Tayanch iboralar: Faoliyat, mashq qilish jarayon, usul, malaka, takommil, harakat. - 20 ball Malaka - bu faoliyatdagi mashq qilishlar jarayonida yetilgan, mujassamlashgan tajribadir. Bu tez va aniq bajarish, mashq qilish tufayli tarkib topgan konikma yoki bu ma’lum miqdordagi mashq va usullar bajarilganda konikmadan sakrab otish degan ma’noni anglatadi. SHunung uchun mazkur konikma agarda malakani yuzaga keltirishni nazarda tutgan mashq va usullar to‘g‘ri tuzilgan bolsa u to‘g‘ri malakaga aylanishi mumkin. Biroq malakaning takomillashuv darajasi o‘qitishning turli bosqichlarida turlichadir. Uning strukturasi ham ozgaruvchandir. Mashqlar jarayonida o‘quvchilar bajarilayotgan harakatlar murakkablashib borgan sari, asta-sekin oddiy malakalarning murakkab malakalarga birlashuvi sodir boladi.
Mehnat malaka va konikmalarini shakllantirish quyidagicha asosiy bosqichlardan tarkib topadi:
boshlangch tushuncha berish;
Mehnat malakalari va konikmalarini shakllantirishga moljallangan amaliy ishlar faqat vaqtga kora taqsimlanganda hamda ma’lum tizim asosida okazilgandagina ijobiy natija beradi.
Amaliy ishlar tizimi quyidagi asosiy talablarni o‘z ichiga oladi:
Amaliy ishlarni bajariladigan topshiriqning murakkabligi oshib borishini nazarda tutgan holda joylashtirish lozim.
Bajarilayotgan amaliy ish mazmuni toliq tarzda oldingi amaliy ishga asoslanishi lozim.
Amaliy ish jarayonida mustaqil ishlash darajasi ortib borishi kerak.
Mehnat malakasining muvaffaqiyatli bolishi bir qator ishlarga bogliq. O‘quvchi o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtirmas ekan, uning malakasi hech qachon toliq bolmaydi. Nazoratning yo‘qligi kpincha xato va nuqsonlarning amaliy ishlar jarayonida ortib borishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida yetilmagan harakat va usullarning shakllanishiga sabab boladi.
Boshlangich sinf o‘qituvchisi texnologiya ta’limi boyicha ishlami amalga oshirayotganda o‘quvchilar u yoki bu ishni bajarish natijasida qanday konikma, bilim va malakalarni egallashlarini aniq bilishi kerak. Ana shunday holda o‘qituvchi sinf uchun shu vaqtda zarur bolgan materiallarni tanlash imkoniyatiga ega boladi. Bu orinda muhimi o‘quvchilar mazkur materiallarni tayyorlash jarayonida dastur nazarda tutgan bilim va malakalami egallab olishlaridan iborat.