1. Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə2/15
tarix11.07.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#136360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2577 28.04.2014

umumta’lim maktablari — davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktab, maxsus maktab va maktab-internatlar hamda nodavlat umumta’lim maktablari;
Oldingi tahrirga qarang.
darslik — davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017-yil 11-apreldagi 3-mh, 38, 1, 20-mh va 1-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2577-2, 27.04.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 17-son, 308-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘quv-metodik qo‘llanmalar (bundan buyon matnda O‘MQlar deb yuritiladi) — umumta’lim maktablari o‘qituvchilariga mo‘ljallangan va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (bundan buyon matnda Xalq ta’limi vazirligi deb yuritiladi) tomonidan o‘quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan metodik qo‘llanmalar, shuningdek ularning multimediya ilovalari;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017-yil 11-apreldagi 3-mh, 38, 1, 20-mh va 1-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2577-2, 27.04.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 17-son, 308-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi (bundan buyon matnda Jamg‘arma deb yuritiladi) — budjet va budjetdan tashqari manbalar hisobiga moliyaviy mablag‘larni birlashtirish yo‘li orqali umumta’lim maktablarining kutubxona jamg‘armalari uchun darsliklar va O‘MQlarni hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining kutubxona jamg‘armalari uchun chet tillari bo‘yicha darsliklar va O‘MQlarni sotib olish hamda yetkazib berishni barqaror va muttasil moliyalashtirishni ta’minlaydigan jamg‘arma;

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin