1-variant O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy qonun


Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi



Yüklə 101,15 Kb.
səhifə4/39
tarix11.06.2023
ölçüsü101,15 Kb.
#128651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
falsafa javoblari

Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi

Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Harakat, taraqqiyot, umumiy bog’lanish va aloqadorlik to’g’risidagi falsafiy ta’limotlar ham falsafa fani bilan birga paydo bo’lgan. Bu muammolar tahlili falsafada «dialektika» tushunchasi orqali ifodalangan. Bu tushuncha falsafa tarixida turli davrlarda turli ma’nolarni ifodalab kelgan. Dialektika dastlabki davrlarda o’zaro bahs, munozara olib boruvchi mutafakkirlarning muhokamalaridagi qarama-qarshi, zid fikrlarning to’qnashuvi va shular asosida haqiqatni aniqlash ma’nosini ifodalagan. Antik davr mutafakkirlarining ma’lumotiga ko’ra, munozarada ishtirok etuvchilar, o’z muhokamalarida bir-birlariga muqobil savollarni berib, bu savollarga har tomonlama yondoshib, ulardagi bir tomonlamaliklarni bartaraf qilishga uringanlar. Bunda, ular, o’z muhokamalarida har xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda, ilmiy, nazariy, ahloqiy, siyosiy, huquqiy va shu kabi voqea-hodisalar to’g’risida o’z qarashlarini ishlab chiqqanlar. Ular shundan kelib chiqib, dialektika deganda o’zaro bahslashuv san’atini, munozara asosida haqiqatga erishish usulini tushunganlar. Masalan, antik davr mutafakkiri Suqrot dialektikani bahslarda yo’l qo’yiladigan qarama-qarshi fikrlar o’rtasidagi ziddiyatlarni ochish orqali haqiqatga erishish san’ati, deb tushungan. Dialektikani bahs san’ati sifatida tushunish hatto o’rta asrlarda ham davom etgan. Buni o’rta asrlar mutafakkiri Per Abelyarning «Ha va yo’q» nomli asari yaqqol tasdiqlaydi. Dialektikaga munozara san’ati sifatida qarash o’rta asrlarda yashagan O’rta Osiyo mutafakkirlariga ham xos bo’lib, hatto bu narsa Uyg’onish davrlarida ham davom etgan. Bu davr mutafakkirlarida ham dialektika savol-javob san’ati sifatida o’zgacha fikrlarni rad qilish usuli bo’lib xizmat qiladi.
4-variant

  1. O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati

O’zbekiston demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda hal qiluvchi kuch bo’lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashni o’zining asosiy ustuvor vazifasi deb biladi. O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning uzoqni ko’rib ilgari surgan va amaliyotga tatbiq etilgan konseptual g’oyalari, aniq taklif va tashabbuslari mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining samaradorligini ta‘minladi. Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma‟naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz” deb ta‘kidlagan edi I.A.Karimov (Karimov I.A. Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatamizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko’tarilish sari. 18-j. -T.: O’zbekiston, 2010. B. 185.).Hozirgi kunda O’zbekiston aholisining ijtimoiy-demografik holatiga nazar tashlansa, unda yoshlar asosiy ijtimoiy-siyosiy kuch ekanligini ko’rish mumkin. Chunki mamlakatda yoshlarning aholi tarkibidagi salmog’i 64 foizni tashkil qiladi (Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirpsh yo’lida. 16-j. -T.: O’zbekiston, 2008. B. 163.). Zero, har yili 600 mingdan ziyod butunlay yangicha shart-sharoit va muhitda kamol topgan yosh avlod vakillari katta hayotga yo’llanma olayotganining o’zi O’zbekiston yoshlar davlati ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi.



  1. Yüklə 101,15 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin