I-bob. Korxonani tashkil etish va boshqarish tushunchasi


Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesni kreditlash



Yüklə 122,4 Kb.
səhifə5/12
tarix07.01.2024
ölçüsü122,4 Kb.
#207302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bo\'riyev Otabek kurs ishi

Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesni kreditlashda, asosan, quyidagi uch o'lchovga amal qilinadi:
• Kredit oluvchi tadbirkor olgan qarzini o'z vaqtida qaytarish uchun o'zining kapitafini yuqori malakali va qobiliyatli ishlata olishinl ko'rsata bilishi lozim.
• Qarz beruvchida tadbirkorlar to'g'risida, uning biznesi muvaffaqiyatli rivojlanayotganligi to'g'risida ishonchli tasawur hosil bo'lishi lozim. Bunday hujjat loyihalari yangi tadbirkorlik faoliyatining hayotiyligi va istiqbolligini tasdiqlashi lozim.
• Qarzdorning kreditlarni o'z v'aqtida to'lash qobiliyatini ifodalovchi aktivlar mavjudligi yoki tadbirkorning shaxsiy garovi qo'yiladi. Masalan, AQSHda tadbirkorlik fondi berilayotgan kreditning 90 foiz summasini kafolatlashi lozim bo'lib, qolgan 10 foiz summa bankning tavakkali bo'ladi.
O'zbekistonda jahondagi kichik biznes tuzilmalarini rivojlan­tirish sohasidagi amaliy tajribalarni o'rganish va ijobiy yondashish negizida 1992-yildan boshlab, tadbirkorlarni moliyaviy qo'llab-quwatlashning davlat tizimi shakllana boshladi.
Prezident Farmonlariga muvofiq tuzilgan «Mikrokreditbank» hamda Kichik biznes rivojlanishiga ko'maklashish jamg'armasi xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab-quwatlash va unga xizmat ko'rsatishni tashkil qilish bo'yicha davlat siyosatining asosiy vositalariga aylandi.
1995-yilda Prezident Farmoniga muvofiq, Kichik va o'rta biznesni rivojlantirishga ko'maklashish jamg'armasi Kichik tadbirkorlik va xususiy biznesni qo'llab-quwatlash jamg'armasi (Biznes-fond)ga aylantirildi. U davlat mulkini xususiylashtirishidan tushgan va tadbirkorlikni rekonstruksiya qilish, texnik qayta qurollantirish va qo'llab-quwatlash uchun mo'ljallangan mablag'larni xususiy tadbirkorlarga imtiyozli asosda kreditlar berish uchun to'play boshladi.
Ko'plab salohiyatli tadbirkorlar balandparvoz tadbirkorlik g'oyalariga va rejalariga egadir. Ammo ularning rejalarini hayotga tatbiq etish uchun zarur bo'lgan sarmoyani topish unchalik oson bo'lmasligi mumkin.' Buning natijasida ko'plab potensial kichik korxonalar o'z ishlarini boshlamaydilar ham. Kichik biznes egasi qandaydir miqdordagi o'z shaxsiy mablag'ini o'z korxonasini tuzishga investitsiya qilishi kerak. Ammo yaxshi tayyorgarlik ko'rilsa va rejalashtirilsa, moliyaviy mablag'larm' boshqa manbalardan ham olish mumkin. Mulkdorning o'z sarmoyasi va kredit muassasa-laridan olingan qarz yangi korxona tuzishni moliyalashtirishning ikki asosiy manbayi bo'lishi mumkin.
Tadbirkorlarning shaxsiy jamg'armalari ularning ko'pchiligi uchun o'z sarmoyasini investitsiyalash yo'li bilan moliyalash­tirishning asosiy manbayi hisoblanadi. Ekspertlar o'z korxonasini tuzish uchun zarur bo'lgan mablag'ning yarmi bo'lg'usi mulkdor hisobidan sarflanishi kerak, deb hisoblashadi. Bu shuni anglatadiki, bo'lg'usi tadbirkor o'z korxonasini tuzish uchun yetarli mablag' qo'lida bo'lishidan awal, bir necha yil jadal ishlashi va pul to'plashi kerak.
Oila a'zolari va do'stlarining pullari o'z sarmoyasini inves-titsiyalash yo'li bilan moliyalashning eng ommalashgan manbayi hisoblanadi. Lekin o'ylab ko'rish va quyidagi qator savollarga javob berish kerak: «Ular korxonani boshqarishda ishtirok etishni xohlashmaydimi?», «Agar korxona inqirozga uchrasa, nima bo'ladi?», «Bu o'zaro munosabatlaringizni buzmaydimi?».
O'z sarmoyasini investitsiyalash yo'li bilan moliyalash korxo-naning bir qismini bir yoki bir necha sheriklarga sotish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Sheriklar o'z pullarini investitsiya qilishsa, zarur umumiy mablag'ni to'plash oson kechadi. Biroq sheriklar bir-birlari bilan til topishishlari kerak, bu har doim ham oson bo'lavermaydi. Chunki o'z biznesini boshlovchi ko'p kishilar mustaqil qaror qabul qilishni xohlashadi, shirkat kabi muqobil yo'l noreal bo'lishi mumkin.

Yüklə 122,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin