JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–30_Issue-4_Iyun_2023
101
NUTQ USLUBLARINI FARQLASHGA OID USULLAR.NUTQ USLUBLARINI
O‘QITISH ORQALI O‘QUVCHILARDA MULOQOT MADANIYATINI
SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Ko‘palova Mahfuza
Urganch davlat universiteti
Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi
Nutq uslublari ma'lum bir vaziyatda foydalanadigan nutq shakllari yig‘indisidir.
O‘zbek tilida nutq uslublari 5ta.Bular :
1. So‘zlashuv uslubi.
2. Rasmiy uslub.
3. Ilmiy uslub.
4. Badiiy uslub.
5. Publitsistik uslub.
Shulardan birinchisi So‘zlashuv uslubi bu uslubning boshqa nutq uslublaridan
farqi, uning adabiy va oddiy shakli bor .Ular ham o‘z ichida turli guruhlarga bo‘linadi.
A) adabiy so‘zlashuv uslubi
B) oddiy so‘zlashuv uslubi
Adabiy so‘zlashuv uslubi O‘zbekistonning barcha hududlarida umumiy
tushuniladigan uslub.Oddiy so‘zlashuv
uslubi oddiy xalq tili,turli hududlarida aholi
o‘zlarining shevalarda, lahjalarda ishlatadi.Har
kuni ishlatadigan uslubimiz
barchamizning.Bu uslub sodda boshqa uslublarda qaraganda.Yana bu uslubda turli xil
ismlarni qisqartirib aytsa ham bo‘ladi.Abror-Abbi. Zuhra-Zavra tarzda ham tovush
almashinishlari uchrashi mumkin.
Rasmiy so‘zlashuv uslubi 2xil ko‘rinishi berilgan. Bular og‘zaki va yozma
ko‘rinishlar boshqa nutq uslublarida yo‘q. Bu uslubning farqi ko‘proq rasmiy doiralarda
yig‘ilishlar,majlislarda,xalqaro tashkilotlar bilan uchrashuvda ishlatiladigan uslub.Ish
qog‘ozlaridan
turli ariza,ma'lumotnomalar yozishda foydalaniladigan uslub.
Ilmiy uslub ko‘proq adabiy til qoidalariga amal qiladi. Bu uslubning farqi ko‘proq
ilmiylikka asoslanadi.Ilmiy uslubni fan uslubi ham deyish mumkin.Barcha ko‘pgina
fanlar shu uslubda foydalanadi .Maktab darsliklari shu uslubda yoziladi.Barcha ilmiy
ishlar shu uslubda beriladi.Olimlarning doktorlik va nomzodlik ishlari shu uslubga
xoslangan.
Badiiy uslubning qo‘llanish doirasi kengligi bilan ajralib turadi.U
barcha
uslublardan kengroq ma'lumotlar zahirasiga ega. Bu uslub erkin uslubdir.Yozuvchi va
shoirlar tafakkuridagi barcha narsalarni o‘z ichiga oladi.Adiblarimiz bu uslubda
hohlagancha yozishlar o‘y fikrlarini erkin tarzda o‘quvchi kitobxonlarga yetkazib
berishi bilan ajralib turadi.
Publitsistik
uslub(Matbuotchilar
uslubi)Bu
uslub
qadimda
ham
qo‘llanilgan.Gazeta va jurnallar shu uslubda beriladi.Televideniyelar
radio ham shu
uslubda foydalaniladi.Bu uslubning ham imkoniyatlari keng. Bu usul tez,tanqidchi,
zamonga mos tarzda borayotgan uslub .
Nutq uslublarini o‘qitish orqali o‘quvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirish
mumkin.Bu uslublar orqali har bir o‘quvchiga shu uslubni o‘rganishi ,so'ng shu uslubni
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–30_Issue-4_Iyun_2023
102
o‘z hayotida amal qilishi kerakligini tushunadi.
Nutq uslublarini o‘qitish orqali muloqot madaniyatini yanada yaxshi o‘zlashtirishi
uni har bir joyda ishlatilishi o‘rganadi. Muloqot madaniyati
orqali atrofdagilar bilan
munosabatga
kirishganda
har
bir
so‘zni
o‘z
o‘rnida
ishlatilishini
o‘rganadi.Ko‘chada,uyda ishxonada,jamoat joylarida insonlar bilan qanday
so‘zlashishni oфldindan biladi.Har bir nutq uslubidan bir narsa o‘rgansa
ham ularni
umumlashtirsa yaxlit bir tizimga kelgan nutq uslubi kelib chiqadi.Shuning uchun ham
nutq uslublarini yoshlikdan o‘quvchilarga o‘rgatib borish maqsadga muvofiqdir.Har bir
inson uchun juda kerakli bo‘lgan ma'lumot beriladi .
Nutq madaniyatini o‘tgandan o‘quvchi to‘g‘ri so‘zlaydi, har qaysi so‘zni o‘z
o‘rnida va keraklisini topib so‘zlaydigan bo‘ladi.Nutq uslublarini o‘qitish orqali
o‘quvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirish uchun yurtimizda juda ko‘plab
ishlar amalga oshirilmoqda.
Masalan hozirgi kundagi darsliklarni olib qaraydigan bo‘lsak holding
darsliklardagidek qoidalarga emas ko‘proq inson hayoti davomida kerak bo‘ladigan
narsalar kiritilyapti.Shulardan biri muloqot madaniyatini shakllantirish bo‘yicha
mavzular va ulardagi mashqlarni ko‘rishimiz mumkin. Faqat
ona tili darslarida emas
adabiyot darslarida ham o‘quvchilarda muloqot madaniyati shakllantirish bo‘yicha turli
mavzular berilganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu barcha qilinib turgan ishlar
o‘quvchilarga kelgusi hayotida ularga yordam ko‘rsatishi uchun o‘rgatiladi.