Boshlang’ich sinflarda matematika fanidan to’garak mashg’ulotlarini olib boruvchi rahbarlar uchun uslubiy qo’llanma



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə6/8
tarix24.05.2022
ölçüsü1,8 Mb.
#59379
1   2   3   4   5   6   7   8
Boshlang’ich sinflarda matematika fanidan to’garak mashg’ulotlar

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (taxminan 783-850-yillar) asli Xiva shahridan bo'Iib, matematika, astronomiya, geografiya va boshqa fanlar sohasida barakali ijod qildi hamda "aljabr" (algebra) fani va "algoritm" tushunchasiga asos soldi. "Algebra” so'zining o'zi esa uning "Kitab al-Jabr val-muqobala" (Tiklash va qiyoslash kitobi) degan risolasi nomidan olingan. Uning arifmetikaga oid risolasi hind raqamlariga asoslangan bo'Iib, hozirgi kunda biz foydalanadigan o'nlik pozitsion hisoblash tizimi va shu tizimdagi amallarning Yevropada tarqalishiga sabab bo'ldi. Olimnining "Al-Xorazmiy" nisbasi esa "algoritm" shaklida fanda abadiy o'rnashib qoldi. Uning XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan “Zij" (Astronomik jadvallar), "Hisob al-Hind". "Quyosh soati haqidagi risola" va boshqa asarlari Sharq va G'arb mamlakatlarida o'rta asrlar ilmiy tafakkurining taraqqiyotiga samarali ta'sir ko'rsatdi.


Jahon madaniyatiga o’zining ulkan hissasini qo’shgan, tibbiyot ilmini yanada yuqori pog’onaga ko’targan Abu Ali Ibn Sino 980-yilda Buxoroning Afshona qishlog’ida tug’ilgan va 1037-yilda Isfahon shahrida vafot etgan. Abu Ali Ibn Sino 16-18 yoshlarida mashhur hakim (tabib) darajasiga ko’tarilgan. Ibn Sinoning yaratgan 450 asaridan bizgacha faqat 160 tasi yetib kelgan. Olimning asarlari o’rta asrlarda Yevropada ilmiy til hisoblangan lotin va boshqa tillarga tarjima qilingan. Ibn Sinoning tibbiyotga oid qomusiy asari “Kitob al-qonun fit-tib” lotin tilida 30 martadan ortiq nash etilib, u o’rta asrlarda sharqdagina emas, balki g’arb mamlakatlarining universitetlarida ham tibbiyotdan yagona qo’llanma bo’lib xizmat qilgan.






O’rta asrlarda tabiiy-ilmiy bilimlarni rivojiga katta hissa qo’shgan, keyinchalik asarlari g’arb olimlari tomonidan chuqur o’rganilgan. Abdul Abbos Axmad ibn Kasr Al-Farg’oniyning tarjimai holi to’g’risida to’liq ma’lumotlar juda oz. U taxminan 797-yilda Farg’onada tug’ilgan va taxminan 865-yilda vafot etgan. Axmad Al-Farg’oniy Damashqda, Qoxirada va Bag’dodda “Bayt ul xikma” – “Donishmandlar uyi” da Muso Xorazmiy hamda boshqa buyuk olimlar bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib brogan. Al-Farg’oniyning lotinlashtirilgan nomi “Alfarganik” shaklida mashhhur bo’lgan. Al-Farg’oniyning asosiy astronomik asari “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” XII – XIII asrlarda evropada lotin tiliga “Alfarganis” nomi ostida va boshqa tillarga tarjima qilingan. Bu asar bir necha asr davomida darslik sifatida foydalanilgan va evropaning nufuzli universitetlarida astronomiya fani bo’yicha maruzalar uning asosida qo’llanilgan.


7. Ekskursiyalar. Тarixiy muzeylarga sayohatlarga olib borish.

Matematik ekskursiyalarning maqsadi – aniq hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish.


Ekskursiya o‘tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo‘lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar.


Maktabning joylashgan o‘rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, fermalarga, jamoa xo‘jaligi va davlat xo‘jaligi va boshqa joylarga ekskursiyalar o‘tkaziladi.


Qurilish materialidan foydalanish, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin. Shunday masalalardan ba’zilarini keltiramiz:


1. Bir soatda ekskavator 4 m uzunlikda poydevor chuqurligini kavlaydi. Shunday ish unumi bilan u 7 soatda qancha chuqurlik (o‘ra) kovlaydi?


2. Qurilishga yuk tashishda 4 ta avtomashina ishlamoqda. Ularning har birida bitta haydovchi va ikkita yukchi ishlaydi. Material tashishda hammasi bo‘lib qancha odam band?


Ekskursiyadan olib kelingan qurilish materiallaridan mehnat darslari uchun stendlar tayyorlashda foydalanish mumkin, bunda binolarning maketlarini tayyorlash ham mumkin.


Boshlang`ich sinf o`quvchilari orasida ba`zan karra jadvalini o`rganishga qiynaladigan bolalar ham uchrab turadi.Ana shunday vaziyatda o`qituvchining izlanuvchanligi va ijodkorligi bolajonlarga mavzuni tez va oson o`zlashtirishga yordam beradi.Men har bir dars jarayonida o`quvchilarning yoshiga mos ,qiziqarli ,hazil-mutoyiba tarzidagi she`riy misralarni o`ylab topishga harakat qilaman.She`r yodlayotgan bola bir vaqtning o`zida ham mehnat ,ham o`yin zavqidan bahra oladi hamda uning diqqati jamlanadi ,xotirasi mustahkamlanadi, nutqi ravon bo`ladi.


Barcha mavzular bir xillikdan qochgan holda o`yinlar orqali olib borilsa albatta yaxshi natijalarga erishamiz.Qo`yidagilarni siz ham qo`llab ko`ring,aziz hamkasblar.





Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin