1-variant O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonun


-variant 1 O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonuni



Yüklə 101,15 Kb.
səhifə8/39
tarix11.06.2023
ölçüsü101,15 Kb.
#128651
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
falsafa javoblari

7-variant
1 O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonuni
Konstitutsiya eng oliy qonun sifatida O’zbekistonning mustaqilligi va suveren huquqlarini mustahkamlash va amalda ta‘minlashning huquqiy negizi bo’lib xizmat qiluvchi hujjat hisoblanadi. Respublikaning jamiyat va davlat qurilishi, uning iqtisodiy va siyosiy tizimining asosiy tartib - qoidalari, fuqarolarning huquq, erkinlik va burchlari, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining milliy davlat va ma‘muriy-hududiy tuzilishi, davlatning ichki va tashqi siyosati masalalariga oid barcha vazifalar Konstitutsiyada o’z ifodasini topgan. Konstitutsiya O’zbekistonni mustaqil davlat maqomiga ega bo’lishiga qonuniy asos soldi. O’z ona vatanining mustaqil davlat bo’lishi va bunga erishish uchun asrlar davomida iztirob chekib, muntazam kurashib kelgan O’zbekiston xalqi o’z maqsadiga erishdi, o’z davlatchiligiga o’zi ega bo’ldi.
Konstitutsiya – davlatning Asosiy Qonuni bo’lib, shaxs, jamiyat va davlat o’rtasida vujudga keladigan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, oliy yuridik maqomga ega normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu jihatdan Konstitutsiya o’z mazmun - mohiyatiga ko’ra jamiyat va davlatning rivojlanish qonuniyatlarini o’zida namoyon etadi.O’zbekiston Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bo’lib o’tgan ikkinchi sessiyasida qabul qilingan qaroriga asosan, respublika Prezidenti I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibiga davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining taniqli arboblari, xalq deputatlari, fan vakillari kiritildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan qarori bilan Konstitutsiya komissiyasi tarkibi qisman o’zgardi. Konstitutsiyaviy komissiyaning birinchi majlisi 1991 yil 21 aprelda Prezident I.A.Karimov raisligida bo’lib o’tdi.


2 Islom dini paydo bo’lishidagi ijtimoiy sharoit
Islomning vujudga kelishini tahlil etish o’sha tarixiy davr-VI-VII asrlarga xos xususiyatlar, arab qabilalari o’rtasida hukmron bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va ularning diniy-g’oyaviy hayoti bilan qisqacha tanishib chiqishni taqozo etadi.Arabiston yarimoroli iqlim sharoiti noqulay qumli sahrolar va tog’lardan iborat bo’lib, ko’chmanchi aholisi badavlat V-VII asrlarda chorvachilik bilan shug’ullanar edi. Yarimorolning nisbatan yaxshi iqlim sharoitiga ega bo’lgan qismida joylashgan Yaman nomli kichik bir viloyat, qadimdan rivojlangan qishloq xo’jalik va madaniyat markazlaridan biri bo’lgan. U yerda quldorlik tuzumi taraqqiy etgan, so’nggi quldorlik davlati bo’lgan Xim’yariylar podsholigi eramizning II asrida tashkil topgan va VI asr boshlarida tanazzulga yuz tutgan. Lekin yarimorolning boshqa hududlari-suvsiz sahrolardan iborat bo’lganligi sababli o’troq dehqonchilik faqat va ayrim joylarda sahrolar o’rtasidagi onda-sonda uchraydigan kichik vohalardagina birmuncha taraqqiy etgan edi. Bu yerlarda dehqonchilik ham noqulay iqlim sharoiti tufayli har tomonlama cheklangan edi, asosan xurmo va arpa yetishtirilardi.
Og’ir iqlim sharoiti va ishlab chiqaruvchi kuchlar zaif rivojlanganligi sababli Arabiston yarimorolida yashagan ko’pchilik qabilalar taraqqiyot jihatidan Misr, Vizantiya, Eron, Mesopotomiya kabi qadimiy madaniyat markazlari aholisiga nisbatan ancha orqada qolib ketgan edi. Yarimorolning g’arbiy qismida Qizil dengiz qirg’oqlari bo’ylab cho’zilgan va Hijoz deb nom olgan hudud bu davrda iqtisodiy jihatdan birmuncha rivojlangandi. Buning sababi suvli vohalarda dehqonchilik bilan shug’ullanish imkoniyati mavjud bo’lganligidan va janubdan shimolga tomon qadimiy karvon yo’li o’tganligida edi. Tarixiy manbalarga ko’ra, VI asr o’rtalarida bu yo’l janubda Yaman orqali Habashiston va Hindiston bilan, shimolda Suriya orqali Misr, Vizantiya va Eron bilan bog’langan.

Yüklə 101,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin