5-Variant 1.Web money to’lov tizimi nima? Hamda u to’g’risida umumiy tushunchalar. 2.Internet to’lov muhiti tavsifi va maqsadi. Internetda to’lov muhiti tavsifi va maqsadi. Milliy Matbuot markazida Respublika Markaziy banki tomonidan pul muomalasini takomillashtirish va bank plastik kartalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga bag’ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Pul muomalasi pullarning naqd va naqdsiz ko’rinishdagi harakati bo’lib, muomala va to’lov vositasi vazifasini bajaradi, tovar va xizmatlarning aylanmasini o’z ichiga oladi. Iqtisodiy jarayonlarda naqd pul aylanmasi naqdsiz pul aylanmasiga nisbatan kam bo’lsada, uni tashkil etish, kassa operasiyalari, chiqarish va tashish anchayin mehnat va vaqtni talab etadi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi pul muomalasida naqdsiz to’lovlar ulushining ortib borishi iqtisodiyot uchun katta ahamiyatga ega ekanini isbotladi. Binobarin, mamlakatimizda ham naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish hamda banklar tomonidan mijozlarga yangi turdagi sifatli bank xizmatlarini ko’rsatish choralari ko’rib borilmoqda. “Elektron to’lovlar to’g’risida”gi qonun, davlatimiz rahbari va hukumat tomonidan qabul qilingan qator qarorlar ijrosi bank tizimida innovasion axborot texnologiyalarini keng ko’lamda tadbiq etish orqali mamlakatimizda qisqa muddatda milliy to’lov tizimini shakllantirishga imkoniyat yaratdi.
Banklar amaliyotiga zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi yangi aloqa vositalari – Internet va mobil telefondan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi. Hozirgi paytda 57,5 mingdan ortiq mijoz internet-banking, salkam 363 ming mijoz mobil-banking xizmatidan foydalanmoqda. Zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar safining o’sishi yangi bank mahsulotlariga bo’lgan talabni oshirib borishni taqozo etmoqda. Banklar har qanday zamonaviy kompyuter va telefonlarga o’rnatilgan html va wap-brauzerlar orqali mijozlarga to’la xizmatlar paketini taqdim etmoqda. Ular kechayu kunduz o’z hisobraqamlarini kuzatib borish imkoniyatiga egalar.
Ma’lumki, bugungi kunda jahonning yirik savdo kompaniyalari an’anaviy savdo usullaridan foydalanish bilan birga elektron tijoratdan ham keng foydalanmoqdalar. Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, hozirgi kunda dunyo aholisining 10 foizi xaridlarni internet tarmog’i orqali amalga oshirmoqda va bu raqam kundan kunga o’sib bormoqda. Ushbu hujjat tadbirkorlikni rivojlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda qo’shimcha sharoitlar, shu jumladan xalqaro standartlarga javob beradigan texnologik bozor infrastrukturasi yaratilishini ta’minlaydi.