Barkamol avlod



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə1/28
tarix10.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#142452
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Folklor-qo\'llanmasi-2023




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI HUZURIDAGI “BARKAMOL AVLOD” RESPUBLIKA BOLALAR MAKTABI


TO‘GARAGI
O‘QUV QO‘LLANMASI


TOSHKENT-2023

Tuzuvchi:




A.Xurramov – “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi Uslubiy bo‘lim uslubchisi



Taqrizchi:




N.Shamansurova – “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi Uslubiy bo‘lim boshlig‘i

Ushbu oʻquv qo‘llanma “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi huzuridagi Ilmiy-metodik kengashining 2023-yil 7-avgustdagi 9-sonli navbatdan tashqari yigʻilish qarori bilan foydalanishga tavsiya etildi.


FOLKLOR” TO‘GARAGI O‘QUV QO‘LLANMASI

  1. Kirish.

“Folklor” to‘garagi maqsadi, o‘quvchilarga folklor qo‘shiqlari va ularning yaratilish tarixini, folklor qo‘shiqlarining turlarini, uslublarini, namoyondalarini, hududda yashab o‘tgan madaniyat namoyondalari, folklorga xos bo‘lgan liboslar turlarini, hududlarga xos bo‘lgan milliy raqs yo‘nalishlarini: xususan Farg‘ona-Toshkent raqs maktabi, Xorazm raqs maktabi, Buxoro raqs maktabi, folklor qo‘shiqlarida foydalaniladigan milliy xalq cholg‘u asboblarini ijro yo‘llarini, ota-bobolarimizdan avloddan–avlodga o‘tib kelayotgan folklor qo‘shiqlarini o‘rgatishdir.


Folklor (ingl. Folk-xalq, lore-bilim, donolik) - xalq ijodini ifodalovchi atama. Fanga 1846-yilda ingliz arxeologi U.J. Toms olib kirgan. XIX asrning 80-90 yillardan Folklor atamasi ko‘plab mamlakatlarda qo‘llanila boshlangan. Shu yillardan boshlab bu atama keng ma’noda xalq ijodining barcha sohalarini – xalq poeziyasi, xalq nasri, musiqasi, raqsi, rassomlik, o‘ymakorlik, diniy e’tiqodi va odatlarini ifodalasa, tor ma’noda faqat so‘z san’atini – xalq og‘zaki poetik ijodi tushunchasini ifoda etadi. “Folklor” to‘garagining vazifasi turli mavsum va milliy marosimlarda folklor qo‘shiqlarini ijro etish, folklor qo‘shiqlarida unga xos bo‘lgan liboslarni tanlash, folklorga xos bo‘lgan turli mavsumiy va marosim qo‘shiqlariga xos raqslarini ijro etish, folklor qo‘shiqlarida foydalaniladigan milliy xalq cholg‘u asboblarini turli usullarda qo‘shiqlarga mos ravishda chalish malakalarini hosil qilishdan iborat.
Turkiy xalqlarda folklor materiallarini yozib olish bo‘yicha dastlabki tajribalar XI asrdan boshlab ko‘zga tashlanadi. XVIII - XIX asr boshlarida folklorga nisbatan qiziqishning kuchayishi natijasida xalq og‘zaki ijodini to‘plash va nashr etish jadal rivojlandi.
XX asrning 20-yillari 2-yarmidan boshlab yutuqlar qo‘lga kiritildi. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li Po‘lkan shoir kabi atoqli dostonchilar maydonga chiqdi. 1925-yildan o‘zbek xalqi tarixida birinchi marta yangi dostonlarning to‘liq matnlarini xalq shoirlari og‘zidan bevosita yozib olish ishlari boshlanib ketdi. Qisqa bir davrda “Alpomish”, “Yodgor”, “Shayboniyxon”, “Yusuf bilan Ahmad”, “Alibek bilan Bolibek”, “Rustam”, “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”, “Yunus pari”, “Misqol pari”, “Gulnor pari”, “Avazxon”, “Hasanxon”, “Dalli”, “Ravshan” kabi yirik asarlar yozib olindi.
Folklorning asosiy xususiyati ijodiy jarayon-yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining og‘zakiligi va jamoalik xarakteriga egaligidadir. Uning an’anaviylik, o‘zgaruvchanlik, variantlilik, ommaviylik, anonimlik kabi belgilari folklorga xos ana shu ijodiy jarayonning bosh xususiyati doirasida namoyon bo‘ladi. Folklor asari ko‘pchilik tomonidan, ajdodlar va avlodlar aloqadorligida yaratilgan poetika elementlari, an’anaviy uslub vositalari asosida yuzaga keladi, u muayyan eshituvchilar guruhiga mo‘ljallangan va xalq ommasi tomonidan e’tirof etilgandagina ijtimoiy va tarixiy ahamiyat kasb etadi. Folklor namunalari og‘zaki yaratilib, og‘zaki tarqalishi, ommaviy repertuardan keng o‘rin olishiga poetik shakllarning barqarorligi, matndan–matnga o‘tuvchi umumiy o‘rinlarning qat’iylashganligi, o‘xshash syujetlarning ko‘pligi imkoniyat yaratadi.
Har bir ijod va ijroda an’anaviy asardagi ayrim unsurlar o‘zgaradi yoki tushib qoladi. Bunday o‘zgaruvchanlik ijtimoiy-maishiy sharoit, eshituvchilar talabi, ijodkor salohiyatiga bog‘liq. Lekin har qanday o‘zgarish sayqal topgan qat’iy an’analar doirasida sodir bo‘ladi. Badihago‘ylik folklor asarlarining ko‘p variantlarda tarqalishiga olib keladi. Folklorning jamoalik xarakteri yakka ijodchilar faoliyatini inkor etmaydi. Iste’dodli ijodkorlar og‘zaki an’analar doirasida uni yanada mukammallashtiradilar, yangilarini yaratadilar. To‘garak rahbarining tashkilotchilik qobiliyati, bilimdonligi alohida ahamiyat kasb etadi. “Folklor” to‘garagi bevosita Xoreografiya oliy maktabi, san’at kollejlari bilan hamkorlikda ish olib boradi. To‘garak faoliyati davomida mazkur oliy dargohlarga tashriflar uyushtirib, folklor san’atining bugungi kundagi namoyondalari bilan uchrashuvlar uyushtiradilar.
Mashg‘ulotlar amaliy va nazariy qismlardan iborat, amaliy mashg‘ulotlar kengroq o‘tiladi. Qo‘shiq, topishmoq, afsona, rivoyat, lof, latifa, ertak, doston, askiya, og‘zaki drama va boshqa folklorning asosiy janrlaridir.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin