FARHOD VA SHIRIN
Chin mamlakati g‘oyatda go‘zal bo‘lib, uni qudratli bir
podshoh boshqarardi. Shohning osmondagi yulduzlardek
behisob lashkari bo‘lib, yuz mingta Qorun xazinasiga teng
keladigan boylikka ega edi. Ko‘pgina mamlakatlarning xonlari
unga bo‘ysunardilar. Shohning o‘zi nihoyatda saxovatli,
fuqarolariga g‘amxo‘r hukmdor edi. Uning farzandi yo‘q
bo‘lib, «Men bu dunyodan ko‘z yumsam, taxtu tojim kimga
qoladi?», deb afsuslanardi. Bir o‘g‘il ko‘rish orzusida
yetimlarning boshini silardi, befarzand fuqarolarga ham
mehribonlik ko‘rsatardi. Nihoyat orzulari ushalib, o‘g‘il ko‘rish
baxtiga muyassar bo‘ldi. Xursandligidan ko‘pdan-ko‘p
javohiru oltinlarni xalqqa ehson qildi, butun mamlakat
bezatilib, bir necha kun bayram qilindi. Chin ahli uch yil
davomida soliq to‘lashdan ozod qilindi.
Shodligi ichiga sig‘magan podshoh farzandiga yaxshi bir
ism qo‘ymoqchi bo‘ldi. Chaqaloqning yuzida «farri shohiy»,
ya’ni shohlik nuri porlab turardi. Bu nur soyasi ostida esa
himmat, iqbol hamda davlat o‘rin olgan edi. Shoh «far» so‘ziga
himmat, iqbol
1
va davlat so‘zlarining bosh harflarini qo‘shgan
edi, Farhod ismi hosil bo‘ldi. Bolani ana shu ism bilan
atadilar-da, ipak matolarga o‘rab beshikka beladilar. Lekin
bu ismni otasigina qo‘ygan emasdi. Chaqaloqning pokiza zotini
ko‘rgan ishq ham unga Farhod ismini qo‘ygan va uni firoq,
rashk, hajr, oh va dard so‘zlarining bosh harflaridan tanlagan
edi.
2
Farhod o‘z tengdoshlaridan boshqacharoq bo‘lib, kechalari
yaxshi uxlay olmasdi, doya unga ichirgan har qatra sut ma’no
duri bo‘lib singardi. Bir yoshga yetganida, u beshikni tark
etib yura boshladi. Uch yoshida aniq, ravon so‘zlaydigan
bo‘ldi. Lekin uning so‘zlari asosan ishq afsonalaridan iborat
1
«Iqbol» so‘zi arab yozuvida «o» harfi bilan boshlanadi.
2
«Farhod» so‘zi arabcha harf bilan yozilganida, qisqa «a» unlisi tushib
qoladi.
7
edi. Uch yasharlik chog‘idayoq o‘zini o‘n yoshli bolalardek
tutar, bundan barcha hayron bo‘lardi.
Otasi o‘g‘lining bu sifatlarini ko‘rgach, unga ilm berish
vaqti yetganini angladi. Bilimli, donishmand bir ustozni topib
kelib, Farhodni o‘qitishga kirishdi. Uch oy deganda bolaning
savodi chiqdi. Shundan keyingi bir yil ichida avvalo, Qur’onni
yod oldi. Barcha o‘qiganlari uning xotirasida qolar, bir varaqni
ikkinchi bor ochmasdi. Muhabbat haqidagi asarlarni
o‘qiganida, qattiq ta’sirlanib, oshiq chekkan dard uning
qalbiga alam-iztirob solardi. Bu kitoblardan ta’sirlangan
Farhod biron kishining ko‘zida yosh ko‘rib qolsa, zor yig‘lar,
ustoz uning bu ishlaridan lol qolardi. Otasi bilan onasi uning
bu holatini ko‘rib, qanday chora topishni bilishmas, xalq
ham shahzodaning ahvolidan xabar topib tashvishlanardi.
Shu tarzda uning yoshi o‘nga yetdi. Jahonda u
o‘rganmagan, ma’nosini anglab o‘zlashtirmagan biron ilm
qolmadi. O‘n yoshli Farhodda yigirma yashar yigit kuchi-
qudrati bor edi. Endi u ilm olishni tugallab, harbiy hunarlarni
kasb etishga kirishdi. Oz fursatda jangovor san’atlarni ham
egallab, o‘q otish, nayza sanchish, qilichbozlik, qalqon bilan
jang qilish mahoratlarini egallab, el orasida tanildi.
Farhod ilm va harbiy sohada erishgan yutuqlariga qaramay,
o‘zini barchadan kamtar tutar, uning uchun podsholik bilan
gadolikning farqi yo‘q, hatto gadolikni podsholikdan yuqoriroq
qo‘yardi. Yigitchaning ko‘ngli bilan ko‘zigina emas, balki tili
ham, so‘zi ham, o‘zi ham pok edi. Ana shu xislatlari uchun
fuqarolar ham uni doim duo qilishar, u tomonga nogoh bir
sovuq shamol essa, Chin mamlakatining barcha xalqi sovuq
oh chekishardi. Nihoyat, Farhod o‘n to‘rt yoshga yetdi.
Shoh farzandi kamolini ko‘rib, har kuni xursandchilik
qilardi, ammo Farhod ishqiy dostonlarni o‘qir ekan, oshiqlar
chekkan dardlardan ko‘ngli g‘amga to‘lar, ishqiy ashulalarni
eshitsa, ikki ko‘zidan yosh arimasdi.
Xoqon o‘g‘lining holini ko‘rib, o‘ylab o‘yiga yetolmas,
«Nega u hamisha g‘amgin, nega doimo ohu afg‘on chekadi,
ko‘z yoshlariga sabab nima ekan?», deb fikr qilar ekan,
8
Xi t o y m a m l a k a t i d a g i b o r g o ‘ z a l l a r u s a n ’ a t k o r l a r ,
nayrangbozlaru sehrgarlarni chaqirtirib uni xursand
qilishga intilar, ammo Farhod ularning ishlari sirini tezda
anglab yetib, qiziqmay qolardi. Bularni kuzatib turgan
otasi o‘ylab-o‘ylab, to‘rtta ajoyib qasr qurishga ahd qildi,
toki o‘g‘li har faslda bir qasrda yashab, aysh-ishrat bilan
shug‘ullansin.
Bahoriy qasr gulrang, yozgisi – yashil, kuzgi qasr
za’faroniy, qishkisi esa oq, kofur rangida bo‘lishi kerak edi.
Xoqon ushbu qasrlar bitgach, ularni Chin mamlakatining eng
go‘zal qizlari bilan to‘ldirishni, o‘g‘lining ana shu jannatmisol
saroylarda lazzatlanishini orzu qilardi. Qurilishga taklif
etiladigan hunarmand ustalar: sangtaroshu naqqoshlar qancha
toshlarni yo‘nib, hovuzu gilamlar bilan bezatar, xilma-xil
naqshu rasmlar chizar ekanlar, Farhod ham ularning hunarlari
bilan qiziqib, har bir san’at bilan mashg‘ul bo‘lsa, qasr bitgach
esa, ularda lazzatlansa, dilidagi g‘amu anduhlardan qutulsa,
ayni muddao bo‘lardi, deb o‘ylar ekan, xoqon dili yorishib
ketdi-yu, ichi shodlikka to‘ldi.
Uning Mulkoro degan bir dono vaziri bo‘lib, xoqon har
bir ishni u bilan maslahatlashib bajarardi. Mulkoro o‘g‘lining
murabbiysi bo‘lib, Farhod ham uni o‘z otasidek ko‘rardi.
Shoh eldan yashirincha uni huzuriga chaqirtirdi-da, o‘z fikrlari
bilan tanishtirgach, shu ishlarni uning zimmasiga yukladi.
Mulkoro xoqon farmoyishini bajo qilish uchun ko‘plab
muhandislaru me’morlarni chaqirtirib, mamlakatdagi eng
ko‘ngilochar viloyatlardan to‘rtta mavze’ni tanladi. Har qaysi
joy suvi va havosi bilan bir faslga mos bo‘lib, shahzodaning
orom olishi uchun maqbul edi. Shundan so‘ng har bir qasrning
rejasi chizildi, unda ekiladigan daraxtlarning ham o‘rni belgilab
qo‘yilgan edi.
Xitoy mamlakatida egizak ikki usta bo‘lib, birining laqabi
Boniy, ikkinchisiniki esa Moniy edi. Boniy me’morlik bilan,
Moniy esa naqqoshlik bilan shug‘ullanardi. Boniy qurgan
binolar g‘oyat mustahkam bo‘lar, Moniy chizgan rasmlar esa
xuddi jonli siymolardek ko‘rinardi.
9
Yana bir ustodning laqabi Qoran bo‘lib, toshkesarlikda
unga hech kim teng kelolmasdi. Mulkoro shularga o‘xshash
yana ko‘plab ustalarni to‘pladi-da, xoqon bu qasrlarni
shahzoda Farhodning orom olishi uchun qurdirayotganini
ta’kidlab, har bir qasrning hajmi-yu rangi qanday bo‘lishi
lozimligini tushuntirdi. So‘zi tugagach, son-sanoqsiz oltinlarni
ularning oldiga to‘kdi. Ustalar qo‘llarini shimarib ishga
kirishdilar. Mulkoro ularni xursand qilgach, kerakli narsalarni
to‘plashga kirishdi. Bu ishga to‘rt sarkorni tayin qilib, yuzta
ishbilarmon ustaning har biriga mingtadan mardikorni
biriktirib qo‘ydi. Har bir tog‘ ustida yuz kishi tosh qo‘porar,
pastda esa mingta tosh pardozlovchi ish bilan band edi.
Aravalarda qurilish joyiga tinmay oqu qizil toshlar tashilar,
hamma yoqda ish qaynardi.
Ishlar jadal borar ekan, osmono‘par to‘rt qasrning qad
ko‘tarayotgani haqida shahzodaga xabar yetkazib turardilar.
Bajarilayotgan ulkan ishlarning haddan ziyoda ta’rifini
eshitgan Farhod otiga mindi-da, qurilishlarni ko‘rish uchun
jo‘nadi. U bilan yuzta kelishgan yigitlar birga borardilar.
Qurilayotgan qasrlar oldiga yetib borgan shahzoda bir olam
odamlarning jo‘shqinlik bilan ishlayotganlari, to‘rt ulkan bino
osmonga tegay deb turganini, havozalarning bulutlarga qadar
ko‘tarilganini ko‘rib hayratdan barmog‘ini tishlab qoldi. Far-
hod ustalarning mahorat bilan tosh yo‘nishlarini qiziqish bilan
ko‘zdan kechirar, o‘tkir teshalari bilan qattiq toshlarni
saryog‘dek kesishayotganini ko‘rib ularga tahsin o‘qirdi.
Qoran bajarayotgan ajoyib ishlarga ko‘zi tushgan shahzoda
uning san’atkorligini tomosha qilmoqchi bo‘ldi. Otdan
tushgach, uning o‘tirishi uchun toshdan bir taxt tayyorlashdi.
Farhod unga o‘tirdi-da, ustozga murojaat qildi:
– Ey, mohir va bilimdon ustoz! Yaratayotgan san’ating
haqida biroz so‘zlab bergil, toki uning mohiyati va yashirin
sirlari ayon bo‘lsin. Ismingni ayt hamda qanday qilib sening
teshang toshlarni mumdek yengil yo‘nayotganidan xabardor
qilgil. Negaki, biz bunday ishni shu vaqtgacha ko‘rmaganimiz
uchun ushbu san’at oldida aqlimiz ojiz bo‘lib turibdi. Axir
1 0
yog‘och qattiqroq bo‘lsa, unga pichoq ursang, o‘tmaslashib
arradek bo‘lib qoladi-ku! Teshangga qanday tarzda suv
bergansanki, toshni yo‘nayotgan bo‘lsa ham, zarar topmayapti.
Sen toshga qayta-qayta urayotgan bo‘lsang ham o‘tkirligini
yo‘qotmayotgan temir metining sirlarini ham aytib bergin!
Toshga naqsh chizuvchi usta yer o‘pib, so‘zini duo bilan
boshladi: «Qof tog‘i yaralibdiki, chaqmoqlar toshidan ozor
chekadi. Falak toshlaridan boshing omon bo‘lib, toshlaring
dardu g‘am boshlarini maydalab tashlasin. Dushmanlaring
nasibasi tosh bo‘lsinu ular mashaqqat tog‘ida ovora bo‘lsin.
Otim Qoran, ishim ham ayon: qo‘limda teshayu, oldimda
toshlar. Metin bilan tesha nega doimo toshni yo‘nsa ham
sinmayapti, deb so‘rading. Buning siri shu asboblarga suv
berishda, biz bu sirni elga oshkor qilavermaymiz. Usta o‘z
asbobiga shu tarzda suv bersa, yuz yil tosh yo‘nsa ham ular
zarar ko‘rmaydi. Xitoy xalqi bu san’atni egallab, olam ahliga
tanildi. Lekin hamma ustalar ham mening bilganlarimni
bilmaydi, bu so‘zga dalilim shuki, ular men qilgan ishlarni
qilisholmaydi».
Donishmand usta so‘zini tugatgach, shahzoda undan:
«Oldimda o‘z ishlaring bilan shug‘ullangin, zero bu san’at
menga yoqib qoldi. Gohida tosh yo‘ngil, goh toshga naqsh
chizgin, men ishlaringni ko‘rib o‘tiray», deb iltimos qildi.
Usta shahzoda ko‘nglini xursand etish uchun ishga kirishib,
tosh kesish va naqsh chizish bilan shug‘ullandi. Uning ishlarini
ko‘rib turgan shahzoda tahsin aytishdan charchamasdi.
Quyosh o‘z nurlarini toshlar orasiga yashirgach, ya’ni oqshom
tushgach, shahzoda tosh taxtidan turib, shahar tomon yo‘l
oldi.
Uyga qaytib kelgan shahzoda oromini yo‘qotdi. Sangtarosh
usta san’ati uning ko‘ngliga bu hunarni o‘rganish havasini
solgan edi. Shuning uchun tong otishi bilanoq otiga mindi-
yu, yana tomosha qilish uchun qurilish joyiga tomon shoshildi.
Yetib borgach, xilma-xil hunarlar bilan shug‘ullanayotgan
ustalarning mahoratini kuzatarkan, har bir san’at siri bilan
qiziqar, shirin so‘zlar bilan ularning ko‘nglini olardi. Bundan
Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi
https://kitobxon.com/oz/asar/1773
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси
https://kitobxon.com/uz/asar/1773
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию
можно найти на сайте
https://kitobxon.com/ru/asar/1773
Dostları ilə paylaş: |