1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari


Boshlang’ich sinflarda texnologiya ta’limi va tarbiyasining vazifalari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə4/163
tarix17.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#131700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
VARIANT 2023

4. Boshlang’ich sinflarda texnologiya ta’limi va tarbiyasining vazifalari.
Tayanch iboralar: Jamiyat, texnologiya, xarakter, inson, hayot, shaxs, sifat, kasbga tayyorlash. - 20 ball
Texnologiya ta’limi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlangich maktabda butun ta’lim-tarbiya sistemasi va barcha o‘quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu orinda mehnat darslari yetakchi rol oynaydi.
Maktabda muntazam texnologiya ta’limining boshlangich bosqichi boshlang‘ich sinflardagi mehnat dargohlari va kichik yoshdagi bolalarning qolidan keladigan ijtimoiy foydali mehnatdir.
Boshlangich maktabdagi texnologiya ta’limining asosiy vazifasi mehnatga axloqiy, psixik tayyorlash, o‘quvchilarni boshlang‘ich politexnik bilimlar bilan qurollantirish mehnatga amaliy tayyorlashdir. O‘quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash deganda, ularning bu mehnat natijalariga hurmat bilan yondashishlari nazarda tutiladi.
Mehnatga axloqiy tayyorlash - bolalar jamoasida ishlashni, dostona ozaro yordamni, ijodiy tashabbusni, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilishdan iboratdir.
Mehnatga psixologik tayyorlash. O‘quvchilarni mehnatga psixologik tayyorlash murakkab uzoq davom etuvchi va ko‘p qirrali jarayon bolib, u butun texnologiya ta’limi hamda tarbiyaga singib ketgandir. U garchi oziga xos xususiyatlarga ega bolsa-da, mehnatga axloqiy tayyorlashga juda yaqindir.
Bolani mehnatga psixologik tayyorlash va unda mehnatga nisbatan uning yoshiga mos keluvchi ongli hamda ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va konikmalarni egallashga qiziqishni shakllantirishdan Iboratdir. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarga yoshligidan boshlab mehnatning ijobiy tomonlarini singdirishdir. Bolalarning mehnatga qobiliyati har bir kishi jamiyatning faoliyati farovonligi uchun zarur bolgan vositalarni ishlab chiqarishda qatnashishi zarurligini anglashlaridir.
Mehnatga psixologik tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirish va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular sezib anglash - psixomotor, emotsional idrok, diqqat, xotira, tafakkur - mehnatning psixologik komponentlaridir.
Mehnatga orgatishda bolaning imkoniyatlarini nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur. Bundan tashqari bolaning xotirasini ostirish ham alohida ahamiyatga ega. Mehnat boyicha o‘quv materiallarini eslab qolish predmetlarga nisbatan oziga xos xususiyatga ega. Barcha yangi ashyo, material, operatsiyalarning nomi boshlangch sinf o‘quvchilari soz nomini predmetni korib idrok etish bilan fikran fahmlaydilar, tushunib oladilar.
O‘quvchi mehnat darsida faqat tushunibgina qolmay, balki asosan material va buyumlar namunasini, ashyolarning materialga ishlov berish usulini, operatsiyalarning izchilligini koradi. SHuning uchun texnologiya ta’limida eshitish, korish xotirasi va harakatlantiruvchi xotira ham muhim rol onaydi. O‘quvchilarda mehnat darsidan mehnat darsigacha yangidan yangi bilim va konikmalar mujassamlashib boradi, bu ishlarni anglash hamda xotirada saqlab qolish kerak.
Texnologiya ta’limining to‘g‘ri borishida emotsional jarayonlar ham xarakterlidir. Bolalarni qiyinchiliklarni yengishga qoyilgan maqsadga erishish yolida matonat va qat’iyat bilan kirishishga orgatish lozim.
Boshlangich politexnik bilim bilan qurollantirish.Mehnat boyicha beriladigan politexnik bilim o‘quvchilarga nima uchun materialga unday yoki bunday ishlov berish mumkinligini, nima uchun osimlik soya yoki yaxshi ishlov berilmagan erda yomon osishini, nima uchun inson kiyim- boshini toza tutishi kerakligini anglashlariga imkoniyat yaratadi.
Politexnik tayyorgarlikka ega bolish qoyilgan mehnat vazifalarni bajarishda ashyolarda to‘g‘ri va ratsional foydalanishda yordam beradi. SHuningdek, bu tayyorgarlik kerakli ishlab chiqarish operatsiyalarini qanday va qaysi izchillikda amalga oshirish, qanday ashyolarni qollash sabablarni anglashga koaklashadi.
O‘quvchilarga berilayotgan politexnik bilim amaliy konikma va malakalarga orgatishni ma’lum darajada nazariy amalga oshirishga imkon beruvchi zaminlardan biri bolib hisoblanadi.
Talabalarni mehnat konikmasi va muammoli o‘qitish metodlari bilan qurollantirish.
Mehnatga amaliy tayyorlash texnologiya ta’limining muhim omillaridan biridir. U ozaro boglangan bir nechta elementlardan: oddiy ashyo va moslamalardan foydalana bilish u yoki bu materialga ma’lum izchillikda ishlov bera olish, yol qoyilgan xatoni o‘z vaqtida aniqlash va to‘g‘rilay olish kabilardan tarkib topadi.
Mehnatga amaliy tayyorlash faqat kerakli bilimlar bazasidagina amalga oshishi mumkin. U boshlangich maktabda boshlangich politexnik bilimlarga asoslanadi. Texnologiya ta’limining mazmuniga muvofiq o‘quvchilar mazkur yosh uchun qulay bolgan materiallarga ishlov berishida qollaniladigan oddiy ashyo va moslamalarni ishning amaliy malaka hamda konikmalarini egallaydilar. Oddiy ashyo moslamalar maxsus ashyo va moslamalarning bosh asosi hisoblanadi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin