Birinchidan, Qanday bitimlar natarial tasdiqlanishi lozim ?Asrarov rosdan ham bitimni notarial shaklda rasmiylashtirishi kerakmidi?Fuqarolik kodeksining 110-moddasining 2-qismida ko’ra ,quyidagi hollarda bitimlar notarial tasdiqlanishi shart:
1)qonunda ko’rsatilgan hollarda
2)taraflarda birining talabi bo’yicha
Va yana Fuqarolik kodeksining 488-moddasi 2-qismiga binoan uy,kvartirani,uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim.Bundan tashqari Fuqarolik kodeksining 386-moddasi 4-qismiga ko’ra qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim bo’lgan avtomototransport vositalarining oldi-sotti shartnomasi notarial tasdiqlangan bo’lishi kerak,O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.Demak ,ushbu moddadan ko’rishimiz mumkinki,avtatransport vositalari ham notarial tasdiqlanishi kerak ekan. Asrarov ham bitimni faqat yozma shaklda rasmiylashtirmasdan, notarial shaklda ham rasmiylashtirishi kerak edi.
Ikkinchidan,bu shaklga rioya qilmaslik qanday oqibatlarga olib keladi.Fuqarolik kodeksining 112-moddasi 1-qismida bitimning notarial shakliga yoki uni davlat ro’yxatidan o’tkazish talabiga rioya qilmaslik bitimning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.Bunday bitimlar haqiqiy bo’lmaydi.Haqiqiy bo’lmagan bitim esa Fuqarolik kodeksining 114-moddasida ko’ra,uning haqiqiy emasligi bilan bog’liq bo’lgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emas hisoblanadi.Bitim haqiqiy bo’lmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim bo’yicha olgan hamma narsasini qaytarib berishi,olingan narsani aslicha qaytarib berish imkoni bo’lmasa ,agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan bo’lmasa ,uning qiymatini pul bilan to’lashi shart.Bu vaziyatdan ko’rishimiz mumkinki,bitimning notarial shakliga rioya qilmaslik bitimning haqiqiy emas deb topishga olib keladi.Haqiqiy bo’lmagan bitimda esa hamma narsa avalgi holiga qaytishi kerak ,masalan:mashina olgan bo’lsa mashinani qaytarib berishi,mashinani o’z holicha qaytarishning iloji bo’lmasa ya’ni uni shikastlagan yoki qayerini buzgan bo’lsa pul qiymatini qoplab berishi kerak.Demak ,bitimni notarial tasdiqlamaslik bitimni haqiqiy emas deb topishaga asos bo’lishi mumkin ekan.
Uchinchidan,Abbasovning xatti-harakatlari qonuniymi?Masalaga qanday yechim bersak to’g’ribo’ladi.Ushbu vaziyatda Abbosov bitimni notarial tasdiqlanmaganligini va bu bitimni haqiqiy emas deb topishiga asos bo’lishini ta’kidlamoqda .SHuning uchun Asrorovga undan olgan pullarini qaytarib berishini va mashinani unga bermasligini ma’lum qilyapti.CHunki unga boshqa xaridor tomonidan mashinasini 90 mlnga emas 110 mlnga xarid qilish taklifi tushyapti.SHuning uchun ham Abbasov Asrarov bilan bitimni notarial shaklda rasmiylashtirmaganligini vaj qilib mashinasini 90 mlnga emas balki,110 mlnga boshqa shaxsga sotmoqchi.Lekin uning xatti-harakatlari qonuniy emas.CHunki Fuqarolik kodeksining 112-moddasi 2-qismida agar taraflardan biri notarial tasdiqlash talab qilinadigan bitimni to’la yoki qisman bajargan bo’lsa ,ikkinchi taraf esa –bitimni rasmiylashtirishdan bosh tortsa ,sud bitimni bajargan tarafning talabi bo’yicha uni haqiqiy deb hisoblashga haqlidir.Bu holda bitimni keyinchalik notarial rasmiylashtirish talab qilinmaydi.Ushbu moddadan ko’rishimiz mumkinki ,agar bitim notarial tasdiqlanmasa ham bir taraf bitimni to’la yoki qisman bajargan bo’lsa sud bitimni haqiqiy deb topishi mumkin.SHunday ekan Asrarov va Abbasov o’rtasida yozma bitim tuzilgan ,qolaversa Asrarov Jentra avtomobili uchun pulni bitimda kelishilgan miqdorda to’liq bergan va bu holatda u bitimni bir taraflama bajargan hisoblanadi va sudga murojaat qilsa sud ikkinchi taraf ya’ni Abbasov norozi bo’lsa ham bitimni haqiqiy deb topadi.Bundan tashqari Fuqarolik kodeksining 237-moddasiga ko’ra majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo’l qo’yilmaydi deyilgan.Ya’ni Abbasov Asrorovdan mashinani pulini olganligi sababli, Asrarovga mashinani berishi lozim va buni u rad qilaolmaydi.Qolavesa Asrarov Fuqarolik kodeksining 112-moddasi 4-qismiga ko’ra, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda bitimni notarial tasdiqlash yoki davlat ro’yxatidan o’tkazishdan asossiz bosh tortayotgan taraf bitimni kechiktirilganligi tufayli yetkazilgan zararni ikkinchi tarafga to’lashi lozim.Va yana ushbu kodeksning 420-moddasida agar sotuvchi oldindan haqqi to’langan tovarni topshirish majburiyatini bajarmasa va oldi-sotti shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa ,oldindan to’langan summa uchun ushbu kodesning 327-moddasiga muvofiq ,tovarni topshirish lozim bo’lgan kundan boshlab Tovar sotib oluvchiga topshirilgan yoki unga oldindan to’langan summasi qaytarib berilgan kungacha foizlar to’lashi lozim .SHartnomada sotuvchining oldindan to’langan summa uchun foizlarni bu summa sotib oluvchidan olingan kundan boshlab to’lash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.Demak, Asrarov yuqorida keltirilgan qonunlarga asosan nafaqat mashinani olishi balki,Abbasovdan har bir kechiktirilgan kun uchun foizlar olishi mumkin.Bu uning qonuniy huquqlari hisoblanadi va buni Abbasov rad qilaolmaydi.da