Boshlang’ich sinflarda matematika fanidan to’garak mashg’ulotlarini olib boruvchi rahbarlar uchun
USLUBIY QO’LLANMA
Ma’rifatga intilish – xalqimizning azaliy fazilatlaridan biri. Farzandlarimizni bilimdon, irodasi baquvvat, iymoni mustahkam qilib voyaga yetkazish, milliy istiqlol g’oyasini ular qalbi va ongiga singdirish, yot va zararli g’oyalar ta’siridan saqlash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng asosiy vazifamizdan hisoblanadi. Har qanday insonning, ayniqsa, o’qituvchining avvalo bolalarga, fidoiyligi, izlanuvchanligi, kuchli bilim va salohiyati bo’lmasa, ishda muvaffaqiyatga erishib bo’lmasdi.
Tuzuvchi: M.To’xtaxo’jayeva Namangan shahar xalq ta`limi muassasalari faоliyatini metоdik ta`minlash va tashkil etish bo’limi bоshlang’ich sinflar bo’yicha uslubchisi
Taqrizchilar: Payzibayeva Muazzamxоn- Namangan vilоyat xalq ta`limi bоshqarmasi bоshlang’ich sinflar uslubchisi
Muharrir: I.Kamalоv- Namangan shahar xalq ta`limi muassasalari faоliyatini metоdik ta`minlash va tashkil etish bo’limi mudiri o’rinbоsari
Ushbu qo’llanma Namangan viloyati xalq ta'limi boshqarmasi metоdik kengashining 27.08. 2015 йил 7/3__-sоnli qarоri bilan fоydalanishga tavsiya etildi------------
MATEMATIKA FANIDAN SINFDAN TASHQARI TADBIRLAR
So’z boshi.
Buyuk O’zbekistonimizning istiq-boli ko’pjihatdano’qituvchiga, uningsalohiyatiga, yoshavlodnio’qitishvatarbiyalashishigabo’lganmunosabatigabog’liq. Chunki o’qituvchining kasbiy madaniyati, pedagogik mahorati tufayli o’quvchi fan asoslarini puxta egallaydi. Ma’naviy jihatdan rivojlanadi. Insoniyat erishgan boy qadriyatlarga suyangan holda kamol topadi.