I-bob. Korxonani tashkil etish va boshqarish tushunchasi


Boshqarish tushunchasi haqida ma’lumot



Yüklə 122,4 Kb.
səhifə7/12
tarix07.01.2024
ölçüsü122,4 Kb.
#207302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bo\'riyev Otabek kurs ishi

1.2. Boshqarish tushunchasi haqida ma’lumot.
Hozirgi paytdagi Respublikamiz milliy iqtisodiyot tarmoqlarida, shu jumladan sanoat korxonalarida ham boshqaruv tamoyillarini tubdan qayta ko'rib chiqishni taqozo etmoqda. Bu borada Respublikamiz Prezidenti quyidagilarni ta'kidlab o'tdi: —... korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish. Bu vazifa avvalambor iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eksportga yo'naltirilgan va mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlariga tegishlidir.
Bu o'rinda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, xalqaro sifat standartlariga o'tish bo'yicha qabul qilingan tarmoq dasturlarini amalga oshirishni tezlashtirish vazifasi qo'yilmoqda. O'z navbatida, bu mamlakatimizning ham tashqi, ham ichki bozorda barqaror mavqega ega bo'lishini ta'minlash imkonini beradi.
Shuning bilan birga modernizatsiya va xalqaro standartlarga o'tish nafaqat ishlab chiqarish vositalariga balki boshqaruv tizimiga ham bevosita bog'liqdir. Mamlakatimizda beqiyos iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan bugungi kunda yangicha dunyoqarashdagi zamonaviy rahbarlar faoliyati muhim ahamiyatga egadir. Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "O'zbekistonimizning ertangi kuni ma'naviy-madaniy barkamol, ruhan tetik, mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatiga ega bo'lgan, zamonasining ilmiytexnika taraqqiyoti talablariga mos, kasb-kor mahoratini o'zida mujassam etgan, g'ururi baland, iymoni butun, irodasi baquvvat, chinakam vatanparvar, insofli va oriyatli insonlar qo'lida deb aytsak, aslo mubolag'a bo'lmas.
Respublikamizda bozor munosabatlarining joriy etilishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlarida xususiy mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik tuzilmalari jadal rivojlanmoqda. Albatta bu o'zgarishlarning markazida inson, uning mehnati, undagi tadbirkorlik salohiyati yotadi. Bu jarayonda yuzaga keluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etish menejment fanining vazifasidir. Iqtisodiy adabiyotlarda
tashkilot, korxona, firma, korporatsiya, kompaniyalar tirik organizmga qiyoslanadi. Unga ko'ra tashkilot yoki korxona tug'ilishi, ulg'ayishi va tanazzulga yuz tutishi tabiiy holdir.
Menejment fanida tashkilotga - yagona maqsad yo'lida birlashgan insonlar majmui deb ta'rif beriladi. Demak, har qanday korxona inson resurslaridan tashkil topadi. Shunday ekan, tashkilot muvaffaqiyatini ya'ni belgilangan maqsadga etishishini ko'p jihatdan undagi kishilarning tayyorgarligi, xohishi va ishbilarmonligi ta'minlaydi. Bu esa tashkilot yetakchilari, ya'ni rahbarlardan ishga alohida mas'uliyat bilan yondashishni talab etadi.
Xorijlik iqtisodchi olimlar tomonidan boshqarish tushunchasiga turlicha ta'riflar beriladi jumladan M.X.Meskon, M.Albert, F. Xedourilar: "Boshqarish - bu tashkilotning maqsadlarini aniqlash va ularga erishi uchun rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya va nazorat jarayonidir" deb ta'rif beradilar. P.F.Druker esa boshqaruvga "... betartib olomonni samarali va mahsuldor guruhga aylantiruvchi alohida faoliyat turidir" deb hisoblaydi. S. G'ulomov o'zining "Menejment asoslari" nomli kitobida menejmentga shunday ta'riflar beradi:
1. Menejment - bu iqtisodga taalluqli, bozor munosabatlariga asoslangan alohida boshqaruv turidir.
2. Menejment iqtisodiy boshqaruv usullariga asoslanib daromad va foyda olishni ko'zda tutadi.
3. Menejment - bu maqsadga muvofiq boshqaruv usuli yoki bu mehnatni samarali tashkil qilishga yo'naltirilgan boshqaruv.
4. Bu mahsulot sifatini va mehnat unumdorligini oshirishni o'z vazifasi deb biluvchi boshqaruvdir.
5. Menejment - bu yuqori malakali boshqaruvdir. Bu tashkiliy faoliyat turi bo'lib, uning muhim bo'g'ini, bu aniq boshqaruv sharoitlarini, yangiliklar loyihasini ishlanishi, tashkilot taraqqiyotining taktikasi va strategiyasi, shuningdek, boshqalarni har tomonlama va aniq tahlil qilishdir.
6. Menejment o'zining egiluvchan va uddaburon boshqaruv tizimi deb biladi, o'z vaqtida qayta tuzilish, bozor kon'yunkturasi, hamda raqobat kurashi, ijtimoiy taraqqiyot omilini ziyraklik bilan seza olish qobiliyatiga ega.
7.Menejment - bu shunday faoliyatki, bunda inson xarakatlarini tayyorlash, tashkil qilish va to'g'ri yo'lga solish haqidagi san'atdir.
M.Qosimov tomonidan: "Menejment - bu tashkilotning maqsadiga erishishidagi munosabatlar va faoliyatlarni rejalashtirish, resurslardan samarali foydalanishni tashkil etish, mehnat taqsimotini oqilona muvofiqlashtirish, xodim orasida moyillik mexanizmini adolatli qo'llash va ularning bajarilishini nazorat qilishdir. Buning uchun hodisalar, jarayonlar, munosabatlar va xizmatlar haqida ma'lumotlar to'planadi, ularga ishlovlar beriladi, tahlil qilinadi, o'rganiladi, boshqaruv echimlari qabul qilinadi rahbarlar rahnamolik qiladi", - deb ta'rif beriladi.
Har bir sanoat korxonasi ichida o'ziga xos boshqarish nuqtai nazari bor. Korxonadagi ichki bo'lim va bo'linmalardagi turli jarayonlar, me'yorlar, yechim qabul qilish, kommunikatsiya kabilar boshqaruv apparatiga bevosita ta'sir ko'rsatadi.
Bu jarayonda salmoqli o'rinni texnologiya, xodimlar, tashkiliy madaniyat, ishlab chiqarishni boshqarish, moliyani boshqarish, shaxsni boshqarish, rahbarning rahnamolik sifatiga qarab boshqarish kabilar egallaydi.
Sanoat korxonalarida boshqaruvning funksional strukturasini quyidagi 1 - rasm orqali aks ettirish mumkin:
Bozor munosabatlarini shakllantirish bo'yicha iqtisodiy islohotlar ko'p qirrali iqtisodiyot asoslarini barpo etishga qaratilgan bo'lib, bu jarayonning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi sanoat korxonalarini zamon talablari darajasida rivojlantirib borishni bevosita o'z ichiga oladi. Chunki dunyo tajribasida va O'zbekistonda orttirilgan tajribadan ko'rinib turibdiki, hozirgi zamon iqtisodiy rivojlanishining muhim xususiyatlaridan biri ham mulkning ommaviy tus olib borayotganligidir. Ma'lumki, respublikamizda mulkdorlar tarkibi va soni tubdan o'zgarib, mulkka xo'jayinlik hissining amaliy mustahkamlanishiga erishmoqda. Korxonalar aksiyalari ochiq savdoga chiqarilib, mulkdorlar sinfini ko'payishiga, kishilarning aksiyaga ega bo'lish ishtiyoqining o'sishiga erishilmoqda.
Samarali mehnat qilish, ijobiy natijalariga erishishdan ommaviy jonbozlikning ortishi va shu kabi boshqa muhim masalalarni hamda bu boradagi yechimi qiyin bo'lgan masalalar bosqichmabosqich hal etilmoqda. Bu hol boshqaruvning bozor iqtisodiyoti mohiyatiga monand ekanligini to'la-to'kis tasdiqlamoqda. Iqtisodiyotda mulkning bevosita o'z egasini topishi, kishilarning ham mulkdor, ham mehnatkash sifatidagi manfaatlarning uyg'unlashuvini ta'minlashda rahbar mehnati va boshqaruv funksiyalarining tashkil etilishi muhim rol o'ynaydi.
Yuqoridagilarni e'tiborga olgan holda ta'kidlash lozimki, sanoat korxonalarida xo'jalik faoliyatining ijobiy natijalari boshqaruv darajasi va sifati bilan uzviy bog'liq ekanligini hayotning o'zi isbotlab turibdi. Shuning uchun sanoat korxonalarida boshqaruvning strategik yo'nalishlarini aniq belgilab olish, uning tarkibiy tuzilishini muvofiqlashtirish va boshqaruvning samarali mexanizimi har bir korxona faoliyatiga xos bo'lgan jiharlar asosida tashkil etish istiqboli rivojlanishning asosiy garovi bo'lib qolmoqda.
Fikrimizcha boshqaruvni yaxshilash uchun quyidagi takliflarni amalga oshirish
kerak:
l.O'zbekiston Respublikasida sanoat korxonalarini boshqarishni milliy modelini yaratish borasida ilmiy izlanishlar zarur. Rahbar funksiyalari mavzusini tadqiq etishni rivojlantirish borasida uni davlat granti mavzulariga kiritish lozim.
2.O'zbekiston va uni regionlari sharoitdan kelib chiqib boshqaruv samaradorligiga ta'sir etuvchi tashqi va ichki omillar turkumlanishini ishlab chiqish kerak.
3.Boshqaruv faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun avvalambor korxona ixtiyoridagi iqtisodiy resurslarning har bir birligidan tejamkorlilik bilan foydalanish yo'lga qo'yish lozim. Har bir birlik iqtisodiy resursdan chiqadigan mahsulot miqdorini oshirishga harakat qilish kerak. Masalan, xom ashyodan chiqadigan mahsulot miqdorini oshirishga erishish kerak. Natijada, resurslarni tejash orqali korxonaning foydasi ortadi va samaradorligi darajasi yuksaladi.
4. Boshqaruv maqsadlarini to'g'ri shakllantirish va strategik maqsadlarga erishish yo'lidagi operativ maqsadlarni to'g'ri tuzish va har bir davrda bu operativ rejalarni bajarilishini ta'minlash.
5. Korxonalardagi ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirishga tomon harakatni amalga oshirish. Ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyani qo'llash hamda ularning har biridan iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo'lida foydalanish. Korxonaga o'rnatiladigan har bir texnik va texnologik jixozning iqtisodiy samara berishiga erishish.
6. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish. Ishlab chiqarishni tashkil etish tamoyillaridan oqilona foydalanish. Ishlab chiqarishni tashkil etishda uzluksizlik, tejamkorlilik, to'g'ri oqimlilik, mutanosiblik, unumdorlilik kabi tamoyillarni qo'llash.
7. Korxonalarda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish. Boshqaruv faoliyatida boshqaruvning zamonaviy tamoyillari va usullaridan foydalanish, rahbarning mas'uliyatini va imtiyozlarini oshirish.

Yüklə 122,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin