Xalqimiz azal–azaldan dehqonchilik bilan ham shug`ullanib, shuning orqasidan tirikchilik o`tkazib kelgan. Dehqon mehnati erta bahorda er haydashdan boshlanadi. Biroq erta bahorda, ilik uzildi vaqtida kamquvvat bo`lib qolgan inson uchun er haydashdek og`ir jismoniy mehnatni bajarish oson kechmaydi. SHu paytda dehqonlar qo`shiq kuylab, o`zlarini ovutganlar va shu orqali biroz bo`lsa-da, og`ir mehnatning qiyinchiligini unutganlar. Qo`sh haydash paytida ijro etiladigan qo`shiqlar qo`sh qo`shiqlari deyiladi. Ularda qo`shchi yoki qo`shga qo`shilgan ho`kiz tilidan og`ir mehnatdan qilingan shikoyat yoxud ish hayvoniga murojaat motivlari etakchilik qiladi.

Qo`shchi qo`shiqlari qadimiy mehnat qo`shiqlari sirasiga kiradi. Uning asosiy vazifasi og`ir mehnat paytida dehqonning o`z ko`ngil dardlarini aytib, o`z-o`ziga taskin berish, o`zini ovutish, ruhini ko`tarishdan iborat.
Qo`shchi qo`shiqlari orqali zamonamiz yoshlari o`tmishda dehqonchilikda erni hozirgiday texnika vositalari yordamida emas, balki bo`yniga bo`yinturiq bilan omoch osilgan ho`kizlarning kuchi bilan haydalganligini bilib oladilar. Qo`shiqda shu tarixiy manzara badiiy o`z ifodasini topgan.
Hozirgi paytda erlarning traktorlar yordamida haydalishi qo`sh qo`shiqlaridan foydalanishni bekor qildi. SHu sababli qo`sh qo`shiqlari yaratilishdan va jonli ijroda yashashdan mahrum bo`ldi.