MUNDARIJA I.BOB. SEZGI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA. SEZGILAR TASNIFI VA TURLARI. KIRISH………………………………………………………………….…….…1. 1.1. Sezgi haqida umumiy tushuncha………………………………………......3. 1.2. Sezgining tasnifi va turlari……………………………………………........9. II.BOB. KO’RISH SEZGISI VA IDROKI. UNI O’RGANISH METODLARI. 2.1. Ko’rish sezgilari……………………………………………………...…….15. 2.2. Ko’rish idroki va o’rganish metodlari……………………………..…...…17. XULOSA………………………………………………………………………...20. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………21.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxslarni shakllanishiga olib keladi. O’zining qadr – qimmatini anglaydigan irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz. Zotan, barkamol avlod, komil insonni tarbiyalash bu jamiyatimiz uchun eng muhim muqaddas vazifadir.
Shu nuqtai – nazardan olib qaraydigan bo’lsak, yoshlarimizni qolaversa, o’quvchilarda har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashimiz uchun avvalo ularning psixologik xususiyatlarini mukammal bilishimiz kerak. Chunki inson psixologiyasi juda murakkabdir.
Inson bolasining shaxs sifatida shakllanishi, psixik rivojlanishi, temperament va xarakter xususiyatlari, bilish jarayonlarini shakllantirish muhim hisoblanadi. Yoshlarning xususan, o’quvchilarning aqilli, bilimli bo’lishi va yaxshi mutaxasis kadr bo’lishi uchun o’qishi, o’rganishi kerak. Bunda eng muhimi o’quvchining idroki sezgisi hisoblanadi.
Tadqiqotning metodologik asosi:Tadqiqotimizning metodologik asosi bo’lib, chet el psixologlari Jon Moreno, R.S.Nemov, Ye.D. Rogov, Uznadze, Respublikamizningyetukmutaxasisolimlari E.G’.G’oziyev, G’. B. Shoumarov, G. To’laganova, B.Umarov, B. Qodirov, Z.T.Nishonova, N.Komilovalarning tadqiqotlari hisoblanadi.
Tadqiqot ob’ekti:Insonlarda idrokning sezgining o’ziga xosligi va turliligi haqida fikr yuritdik. Bunda allomalarimiz va yevropa olimlarining fikrlari, ilmiy tadqiqotlaridan foydalandik.
Tadqiqod predmeti: O’quvchilarning idrok, sezgi sifatini ta’minlovchi shart sharoitlarni tadqiq etish tashkil etadi.
Mavzuning ahamiyati: Inson bolasining shaxs sifatida shakllanishi, psixik rivojlanishi, temperament va idrokni, sezgini shakllantirish muhim rol o’ynaydi. O’quvchilar davri o’zining serqirraligi bilan boshqadavrlardan farq qiladi. Maktab, kollej, litsey o’quvchilarini komil inson bo’lishi uchun ularning chinakam inson bo’lishi ta’lim va tarbiyaning eng muhim faoliyatidir.