|
Hamma birgalikda kuylaydigan satrlardagi "o‘n ikki" iborasi doimo musiqiy ifodasiz ijro etiladi
|
səhifə | 9/28 | tarix | 10.09.2023 | ölçüsü | 1,93 Mb. | | #142452 |
| Folklor-qo\'llanmasi-2023
Hamma birgalikda kuylaydigan satrlardagi "o‘n ikki" iborasi doimo musiqiy ifodasiz ijro etiladi.
"Muchal" qo‘shig‘i matni Buvi – Sichqonday epchil bo‘l, qizim. Sigirday saxiy bo‘l, qizim. Yo‘lbarsday botir bo‘l, qizim. Quyonday hushyor bo‘l, qizim. Buvi- Sanab ko‘ramiz bir, ikki. Muchaldan - muchal: o‘n ikki. Qizcha – Sichqonday o‘g‘ri bo‘lmagin. Sigirday so‘qim bo‘lmagin. Yo‘lbarsday zolim bo‘lmagin. Quyonday qo‘rqoq bo‘lmagin. Naqorat: Hamma – Sanab ko‘ramiz bir, ikki. Muchaldan - muchal: o‘n ikki. Buvi- Baliqday halol bo‘l, qizim. Ilonday o‘tkir boʻl , qizim. Otday yugurik boʻl, qizim. Qo‘yday bezarar boʻl, qizim. Naqorat: Hamma – Sanab ko‘ramiz bir, ikki. Muchaldan - muchal: o‘n ikki. Qizcha Baliqlarday gung bo‘lmagin. llonday badfel boʻlmagin. Otlarday asov boʻlmagin. Qo‘ylarday yuvosh boʻlmagin. Hamma – Sanab ko‘ramiz bir, ikki. Muchaldan - muchal: o‘n ikki.
Buvi –
Maymunday sho‘xlik qil, qizim.
Tovuqday rizqing ter, qizim.
Itday vafodor bo‘l, qizim.
To‘ng‘izday to‘qroq bo‘l, qizim.
Naqorat:
Hamma -
Sanab ko‘ramiz bir, ikki.
Muchaldan - muchal: o‘n ikki.
Qizcha-
Maymunday ahmoq boʻlmagin .
Tovuqday tarqoq bo‘lmagin. I
tday qopong‘ich bo‘lmagin.
To‘ng‘izday yirtqich bo‘lmagin.
Naqorat :
Hamma -
Sanab ko‘ramiz bir, ikki.
Muchaldan - muchal: o‘n ikki.
Mustaqil ish 1. «Muchal» qo‘shig‘ining barqaror taraqqiyotga erishishdagi o‘rnini tahlil qiling. 2. « Muchal » qo‘shig‘ini yaxshi o‘rgangan va kuylab yurgan bolaning jamiyat rivojiga qanday ta'sir ko‘rsatishini tahlil qiling.
Dostları ilə paylaş: |
|
|