13. Pulsometriya qanday mutaxassis tomonidan o’tkaziladi ? A. pulsometriya jismoniy tarbiya o’qituvchisi tomonidan o’tkaziladi.
B. . pulsometriya o’quv ishlari bo’yicha direktor muovini tomonidan o’tkaziladi.
S. pulsometriya tuman jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mutaxassisi tomonidan o’tkaziladi.
D. pulsometriya boshqa har qanday fan o’qituvchisi tomonidan o’tkaziladi.
14. Pulsometriya o’tkazishda har bir o’lchashlar orasida qancha vaqt bo’lishi kerak ? A. 3-5 daqiqa.
B. 5-7 daqiqa.
S. 7-8 daqiqa.
D. 8-10 daqiqa.
15. Pulsometriya har bir o’lchashlar vaqtida tekshiruchi o’quvchining oldiga boradimi yoki o’quvchi tekshiruvchining oldiga keladimi ? A. Tekshiruvchi o’quvchining oldiga borib tekshiruvni amlga oshiradi.
B. o’quvchi tekshiruvchining oldiga borib tekshiruvni amlga oshiradi
S. Bir martadan almashgan holda tekshiruvni amlga oshiradi
D. Tekshiruvchi xoxlagan usulda tekshiruvni amalga oshiradi
16. Pulsometriya natijasida yuklama meyoridan ortiq darajada berilayotganligi aniqlangan holatda o’qituvchi navbatdagi darslarda qanday yo’l tutish lozim ? A. Yuklamalarni o’quvchilarning yoshi va jismoniy tayyorgarlik darajalarini inobatga olgan holda qayta ko’rib chiqish hamda kamaytirgan holda meyorlashtirishi lozim
B. Yuklamalarni o’quvchilarning takliflari asosida darslarda qo’llash.
S. Yuklamalarni berishda bolalar charchashini kuzatib turish asosida berish.
D. Yuklamalarni yanada oshirish kerak chunki o’quvchilar yuklamalarga moslashadi.
17. Pulsometriya natijasida yuklama meyoridan kam darajada berilayotganligi aniqlangan holatda o’qituvchi navbatdagi darslarda qanday yo’l tutish lozim? A Yuklamalarni o’quvchilarning yoshi va jismoniy tayyorgarlik darajalarini inobatga olgan holda qayta ko’rib chiqish hamda ko’paytirgan holda meyorlashtirishi lozim.
B. Yuklamalarni o’quvchilarning takliflari asosida darslarda qo’llash.
S. Yuklamalarni berishda bolalar charchashini kuzatib turish asosida berish.
D. Yuklamalarni yanada oshirish kerak chunki o’quvchilar yuklamalarga moslashadi.