1-variant O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonun



Yüklə 101,15 Kb.
səhifə1/39
tarix11.06.2023
ölçüsü101,15 Kb.
#128651
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
falsafa javoblari


1-variant

  1. O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonuni

Davlat ramzlari – Konstitutsiya yoki alohida qonun bilan mustahkamlangan maxsus, odatda, tarixiy shakllangan, o’ziga xosligini ifodalovchi, ba‘zan, shuningdek, ma‘lum bir g’oyaviy ma‘noni ifodalaydigan belgilaridir. Odatda, davlat ramzlariga davlat bayrog’i, davlat gerbi, davlat madhiyasi, davlat ranglari, davlat boshlig’i shtandarti, davlat muhri, davlat shiori kiradi. Ba‘zida ayrim Konstitutsiyalar davlat ramzlariga bayram kunlarini ham qo’shadilar (Қаранг: Символи государственние // Большой юридический словар / Под ред. А.Й.Сухарева, В.Д.Зоркина, В.Е.Крутских. –Москва, 1999. –623-624-б.). Shuningdek, mamlakatimizda 1998 yilda chop etilgan ilmiy-ommabop lug’atda Davlat ramzlari – davlat mustaqilligini shartli ravishda belgilovchi tashqi belgi, nishona yoki timsollardir, bular muayyan davlatning bayrog’i, gerbi, milliy valyutasi va madhiyasi. Ular mazkur davlatning tuzumini, xalqning tabiat-mentalitetini, iqtisodiy asoslarini va boshqa muhim belgilarini anglatadi, - deb ta‘riflanadi. Har qanday mustaqil davlat singari O’zbekiston Respublikasi ham o’z oliy davlat hokimiyati tomonidan belgilangan va Asosiy Qonun – Konstitutsiyaning 5-moddasida mustahkamlangan davlat ramzlari – Bayrog’i, Gerbi va Madhiyasiga ega. Davlat ramzlarining mavjudligi O’zbekistonning amalda mustaqilligini yaqqol tasdiqlaydi. Davlat bayrog’i 1991 yil 18 noyabrda. Davlat gerbi to’g’risida”gi qonun 1992 yil 2 iyulda. 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublika-sining Davlat madhiyasi to’g’risida»gi qonunga binoan,
Konstitutsiya eng oliy qonun sifatida O’zbekistonning mustaqilligi va suveren huquqlarini mustahkamlash va amalda ta‘minlashning huquqiy negizi bo’lib xizmat qiluvchi hujjat hisoblanadi. Konstitutsiya – davlatning Asosiy Qonuni bo’lib, shaxs, jamiyat va davlat o’rtasida vujudga keladigan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, oliy yuridik maqomga ega normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu jihatdan Konstitutsiya o’z mazmun - mohiyatiga ko’ra jamiyat va davlatning rivojlanish qonuniyatlarini o’zida namoyon etadi.



Yüklə 101,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin