1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari


Boshlang’ich sinflarda ot so’z turkumini o’rganish metodlari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə97/163
tarix17.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#131700
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   163
VARIANT 2023

Boshlang’ich sinflarda ot so’z turkumini o’rganish metodlari.

Tayanch so’z va iboralar: olmosh, kishilik olmoshlari, olmoshning so’roqlari, gapdagi vazifasi. - 20 ball
Maktabda ona tili fanining maqsadi o`quvchilarining nutqiy faoliyatini rivojlantirishga qaratiladi. Ona tili mashg`ulotlarida nutqning asosiy xom-ashyosi so`z ustida ishlash, o`quvchilarning lug`at boyligini oshirish, so`zdan to`g`ri va o`rinli foydalanish malakalarini takomillashtirish – ta`limimiz oldida turgan muhim vazifadir. Ot so`z turkumini o`rgatish orqali o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini ostirishdir. Ot mavzusini o`rganish tizimi maqsadga yo`naltirilgan jarayon bo`lib, bunda shu so`z turkumining umumlashtirilgan ma`nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog`liqlikda o`rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to`g`ri foydalanish va to`g`ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi. Ot shaxs, narsa ma`nolarini, shuningdek, joy nomlarini bildirib, kim?, nima?, qayer? so`roqlariga javob bo`ladigan so`zlar. Ma`no xuxusiyati: otlar kishi nomlarini: Ahmad Nilufar, Shavkat, Alisher, Xolida kabi; o`rin-joy nomlari: Farg`ona, Qo`qon, Beshariq, Qashqadaryo, Zomin, maktab, qishloq, shahar kabi; narsa-buyum: kosa, cho`mich, qoshiq, piyola kabi; vaqtfasl nomlari: qish, yoz, kuz, bahor, tun daqiqa, lahza, soniya, may, mart, iyun kabi; voqea-hodisa nomlarini: yer, yuproq, tog`, tosh, yulduz kabi hamda mavhum tushunchalarni: sevgi, tinchlik, sadoqat, ma`rifat, orzu kabilarni bildiradi. Kim? so`rog`i shaxsni bildiruvchi so`zlarga, qayer? so`rog`i joy nomoni bildiruvchi so`zlarga beriladi. Shunga ko`ra, otlar shaxs otlari, narsabuyum otlari va o`rin-joy nomlariga bo`linadi. 1) Son (birlik va ko`plik son) ma`nosini bildiradi: kitob birlik sonda, kitoblar ko`plik sonda; 2) Kelishik ma`nosini bildiradi: kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdan kabi; 3) Egalik ma`nosini bildiradi: kitobim, ruchkam, kitobing, ruchkang, kitobi, ruchkasi kabi; 4) Kichraytirish, erkalash shakllariga ega: onajon, qo`zichoq, kitobcha, qizaloq, bolakay kabi; 5) Yasalish tizimiga ega: gulchi, paxtakor, qisqich, to`shak, to`plam, ko`rik kabi. Otlar: 1) barcha mustaqil so`zlar bilan munosabatga kirisha oladi: Ot + ot: atlas ko`ylak, maktab bog`i, onamga sovg`a; sifat + ot: shirin taom, qizil gul, ozoda xona, baland bino; son + ot: uchta daftar, beshinchi sinf, o`ntacha bola; olmosh + ot: shu kitob, o`sha qiz, barcha bolalar, har qaysi inson; fe`l +ot: o`qigan qiz, kelayotgan mehmon, pishirilgan taom; ravish + ot: ko`p uylar, bir talay qushlar, ancha yillar. 2) barcha sintaktik vazifalarni bajara oladi: Ega: kitob aql chirog`idir. Undalma: Kitob, sen mening do`stimsan. Ot kesim: Mening eng yaqin do`stim kitobdir. Aniqlovchi: Kitobning qadriga yetish kerak, chunki u hayot darsidan saboq beradi. To`ldiruvchi: Mashqni kitobdan daftarga ko`chirdim. Hol: Bahorda butun tabiat uyg`onadi


  1. Yüklə 0,49 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin