Boshlang’ich sinflarda matematika fanidan to’garak mashg’ulotlarini olib boruvchi rahbarlar uchun uslubiy qo’llanma



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə5/8
tarix24.05.2022
ölçüsü1,8 Mb.
#59379
1   2   3   4   5   6   7   8
Boshlang’ich sinflarda matematika fanidan to’garak mashg’ulotlar

Mantiqiy masalalar.


Boshlang’ich sinf o’quvchisida o’quv-biluv faoliyatining rivojlanishida ijodiy mazmundagi topshiriqlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shulardan biri mantiqiy masalalardir. Mantiqiy masalalarni yechish orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyati rivojlanadi, mulohaza yuritish, xulosa chiqarish kabi xislatlar tarbiyalanadi.

  1. 10 metrli yog’ochni bir metrli teng bo’laklarga bo’lish uchun uni necha marta arralash kerak?

  2. Agar songa yettini qo’shib, yig’gindini yettiga bo’lib, bo’linmadan yettini ayirib, ayirmani yettiga ko’paytirilsa, yetti hosil bo’ladi. Bu qanday son?

  3. Soat sirtini shunday olti bo’lakka bo’lingki, har bir bo’lakdagi sonlar yg’indisi bir xil (o’zaro teng) bo’lsin.

2. Rebuslar, krossvordlar, ko’gazmali qurollar. Matematika darslarida olingan bilimlarni chuqurlashtirish.


R e b u s


Ushbu rebusni yechsangiz, Oymoma haqidagi topishmoqni o’qiysiz.

  1. P + ,

+ga t +


Ushbu krossvordni yechsangiz kalit so’zida buyuk matematik olimning
ismi kelib chiqadi.

































































































































































































































































































1. Uy parrandasi. 2.Tunni yoritadi. 3. O’quv quroli. 4. Ilm maskani. 5. Ona yer. 6.Ilm o’rgatuvchi. 7. Bilim bulog’i.


8 …..-kechak.



O

n

a

O

n

a

O

n

a


Har bir harfdan boshqa
har bir harfga borish
mumkin bo’lsa, jadval-
dan nechta ONA
so’zini o’qish mumkin?

9 + 1 = 10 10 – 1 = 9

99 + 1 = 100 100 – 1 = 99

999 + 1 = 1000 1000 – 1 = 999

9999 + 1 = 10 000 10 000 – 1 = 9999

Buni quyidagicha davom ettirish mumkin:

9999 + 1 = ( 9900 + 99 ) + 1 = ( 99 + 1 ) + 9900 =

= 100 + 9900 = 10 000.

10 000 - 1 = ( 9990 + 10 ) - 1 =

9990 + ( 10 -1 ) =

= 9990 + 9 = 9999.
Tez hisoblang



  1. Matematik viktorina.

Hamma narsalarni bilishni istayman”. Murakkab masalalar. Тurli murakkab masalalarni tayyorlash va viktorinani boshqarish.
Matematik gazeta va viktorinalar.
Matematik gazeta, viktorinalarda har xildagi matematik mazmunni o‘z ichga olgan topishmoq, misol va topshiriqlar rasmlarda berilib qiziqish xarakterida bo‘ladi. Viktorinada esa o‘quvchilarga yechish tavsiya qilinadigan topshiriq beriladi. Javoblar belgilangan vaqtda o‘quvchilarga yetkaziladi. Matematik konkurslar va viktorinalar. Konkrus mavzusi va uni o‘tkazish vaqti oldindan belgilanadi.
1.Murakkab hisoblashlarni eng qulay usul bilan, taqqoslash yordamida hisoblash.
2. Mantiqiy masala va mashqlarni,
3. Тopqirlik, ziyraklikka oid mashqlar,
4. Hisoblashlari murakkab bo‘lgan masalalarni
5. Sharq mutafakkirlari merosiga oid bayon qilishlar, algebraik, geometrik shakllar mazmunini yoritishga oid topshiriqlar.
Matematik viktorinalar – gazetalardan farqli ravishda faqat o‘quvchilarga yechish uchun berilgan masalalar va savollardan iborat bo‘ladi. Javoblar yozma ravishda ma’lum vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan g‘olib o‘quvchi aniqlanib e’lon qilib boriladi.
Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda “Matematik burchak” deb ataluvchi joyga osib qo‘yiladi, bu burchakda Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi sonli ma’lumotlar ham berib boriladi. “Bilasizmi?” ruknida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan:


1. Odamning bo‘yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o‘zgarishi mumkin.


2.Agar odam tanisadi barcha temir miqdori yig’ilsa, og’irligi bitta mix og’irligicha keladi.


3. Dunyodagi eng uzun temir yo‘l 9302 km ni tashkil etadi.


4.Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln tonnagacha kumush bor.


5. Odam tanasida 50 litrgacha suv bo’lishi mumkin.
Matematika burchagini tashkil qilishni o‘quvchilar va ularning ota-onalari faolligi yordamida amalga oshirilishi mumkin.

  1. Matematika ertaligi.

Raqamlar olamiga sayohat”.
Bolalar raqamlar olamiga sayohatga yo’l oladilar. Yo’lda urushib-tortishib turgan raqamlarga duch kelishibdi.
1”raqami: Hisobning ibtidosin
Ifodalar suratim
Nol qo’yilsa yonimga
O’n bor ortar qiymatim
2” raqami:.Do’stlar meni yozishda
Qalam hech uzilmaydi
To’ntarib qo’ysalar ham
Qiymatim o’zgarmaydi.

3” raqami: Uch xonali sonlarning


Eng kichigi bo’laman
Nol yozilsa so’ngimga
Rosa mingga to’laman
4” raqami: Bordir sakkizta oshnam
Barisi ham mendan kam
Gar o’ngacha sanasang
Meni aytmay qo’ymaysan
5” raqami: Aylanma jismlar hech
Usiz kun ko’rolmaydi
Qiymatidir taqribiy
Hech aniq bo’lolmaydi.
6” raqami: Men oltiman polvonman
Sonlar ichra yagona
Lek to’ntarib qo’ymangiz
Tanimayin qolmangiz.
7” raqami: Nomim yetti deyilar
Sevib tilga olinar
Maqollarda juda ko’p
Nomim tilga olinar
8” raqami: Boshqa songa qaysi son
Bo’linmay qilar sarson
Bu mendir gar bilsangiz
Hech unutib qo’ymangiz.
9” raqami: Menchi aka to’qqizman
Ukam bordir sakkizta
Gar topmoqni istasang
Sakkizga bir qo’shsang bas
0” raqami: Ha men nolman. Men puchman, bo’m-bo’shman biror songa qo’shilsam ham, ayrilsam ham hech qanday natija yo’q. Lekin raqamlarning ortida tursam… Eheee. Hozircha men jim.
Raqamlar bolalarga deyishadi: Bolajonlar nolning o’rnini topishiga yordam berasizmi?

Bolalar javob beradilar.




Raqamlar: Bizlarni matematika faniga kim kiritganini bilasizmi? U kishi buyuk bobomiz, yurtdoshimiz, beqiyos o’zbek olimi – Abu Abdulloh ibn Muso Al-Xorazmiydir.
Keyin raqamlar va bolalar xayrlashadilar.
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10`

  1. Mashhur matematik olimlarning hayoti va faoliyati. Olimlarning matematikaga qo‘shgan hissasi, matematika tarixini chuqur o‘rganish.

Xalqimiz jahon faniga o’nlab qomusiy olimlarni bergan Al-xorazmiy, Ahmad-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Al-Buxoriy, Mirzo Ulug’bek kabi ulug’ allomalarimiz fan xazinasini bebaho javohirlar bilan boyitdilar. Ularning yozgan asarlari ko’p tillarga tarjima qilingan.


Olimlardan biri Beruniy haqida: U ”qiziqqan sohalarini sanab chiqishdan ko’ra, qiziqmagan sohasini sanab chiqish osonroq” deb yozgandi. Beruniy matematika, astronomiya, tarix, geografiya kabi juda ko’p fanlarga oid nodir chuqur mazmunllli kitoblar yaratdi. Beruniy shunday deb yozgan ekanlar: “Mening hamma istaklarim, butun vujudim ilm tarqatishga qaratilgandir va men buni o’zim uchun eng ulug’ baxt deb bilaman”.





Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin