Mundarija I. Bob. Sezgi haqida umumiy tushuncha. Sezgilar tasnifi va turlari. Kirish


Р1 E - sezgirlik P-qo’zg’atuvchining ta'sir me'yori. Ko’rish va eshitish analizatorining sezuvchanligi juda yuksakdir. S.I.Vavilov



Yüklə 47,87 Kb.
səhifə3/10
tarix02.06.2023
ölçüsü47,87 Kb.
#122520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ko\'rish sezgisi, idroki va uni o\'rganish metodlari (1)

Р1
E - sezgirlik P-qo’zg’atuvchining ta'sir me'yori.
Ko’rish va eshitish analizatorining sezuvchanligi juda yuksakdir. S.I.Vavilov (1851-1951)ning tajribalarida ko’rsatilganidek, kishining ko’zlari to’r pardagi bor yo’g’i 28 kvant atrofida nur tushgan taqdirda ham yoruqlikni ko’ra oladi. Tim qorong’ulikda 27 kilometr masofada yonib turgan shamni ko’rish qobiliyatiga egamiz. Ayni paytda badanimizga biror narsa tekkanini sezishimiz uchun ko’rish va eshitish sezgilari hosil bo’lishiga sarflanganiga nisbatan, 100-10000000 barovar zid quvvat talab qilinadi.
Analizatorning mutlaq sezuvchanligi sezgining faqat quyi emas, balki yuqori chegarasi bilan kifoyalanadi. Sezgining mutlaqo yuqori sezuvchanligi deb qo’zg’atuvchining kuch bilan ta'sir qilishiga aytiladi. Bunda ta'sir ko’rsatayotgan qo’zg’atuvchiga aynan o’xshaydigan sezgi hosil bo’ladi. Bizning reseptorlarimizga ta'sir qilayotgan qo’zg’atuvchilar kuchining yana ham oshishi og’riq sezgisini hosil qiladi.
Sezgi a'zolari yordamida u yoki bu qo’zg’atuvchining faqat bor yo yo’qligini qayd etmasdan, balki qo’zg’atuvchilarning kuchiga va sifatiga qarab farqlay olishimiz mumkin. Sezgilar o’rtasidagi bilanar-bilinmas farqni hosil qiluvchi ikkita qo’zg’atuvchi o’rtasida mavjud bo’lgan minimal farq ajratish chegarasi yoki ayirma chegarasi deb ataladi.
Nemis fiziologi E.Veber (1795-1878) kishining o’ng va chap qo’llarida ko’tarib turgan ikkita narsaning qaysi biri og’irroq ekanligini aniqlay bilish qobiliyatini tekshirar ekan, farq ajratish sezgirligi mutloq emas, balki nisbiyligini qayd etgan edi. Bundan qo’shimcha qo’zg’atuvchining asosiy qo’zg’atuvchiga nisbatan doimiy o’lcham bo’lishi kerak, degan ma'no kelib chiqadi. Jumladan, qo’lda 100 gramm og’irlikdagi yuk turgan bo’lsa yukning bilinar-bilinmas og’irligini payqash uchun og’irlik 3.4 gramm atrofida oshirilishi kerak. Yukning og’irligi 1000 gramm bo’lgan taqdirda esa sezgi hosil qilishida salgina farq sezishi uchun og’irlik 33.3 gramm chamasi oshirilishi kerak. Shunday qilib, ilk qo’zg’atuvchining o’lchami qanchalik katta bo’lsa, unga qo’shimcha ham shunchalik katta bo’lishi lozim.
Farqlanishning boshlanishi mazkur analizator uchun doimiy bo’lgan nisbiy o’lchash bilan belgilanadi. Ko’rish analizatori uchun bu nisbat taxminan ni, eshitish analizatori uchun ni, taktil analizatori uchun, ni tashkil etadi. Bu holatni tajriba yo’li bilan tekshirish uning faqat o’rtacha kuchga ega bo’lgan qo’zg’atuvchilar uchun urinish ekanligini ko’rsatadi.
Nemis fizigi G.Fexner (1801-1887) Veber o’tkazgan tajribalarda olingan ma'lumotlarga asoslanib, sezgilarning jadalligi qo’zg’atuvchining kuchiga bog’liqligini quyidagicha shaklida ifodalangan edi.
S = KLg j +C
Bunda S - sezgining jadalligini, j - qo’zg’atuvchining kuchini, K va C konstantlar o’zgarmas, doimiyligi va miqdorlarni bildiradi. Asosiy psixofizik qonun nomi bilan yuritiladigan qonun quyidagicha izohlanadi. Sezgining jadalligi qo’zg’atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Boshqacha qilib aytganda, qo’zg’atuvchining kuchi geometrik progressiya yo’li bilan osha borgan taqdirda sezgilarning jadalligi arifmetik progressiya yo’li bilan oshadi. Bu qonun Veber - Fexner qonuni ham deb ataladi.
Ayirma sezuvchanlik yoxud farq ajratish sezuvchanligi ham farqlanish chegarasining o’lchamiga nisbatan teskari bog’lanishda bo’ladi; farqlanish chegarasi qanchalik katta bo’lsa, ayirma sezuvchanlik ham shunchalik kam bo’ladi.
Sezgilar chegarasining absolyut me'yori bilan belgilanadigan analizatorning sezgirligi barqaror bo’lmasdan qator fiziologik va psixologik shart-sharoitlar ta'siri ostida o’zgarib turadi. Ushbu shart-sharoitlar orasida adaptasiya (moslashish) hodisasi alohida o’rin egallaydi.

Yüklə 47,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin