Barkamol avlod



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə5/28
tarix10.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#142452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Folklor-qo\'llanmasi-2023

Mahalliy uslublar.


M ahalliy uslubida ijro etishda hududga xoslikga amal qilinadi. Qo‘shiqlar va harakatlarda shevaga xos so‘zlarni ishlatish, qo‘shiqqa va mahalliy uslubga xos bo‘lgan raqslarni sahnalashtirish, mahalliy liboslarni tanlash, liboslar turlarini ajrata olish, mehnat kiyimlari, bayram va sayl kiyimlari, mavsumiy kiyimlar orasidagi farqlarni bilish va tahlil eta olish tavsiya etiladi.


Har bir hududning o‘z uslublari mavjud. Ularning kiyimlari yoki qo‘shiqlariga qarab qaysi uslubda kuylashgani va qayerdan ekanliklarini bilib olsa bo‘ladi.
O‘rta Osiyo xalqlarining kiyim-kechaklari ko‘p asrlik tarixga ega. Har bir elat va etnik guruhlarning o‘ziga xos xususiyatli bosh oyoq kiyimlari bo‘lsada mintaqada yashovchi entoslar umumiy xarakterdagi sarpo mavjudligi, ularning tarixiy taqdiri madaniyati uzoq davr bilan o‘zaro yaqin bo‘lganligidan dalolat beradi.
Mehnat va bayram kiyimlari. Ayollar ko‘ylagining yoqasi vertikal yirmonchi kesilgan bo‘lib, ko‘p joylarda butun bo‘yiga gulli jiyak tikilgan.
Mahalliy uslublarda “Folklor” qo‘shiqlarini kuylaganda Xorazmda “Akardion”, “Dutor”, “Shiqildoq”, “Doira” kabi milliy cholg‘u asboblaridan foydalanilsa, Buxoroda “Qayroq”, “Qo‘shiq”, “Angishvona”, “Tarelka” va turli xil shiqildoqlar, Surxondaryo va Qashqadaryo tomonlarda “Chanqovuz”, “Karnay”, “Surnay” va shu kabi milliy cholg‘u asboblaridan foydalaniladi.
Shu bilan bir qatorda har bir hududning o‘z bayram kiyimlari bo‘ladi.
Bayram kiyimlari, Sayl kiyimlari, Mavsumiy kiyimlar, Ularning farqi, kiyimlarning vazifalari, mehnat va bayram kiyimlari, ayollar ko‘ylagining yoqasi vertikal yirmonchi kesilgan bo‘lib, ko‘p joylarda butun bo‘yiga gulli jiyak tikilgan.


3. Bolalar folklor qo‘shiqlari va raqs harakatlari.


O‘zbeklar bolalar folkloriga oid asarlarni bir necha asrlar oldinoq hozirgi zamon pedagogikasi talablarini his etgandek yaratganlar. Aslida xalq bu talablarni o‘zichisobga olgan. Pedagogika fani esa ularni keyinchalik kashf qilgan. Xususan bolalar uchun yaratilgan asarlarning tili sodda, mazmuni esa esda qoladigan bo‘lishi lozim. Shuningdek bu asarlar albatta tarbiyaviy ahamiyat kasb etgani holda, bolalarda, xalqiga, vataniga, qadriyatlariga, ajdodlariga hurmat ruhini shakllantirishi kerak. Bunday namunalar farzandlarimizning ma’rifiy ozuqasi hisoblanadi. Bo‘rining yirtqichligini, tulkining ayyorligini ular dastlab o‘zlariga atalgan ertaklardan bilib oladilar. Ayni paytda, bunday asarlar bolada go‘zallikka intilish tuyg‘usini uyg‘otishga ham mo‘ljallangan bo‘ladi.


Ota-bobolarimizdan avloddan–avlodga o‘tib kelayotgan bolalar folklor qo‘shiqlari, raqslarini kelajak avlodga yetkazish bizning burchimizdir. Ijro etish ko‘nikmalari shakllantiriladi.“Oftob chiqdi olamga” qo‘shig‘i va raqsi magnitafon orqali eshittiriladi. “Oftob chiqdi olamga” qo‘shigi matniga mos ovoz mashqi va raqs harakatlari ijro etiladi. Qo‘shiqqa mos kiyimlar tanlay olish ham muhimdir.
Folklor qo‘shiqlarini aytish va raqslarini ijro etishda bolalar qayroq, rubob, maxsus yasalgan ot, toy qamchi va shu kabi asboblardan foydalanadilar.
Bolalar tomonidan yoki bolalar uchun kattalar tomonidan yaratilgan og‘zaki ijod namunalari bolalar folkloriga kiradi. Bola tarbiyasida folklorning roli juda katta.
Folklor ba’zan raqslar bilan ijro etiladi. Bolalar folklorining doirasi nixoyatda keng bo‘lib, uning namunalari xalq og‘zaki ijodining deyarli barcha janrlarida mavjud. Bular beshik qo‘shig‘i; Alla, to‘y qo‘shiqlari; Lapar, yor-yor; mavsum marosim qo‘shiqlari; “Chitti gul”. Bolalar o‘yinlari va o‘yin bilan aytiladigan qo‘shiqlarning ko‘plari yil fasllari bilan bog‘langan. “Boychechak”, “Laylak keldi-yoz bo‘ldi”, “Qurbaqa”, “Qaldirg‘och” singari qo‘shiklarni bolalar tom boshlarida, dalalarda, qishloq ko‘chalarida, devor-tomlarida aytishadi. Ko‘p qo‘shiqlar ota-onalarning mehnat jarayoni bilan bog‘langan. Ular bolalarning “Tepdim sandiq ochildi” singari qo‘shiqlariga o‘xshab to‘qilgan.
Ular mavzu jihatdan juda ko‘p turlarga bo‘linadi.
Bolalarning yoshligidan boshlab ruhiy chiniqtirishda qofiyadosh so‘zlarni ohangdor qilib aytishga o‘rgatishda folklor qo‘shiqlar va o‘yinlarining tarbiyaviy ahamiyati katta.





Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin