I-bob. Korxonani tashkil etish va boshqarish tushunchasi



Yüklə 122,4 Kb.
səhifə1/12
tarix07.01.2024
ölçüsü122,4 Kb.
#207302
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bo\'riyev Otabek kurs ishi


MAVZU:KORXONANI TASHKIL ETISH, FAOLIYATINI TUGATISH TAMOYILLARI VA TARTRIB QOIDALARI.
REJA:
KIRISH.
I-BOB. KORXONANI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH TUSHUNCHASI
1.1. Korxonani tashkil etish haqida.
1.2. Boshqarish tushunchasi haqida ma’lumot.
II-BOB. KORXONANI FAOLIYATINI TUGATISH TAMOYILLARI VA TARTRIB QOIDALARI.
2.1. Korxonani faoliyatini tugatish tamoyillari.
2.2. Korxonani tartrib qoidalari.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
XULOSA.

MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………...…3
I-BOB. KORXONANI TASHKIL ETISH VA
BOSHQARISH TUSHUNCHASI…………………………………………...….5
1.1. Korxonani tashkil etish haqida………………………………………….…....5
1.2. Boshqarish tushunchasi haqida ma’lumot……………………………….….16
II-BOB. KORXONANI FAOLIYATINI TUGATISH TAMOYILLARI VA TARTRIB QOIDALARI………………………………………………….……22
2.1. Korxonani faoliyatini tugatish tamoyillari……………………………….….22
2.2. Korxonani tartrib qoidalari………………………………………………......26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….…30
XULOSA……………………………………………………………………..…..31

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi yetakchi o‘rinni egallaydi. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning salmoqli qismi shu sohada yetishtiriladi. Aholining 60 foizdan ortiq qismi qishloqda yashaydi. Shuning uchun sohani rivojlantirish masalasiga mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq katta e’tibor berila boshlandi, ya’ni qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida qator qonunlar, farmonlar va qarorlar qabul qilindi, natijada ushbu sohada ular o 'z samarasini bera boshladi. Shular orasida O‘zbekiston Prezidentining 2003-y il 24-martda «Qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishnng eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida» qabul qilgan farmoni qishloq xo'jaligini rivojlantirishda muhim rol’ o ‘ynadi. Mazkur farmon qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqaruvchilarning asosiy subekti sifatida fermer xo‘jaligini rivojlantirishni ustivor yo‘nalish deb belgilab berdi. Shundan keyin fermer xo‘jaliklari rivojlanib, ishlab chiqarish hajmi keskin o ‘sdi va o‘sib bormoqda. 2008-yilda yetishtirilgan paxta xomashyosining 99,1 foizi, g'allaning 79,2 foizi fermer xo‘jaliklari hissasiga to 'g ‘ri keldi. Bu m a’lumotlardan ko'rinib turibdiki, fermer xo‘jaliklari yildan-yilga o‘sib va taraqqiy etib, iqtisodiyotda salmoqli o ‘rinni egallab bormoqda. Qishloq xo'jalik korxonalarida ishlab chiqarishni yanada samarali rivojlantirish uchun ular faoliyatining barcha tomonlarida sodir boMgan va boMayotgan jarayonlarni, ularning natijalarini har taraflama chuqur o'rganish va nazorat qilish natijasida mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda ularni ishlab chiqarishga jalb etish bo‘yicha yo'l-yo'riqlarni ko'rsatish zarur. Bu muammolarni hal qilishda iqtisodiy tahlil va nazoratning roli nihoyatda kattadir. Har bir qishloq xo'jaligi korxonasining faoliyatini har tomonlama va chuqur tahlil va nazorat qilish orqali mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish, tannarxni pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, foydani ko'­ paytirish, toMov qobiliyatini oshirish, moliyaviy barqarorlikni yaxshilash imkoniyatlari aniqlanadi. Mavjud bo'lgan imkoniyatlarni aniqlab, ulardan samarali foydalanish nafaqat xo'jalik iqtisodiyotining, balki mamlakat milliy iqtisodiyotining rivojlanishida ham muhim rol o'ynaydi. Ushbu qonuniyatni kelajakda mustaqil Vatanimiz ravnaqi yo'lida xizmat qiladigan har bir talaba mukammal va to'liq bilib olishi zarur. Talaba bu sharafli burchi va vazifasini har doim yodida saqlashi zarur. Shuning uchun bilim olayotgan har bir talaba, har bir mutaxassis hamda faoliyat ko'rsatayotgan fermer iqtisodiy tahlil va nazoratni ham nazariy, ham uslubiy jihatdan yaxshi o'zlashtirib olgan boiishi kerak. Iqtisodiy tahlil va nazorat asoslarini talaba asosan oliy o'quv yurti bazasida egallaydi. Shuning uchun o'quv rejaning III - «Umumkasbiy fanlari» blokida «Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati» faniga 92 soat, shu jumladan ma’ruzaga 28 soat, amaliy mashg'ulotga 28 soat, mustaqil ishga 36 soat hajmida yuklama ajratilgan. Talabalar bu fan orqali qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatida sodir bo'lgan va bo'layotgan iqtisodiy jarayonlaming holati va ularning natijalarini omilli tahlil etish va nazorat qilish hamda choratadbirlar ishlab chiqish usullarini va jarayonlaming qonuniyatlarini o'rganishadi va egallashadi, oqibatda korxona to'g'risidagi axborot ma’lumotlarini to'plash, qayta ishlash va ularni tahlil qilish hamda xo'jalik mulkining saqlanishi ustidan nazorat o'rnatish ko'nikmalarini egallashadi. M a’lumki. zamon talabiga javob beradigan sifatli kadrlarni tayyorlash uchun ularni darslik va o'quv qo'llanmalar kabi o'quv adabiyotlari bilan yetarli darajada ta’minlash zarur. Shu nuqtayi nazardan «Fermer xo'jaligini boshqarish» yo'nalishi bo'yicha ta’lim olayotgan talabalarga uslubiy jihatdan yordam berish hamda fan bo'yicha mavjud bo'lgan bo'shliqni qisman to'ldirish maqsadida mualliflar ushbu darslikni tayyorlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'iyshdi. Mazkur darslik talabalarga korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati fani bo'yicha nazariy va uslubiy bilimlarni berishga hamda ularda zaruriy amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga m o'ljallangan.

Yüklə 122,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin