Mundarija: Kirish O’zbekistonda xalq ta’limi tizimi va uni tashkil etish tamoyillari
O’zbekiston respublikasining ta’limga oid qonunlari
Respublikamizda davlat ta’lim standardlarini tashkil etish ishlab chiqish va uni amalga kiritilishi
Ta’lim va tarbiyaning bitligi
Bilimlarni kuzatish nazorat qilish va baxolash
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar:
KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-269-sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkil etildi.
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining ta’limga doir konstitutsion huquqlariga rioya etilishini ta’minlovchi, maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi.
Vazirlikning asosiy vazifalari
Vazirlikning asosiy vazifalari:
umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida oʻquvchilarning ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
maktabdan tashqari ta’limga boʻlgan umumiy oʻrta ta’lim davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq umumta’lim muassasalari faoliyatini metodik boshqarishni amalga oshirish;
oʻqituvchi kasbining maqomi va obroʻsini koʻtarish, umumta’lim muassasalari xodimlari, shuningdek, xalq ta’limi tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlash, ularning samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish;
oʻquv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kasbiy yoʻnaltirishning samarali uslublarini, oʻquvchilarning oʻquv, psixologik va jismoniy yuklamalari optimallashuvini inobatga olgan holda oʻqitish va tarbiyalashni joriy qilish;
umumta’lim muassasalarida chet tilini oʻqitishning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda yangilangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;
nodavlat ta’lim xizmatlari sektorini yanada rivojlantirish, xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish;
pedagogik kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni joriy etish;
“Mehribonlik” uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning ijtimoiy-mehnat koʻnikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uygʻunlashuviga koʻmaklashish;
jismoniy rivojlanishida turli nuqsonlari boʻlgan hamda davolanish va sogʻlomlashtirishga muhtoj boʻlgan bolalarga ijtimoiy kafolatlarni ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim va tarbiya (shu jumladan, inklyuziv) olishlariga koʻmaklashuvchi mos muhitni yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini takomillashtirish;
oʻquvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, milliy mentalitetga yot gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash;
umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tomonidan davlat ta’lim standartlari va talablarining bajarilishining tizimli monitoringini olib borish;
umumta’lim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasb-hunar ta’limini ta’minlash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
XULOSA Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida, oʻquvchilarning ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirish borasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
umumiy oʻrta ta’lim davlat ta’lim standartlari va maktabdan tashqari ta’limga qoʻyiladigan davlat ta’lim talablariga muvofiq umumta’lim muassasalari faoliyatini metodik boshqarish;
oʻqituvchi kasbi mavqeyi va obroʻsini oshirish, umumta’lim muassasalari xodimlari, shuningdek, xalq ta’limi tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlash, ularning samarali faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish;
oʻquv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kasb-hunarga yoʻnaltirishning samarali shakl va uslublarini kiritish hamda oʻquvchilarning oʻquv, psixologik va jismoniy yuklamalarining maqbullashuvini inobatga olgan holda oʻqitish va tarbiyalashni kiritish;
umumta’lim muassasalarida chet tillarini oʻrgatishning samaradorligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yangilangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan, mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda yangi avlod oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilinishini tashkil qilish;
ta’lim xizmatlari nodavlat sektorini rivojlantirish, xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlarni yaratish.
pedagogik kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish
“Mehribonlik” uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, ularning ijtimoiy-mehnat koʻnikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uygʻunlashuviga koʻmaklashish
rivojlanishida turli nuqsonlari boʻlgan hamda davolanishga va sogʻlomlashtirishga muhtoj boʻlgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, ularning ta’lim-tarbiya (shu jumladan inklyuziv) olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar (maktab-internatlar) faoliyatini takomillashtirish
oʻquvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, milliy mentalitet uchun gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash
umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tomonidan davlat ta’lim standartlari va talablari bajarilishining tizimli monitoringini olib borish
umumta’lim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilariga kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlariga va maktabdan tashqari ta’limga qoʻyiladigan davlat ta’lim talablariga muvofiq xalq ta’limi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda oʻquvchilarga kasb-hunarga yoʻnaltirishda metodik rahbarlik qilish
ta’lim muassasalarida bino va inshootlardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish