1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari


Miqdorlarni o’rgatish metodikasi. Uzunlik va yuza o’lchov birliklari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə98/163
tarix17.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#131700
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   163
VARIANT 2023

Miqdorlarni o’rgatish metodikasi. Uzunlik va yuza o’lchov birliklari.

Tayanch so’z va iboralar: uzunlik o‘lchov birliklari, mm, sm, dm, m, km, yuza o’lchov birliklari. - 20 ball
“Miqdor” so‘zining o‘zi ko‘pchilik bolalarga tushunarli emas, chunki bu so‘zni ular kam ishlatadilar. O‘qituvchining vazifasi narsalarning hossasi taqqoslanayotganda bu taqqoslashni miqdor jihatdan ifoda qilish mumkinligini miqdor haqida so‘zlash mumkinligini har doim ko‘rsatib berishdan iborat.
Masalan: sanoq cho‘pini uzunlik birligi qilib, u bilan boshqa uzunliklarni o‘lchab taqqoslaydilar. Bularga daftarning uzunligi, qarich, qadam kabi birliklarni ham tushuntirish kerak. Shundan keyin sanoq cho‘pining uzunligini sm bilan o‘lchash va u bilan boshqa uzunliklarni sm bilan aniqlash imkoni tug‘iladi.
Sm moduli orqali o‘quvchilar:

  1. Berilgan kesmani o‘lchash.

  2. Berilgan uzunlik masalasini hal qiladi.

1smli kesmaniketma-ket 10 marta qo‘yish bilan 1 dm ni o‘lchab kesib oladilar.
Tayoqchalardan 1 sm, 1 dm o‘lchov birliklarini namuna sifatida yasab ular bilan atrofdagi turli xil narsalarning uzunligini o‘lchaydilar. O‘lchashda kesmada o‘lchash necha marta joylashish malakasi berilgandan keyin sm yoki dm li bo‘linmalarni raqamlar bilan belgilashga o‘tiladi. Shu asosda sm li, dm li o‘lchov birliklari hosil qilinadi.
Chizg‘ich qanday yasalgani hamda chizg‘ich bilan o‘lchash malakalari beriladi. Chizg‘ich bilan qog‘ozda kesmalar chizish va o‘lchash, turli xiluzunliklarni o‘lchashga doir amaliy mashqlar bajartiriladi. Dm bilan ikkio‘nlikni o‘tishda tanishtirish amalga oshiriladi. Metrbilan tanishtirish 100 likni o‘tishda tanishtiriladi. Navbatdagi bosqich o‘nliklarni hisoblashda dm va smni birgalikda ishlatishdir.
O‘lchatishlar asosida 5 dm va 4 sm kabi uzunliklar hosil qilinadi va aksincha chizdiriladi. Eng kichikuzunliklarni o‘lchashda va 1000liklar mavzusida km tushunchalari beriladi. O‘quvchilar
chamalash yordamida uzunliklarni o‘lchash, qadamlarni metrga aylantirib, uylarigacha yoki boshqa obyektlarigacha bo‘lgan masofalarni m va km lar bilan aniqlaydilar.4sinfda uzunlik birliklari va ular orasidagi bog‘lanishni biladilar v daftar orqasidagi jadvalni bilib olish topshiriq qilib beriladi.
Bunda quyidagi topshiriqlar bajariladi:

  1. 1 m 1 sm dan qancha katta,

  2. 1 dm 1 m dan necha marta kichik,

v. 1 mm 1 sm ning qanday qismini, 1 dm 1m ning qanday qismini tashkil qiladi. g. 36647 m, 3807 m kabilarni km va m larda ifodalang.




  1. Yüklə 0,49 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin