash metodikasi quyidagilarni 
inobatga oladi: 
- qobiliyat tushunchasini mazmunini qamda uni shaxsda shakllanishi qaqida 
bilimlar zaqirasiga ega bo’lish;
qobiliyat, talant, iqtidor tushunchalarini
mazmunini bilish; 
- bolalar iqtidori qaqidagi nazariyalarni o’rganish; 
- iqtidorli bolalarni psixologik xususiyatlarini borasidagi nazariy va amaliy 
bilimlarga ega bo’lish; 
- iqtidorilikni kelib chiqishiga ta'sir etuvchi omillarni qaqida ma'lumotlarga 
ega bo’lish;
- iqtidorli bolalar bilan ishlashning yo’l-yo’riq, usul va vositalarini egallash.
Iqtidorli bolalar bilan ishlashda psixologlar iqtidorning tuzilishini 
belgilaydigan asosiy omillarni bilishlari lozim. Bular quyidagilar: 

umumiy intellektual yoki aqliy qobiliyatlarning yuqori darajasi; 

bilish motivining dominantligi — boshqa motiv turlaridan ustunligi; 

yangi predmetlar, vazifalar, voqea-hodisalarga duch kelganda, muammoni 
qо‘yilishi va yechimini topishda ijodiy faollikning namoyon bо‘lishi. 
Iqtidorning erta namoyon bо‘lishi ikki yoshdan olti yoshgacha kuzatiladi. 
Bunday bolalar ikki-uch yoshdan о‘qishga intiladilar, uch-tо‘rt yoshda о‘qishni va 


22 
sanashni biladilar, besh-olti yoshda sо‘zlarni va uncha katta bо‘lmagan jumlalarni 
yoza oladilar. Maktabgacha yosh davrida iqtidorli bolalar boshqalardan 
intellektning rivojlanish darajasi bilan ajralib turadilar. О‘zlarining juda faolligi, 
kо‘plab savol berishlari, qiziquvchanligi, kattalardan oladigan ma’lumotni oson 
eslab qolishi va qayta aytib bera olishi bilan birga, boy tasavvurga egadirlar. 
Iqtidorli bolalar kо‘p hollarda turli hisob-kitoblarga qiziqadilar, she’r yoki ertaklar 
tо‘qiydilar, musiqa asboblarini chaladilar, shaxmat о‘ynaydilar, rasm chizadilar, 
qо‘shiq aytadilar va raqsga tushadilar. Yetti yoshdan о‘n yoshgacha bо‘lgan davrda 
bolalar kо‘p hollarda kolleksiya yig‘ishga (markalar, medallar, sevimli mul’tfil’m 
va kino qahramonlarining rasmlari va xok...), qog‘oz, yog‘och va boshqa 
materiallardan turli predmetlarning loyihalarini yasashga qiziqadilar. Iqtidorli 
bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha barcha noma’lum bо‘lgan narsalarga va 
yangiliklarga nisbatan mustaqil ravishda javob axtarishda faollik kо‘rsatib, 
kattalarga turli savollar beradilar. Bu savollarga berilgan javoblar orqali atrof 
olamni, voqea-hodisalarning sabab va oqibatlarining bog‘liqligini anglaydilar, 
shaxsiy hatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara oladilar. 3-yoshli bolaga xos 
bо‘lgan hislatlar: 
1.
Nutqi ma’no jihatidan bir-biriga bog‘langan sо‘zlardan iborat. 
2.
О
‘yinda rolga kiradi. 
3.
Shar, olma va boshqa predmetlarni chiza oladi. 
4.
О
‘zi yechinib kiyina oladi. 
5.
Kubiklarni bir-birining ustiga qо‘ya oladi. 
6.
Tayanchsiz zinalardan о‘zi kо‘tarilib, tusha oladi.
7.
4 yoshli bolalar esa, о‘z imkoniyatlarini real baholay oladilar.
Lekin, 4-5 yoshli bolalar hali shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va 
baholashga qodir emaslar, shuningdek о‘zlari haqida ma’lum bir xulosani bera 
olmaydilar. О‘z-о‘zini anglash layoqati katta bog‘cha yoshida rivojlanib, avval u 
qanday bо‘lgani va kelajakda qanday bо‘lishini fikrlab kо‘rishga harakat qiladilar. 
Bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga kо‘ra, bu davrni 3 bosqichga 
ajratish mumkin: 


23 

Yüklə 231,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin