5. Tillar oilasi haqidagi tushunchalaringizni bayon qiling. Tayanch so`zlar: turkiy tillar oilasi, eron tillar oilasi. - 20 ball TURKIY TILLAR — hoz. va qad. turkiy xalqlar va elatlarning tillari. Asosan, Uzbekistan, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyam, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Makedoniya, Albaniya, AQSH, Saudiya Arabistoni va b. bir kancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Turkiy tillarda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 130 mln. kishidan ortiq.
Baʼzi olimlar Turkiy tillarni moʻgʻul tillari hamda tungusmanjur tillari bilan birga qoʻshib, oltoy tillari oilasiga birlashtiradilar. Ye. D. Polivanov, G. Y. Ramstedt kabi tilshunoslarning fikricha, ushbu tillar oilasi koreys va yapon tillarini qoʻshish hisobiga kengayishi mumkin. Oltoy nazariyasiga koʻra, Turkiy tillarning tarixi oltoy tillari bir til boʻlib tashkil topgan qad. zamondan — oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobotili (asos til) dastlab 2 ga — tungusmanjur va turkmoʻgʻul tillariga, soʻngra turkmoʻgʻul tili ham 2 ga — turk va moʻgʻul tillariga ajralgan. Lekin Turkiy tillarning oltoy tillariga genetik aloqadorligi haqidagi masala hamon faraz darajasida krlmoqda.
Turkiy tillar deganda, Sibirdan Bolqon yarim oroligacha bir chiziq boʻylab choʻzilgan ulkan geografik hududda tarqalgan oʻzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, saxa (yoqut), tuva, xakas, oltoy, karagas, shor, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, tatar, boshqird, chuvash, qoʻmiq, noʻgʻay, qorachoybolqor, tofalar, chuvash kabi 25 dan ortiq til tushuniladi. Turkiy tillar hoz. tarqalish geografiyasiga koʻra, quyidagi mintaqalarga ajratiladi: Oʻrta va Jan.
O‘rta Osiyo va unga chegaradosh viloyatlarda qadim-qadimdan eroniyzabon xalqlar yashashgan. O‘rta Osiyo va unga qo‘shni Afg‘oniston ham Eron hududlari, ayniqsa, bu maydonlardagi daryo vohalari, tog‘ yonbag‘irlari aholi yashashi uchun juda qulay bo‘lgan. O‘zbekistonning janubiy hududidagi Teshik Tosh g‘orida (Boysun tog‘i) topilgan eng qadimgi (eramizdan av. 100-40 ming yillar) oid qabr yoki Xorazm vohasidagi arxeologik qazilmalar (kelt-minor madaniyati) yoki 12 Amudaryo yoqasidagi qamish va daraxtlardan qurilgan uylar buning yaqqol misolidir. Bu yerlarda yashagan xalq qaysi tilda gapirishgani fanga ma’lum emas, lekin bu yerli aholining iqtisodiy-madaniy hayotini aks ettiruvchi lavhadir