Borliq tushunchasi va uning mohiyati. Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon,vaqt, harakat, hayot, ong va shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika, astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o’rganilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.O’quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o’rganish odatda ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo’lib, unda borliq va yo’qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o’rganiladi, shuningdek, mavjudlik sifatiga ega bo’lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o’zaklarga ega bo’lib («ontos» –«borliq», «logos» – «so’z», «ta’limot»), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi.Ontologiya falsafada alohida o’rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo bo’ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. O’z navbatida, ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o’z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko’p jihatdan belgilaydi.
3-variant 1 Faol ijtimoiy siyosat – aholini kuchli himoya qilish omili O’zbekistonning yangilanish va taraqqiyot yo’liga asos qilib olingan yetakchi tamoyillardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Bu har qanday iqtisodiy islohotning xalq manfaatlari va uning ijtimoiy himoyasini ta‘minlashga qaratilishini anglatadi.Mustaqillikkacha bo’lgan davrda, sobiq Ittifoqning mustabid siyosati natijasida 80-yillarning ikkinchi yarmiga kelib, O’zbekistonning davlat byudjeti defitsiti hamda inflyatsiya darajasining ortib borishi, xalq iste‘moli tovarlarining yetishmasligi, ishlab chiqarish va mehnat samaradorligining pasayib ketishi kabi bir qator salbiy tendensiyalar mamlakatda iqtisodiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuviga olib keldi.Ushbu davrda respublika aholisining o’sish sur‘atlari sobiq Ittifoqning boshqa davlatlariga nisbatan 3 barobar yuqori bo’lgan, shu jumladan, bolalar ulushi ham. Shu bilan birga, uzoq yillar davomida mutanosib suratda ish joylari va yashash sharoitlari yaratilmaganligi oqibatida ishsizlik darajasining o’sishi, ishlab chiqarish samaradorligining pasayishi aholi daromadlarining kamayishiga olib keldi. Bularning umumiy oqibati esa aholi farovonligi darajasining tushib ketishiga sabab bo’ldi. Statistik ma‘lumotlarga ko’ra, ushbu davrda mamlakat aholisining 45 % daromadlari yashash minimumidan past darajada bo’lgan.Bu davrda respublika aholisining ijtimoiy holati, ijtimoiy ta‘minoti va ijtimoiy himoyasi masalalari qoniqarsiz holatda bo’lgan. Bunda qishloq aholisining 5 foizigina vodoprovod va kanalizatsiya bilan, taxminan 50 foizi ichimlik suvi bilan, 17 foizi tabiiy gaz bilan ta‘minlangan edi xalos. Uy-joy, sog’liqni saqlash muassasalari, maktablar, bolalar bog’chalari, madaniyat obyektlari yetishmas edi.Mana shunday keskin bir sharoitda O‘zbekiston Respublikasi (keyingi o‘rinlarda O’zbekiston Respublikasi) o’z mustaqilligini qo’lga kiritdi.Tub o’zgarishlarning boshlang’ich bosqichi 1991-1995 yillarda asosiy e‘tibor oziq-ovqat maxsulotlari va nooziq-ovqat mollari iste‘mol qilish keskin kamayishi, ommaviy ishsizlik paydo bo’lishining oldini olish, aholi turmush darajasining keskin tushib ketishiga yo’l qo’ymaslik, ijtimoiy sohalar sog’liqni saqlash, ta‘lim, fan va madaniyat tarmoqlari doimiy ishlashini ta‘minlashga qaratildi.Islohotlarning bu bosqichida O’zbekiston ijtimoiy himoya siyosatining asosiy vazifasi imkon qadar yalpi ishsizlikka yo’l qo’ymaslik hamda narxlarning erkinlashtirilishi natijasida aholi daromadlaridagi yo’qotishlarni kamaytirish bo’ldi.