Dostonning ixcham nasriy bayoni



Yüklə 48,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü48,26 Kb.
#210009
  1   2
True



ALISHER NAVOIY
Farhod
va
Shirin
(DOSTONNING IXCHAM NASRIY BAYONI)
Toshkent
«Yangi asr avlodi»
2012


UDK: 821.512.133
BBK: 84(5O‘zb)5
N–14
Navoiy A
. Farhod va Shirin/dostonning ixcham nasriy bayoni. –T.:
«Yangi asr avlodi» 2012. 84 b.
Qo‘lingizdagi kitobcha Alisher Navoiy qalamiga mansub dostonning ixcham
nasriy matni bo‘lib, asar biroz qisqartirilgan tarzda, lekin mazmun to‘liq aks
ettirilgan. Kitobcha maktab, kollej va litsey o‘quvchilari va Navoiy ijodi
muxlislari uchun mo‘ljallangan.
UDK: 821.512.133
BBK: 84(5O‘zb)5
Doston matnini qisqartirib bayon etuvchi:
Anvar HOJIAHMEDOV,
filologiya fanlari doktori, professor
Mas’ul muharrir:
Vahob RAHMONOV,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Taqrizchi:
Omonillo MADAYEV,
O‘zMU dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
ISBN 978-9943-08-312-7
© «Farhod va Shirin». «Yangi asr avlodi», 2012-yil
Kitobxon.Com


MUQADDIMA
Farhod va Shirin... Sharqda bu ikki nomni eshitmagan,
ularning pokiza muhabbati, sidqu vafosi, fojiali taqdirlari
haqidagi rivoyatu dostonlarni tinglab iztirob chekmagan odam
kam topilsa kerak. Mana ming yilga yaqinlashyaptiki, tosh
kesuvchi pahlavon yigitning sohibjamol Shiringa bo‘lgan
otashin sevgisi haqidagi hikoya va dostonlar asrlardan-asrlarga,
avlodlardan-avlodlarga o‘tib keladi. Nizomiy Ganjaviy va
Xisrav Dehlaviyning asarlarida Farhod Eron shohi Xisrav
Parvez tomonidan uning sevikli rafiqasi Shiringa atab tog‘da
qazilayotgan ariq va qurilayotgan qasrni bunyod qilish uchun
taklif etilgan tosh yo‘nuvchi usta sifatida qalamga olingan
bo‘lib, malikani ko‘rib qolgan yigitning uni qattiq sevib qolishi,
Shirin unga beparvo bo‘lsa ham, shoh rashk qilib, Farhodni
makr-hiyla bilan o‘ldirishi nihoyatda ta’sirchan tasvirlangan
edi. Har ikkala shoir asaridagi bosh qahramon Xisrav bo‘lib,
Farhod haqida qisqagina hikoya qilingan edi, xolos. Shunga
qaramay bu rivoyat forsiy va turkiy xalqlar o‘rtasida keng
tarqalib, xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotlarda shu
mavzudagi ko‘plab asarlarning maydonga kelishiga bois bo‘ldi.
So‘z sohibqironi Alisher Navoiy o‘z «Xamsa»sidagi ikkinchi
dostonni yozishga kirishar ekan:
Zaruratkim solib bir o‘zgacha tarh,
Bu mehnatnomani qilg‘umdurur sharh.
Munosibkim agar tortib navoni,
Desam Farhodi mahzun dostoni.
Yozib jon mushafidin ikki oyat,
Debon Farhodu Shirindin hikoyat
deya Farhod bilan Shirinni asarning bosh qahramonlariga
aylantirdi-da, ularning bir-birlariga bo‘lgan samimiy sevgisi,
3
Kitobxon.Com


4
o‘zaro vafodorligi, fojiali taqdirlarini atroflicha yoritishni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘ydi va o‘z dostonini «Farhod va Shirin»
deb atadi. Shoirga Xisrav timsolining Nizomiy va Xisrav
Dehlaviylar asarlaridagi talqini ma’qul tushmagani ma’lum.
U o‘z dostonining kirish qismida
Vale chekkanlar ushbu jomdin roh,
Sarosar bo‘ldilar Xisravga maddoh.
Ki mulki andoqu oyini mundoq,
Sipohi andoqu tamkini mundoq.
Topib gah Maryam og‘ushida orom,
Shakar halvosidin gohi olib kom,
Bo‘lub Shiring‘a oshiq podshahvor,
Gah ul mahbub o‘lub, gohi parastor.
Yaqindurkim bu shohi noz parvard,
Erur dardu balo oyinidin fard
deb yozar ekan, Xisravni ijobiy timsol sifatida tasvirlashga
munosib ko‘rmaydi. Shuning uchun ham Navoiy uni salbiy
xususiyatlarga ega, zolim, bosqinchi, makkor va nomard
hukmdor sifatida aks ettirdi.
Bu xil tasvirlar natijasida «Farhod va Shirin» dostoni pokiza
muhabbat, vafo va sadoqat qo‘shig‘iga aylandi, uning bosh
qahramonlari esa ishq olamining yorqin yulduzlari bo‘lib,
jahonga tanildi.
Hazrat Navoiyning bu bezavol asari besh asr davomida
elimiz orasidagina emas, barcha turkiy xalqlar orasida ham
keng shuhrat qozonib, sevilib o‘qildi va avlodlarni olijanob
insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab keldi. Hozirgi istiqlol
davrida asar o‘zining insonparvarlik, mehnatsevarlik, xalqlar
o‘rtasidagi do‘stlikni ulug‘lash, sof va samimiy muhabbatni
ardoqlash kabi dolzarb g‘oyalari tufayli yanada muhimroq
ahamiyat kasb etmoqda. Bu asarni mukammal o‘qib chiqib,
undagi yuksak g‘oyaviylik va beqiyos badiiyatdan bahramand
bo‘lish har bir vatandoshimizning vazifasidir. Zero, ulug‘
ijodkorlarimizning bebaho asarlari Vatanimiz qadri,
Kitobxon.Com


5
xalqimizning buyuk tarixi, ilmiy va badiiy salohiyatini chuqur
anglab yetishimizdagi asosiy omillardan sanaladi.
«Farhod va Shirin» dostoni shu paytga qadar bir necha
marta nashr etildi, uning nasriy bayoni yaratildi. Asar maktab,
kollej va litseylarda, oliy o‘quv yurtlarida muttasil o‘rganilib
kelinmoqda. Shunga qaramay, yoshlarimiz bu ajoyib doston
mazmunini yaxshi o‘zlashtirib olganlaricha yo‘q. Buning eng
yaxshi usuli dostonning o‘zini erinmay, har qaysi bayt
mazmunini taxlildan o‘tkazib mutolaa qilish, eski so‘zlarni
anglashda qiyinchilik tug‘ilsa, nasriy bayonning to‘liq
matnidan foydalanishdir, albatta. Lekin hatto til-adabiyot
o‘qituvchilari, filolog talabalar ham bunday ishning uddasidan
chiqolmayaptilar.
Shuni hisobga olgan holda asarning yanada ixchamroq
matnini nashr etishni maqbul ko‘rdik. Qo‘lingizdagi
kitobchada Navoiy dostonining asosiy mazmuni o‘z aksini
topgan bo‘lib, tabiat manzaralari, lirik chekinishlar, ba’zi
voqealar tasviri, qahramonlarning nutqlaridagi ba’zi tafsilotlar
qisqaroq bayon qilingan, xolos.
Ushbu nashr ommani Navoiy asarlarining mazmuni bilan
tanishtirish sohasidagi yangi bir tajriba bo‘lib, kamchiliklardan
xoli emasligi ham muqarrar. Muhtaram kitobxonlarning fikr
va mulohazalari keyingi nashrlarning takomillashib borishiga
yordam berishi shubhasiz.
Ushbu kitobchani o‘qib chiqqach, Navoiyning mazkur
dostoninigina emas, boshqa asarlarini ham mufassal
o‘rganishga qiziqib qolasiz, deb ishonamiz.


6

Yüklə 48,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin