Barkamol avlod



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə7/28
tarix10.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#142452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Folklor-qo\'llanmasi-2023

Mazkur loyiha O‘zbekistonda YUNESKOning O‘zbekistondagi vazirligi va Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan yaqin vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi hamkorlikda amalga oshirildi. Mazkur loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad: nomoddiy madaniy merosni o‘qitish va o‘zlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan mexanizmni umumiy o‘rta ta'limga singdirish va bu orqali barqaror taraqqiyot ta'minlanishiga hissa qo‘shishdir. Qo‘llanmada berilgan xalq qo‘shiqlarining mazmunini, matnini o‘zlashtirish, ushbu qo‘shiqlarni ijro etish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish, qolaversa ularni tengdoshlar va do‘stlar bilan kuylash nomoddiy madaniy merosning saqlanishi va uning muhofaza qilinishiga xizmat qiladi. Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida nomoddiy madaniy meros elementlari ayrim fanlar tarkibida o‘rgatiladi. Jumladan, "Adabiyot" fanida hikmatli so‘z va iboralar, maqollar, matallar, afsona va rivoyatlar, hikoyalar, ertaklar va dostonlar; "Tarix" fanida qadimiy qo‘lyozmalar haqida ma'lumotlar, urf-odat va an'analarning tarixiy ko‘rinishlari, bayramlarning turli davrlarda tuyg‘usi", "Odobnoma",nishonlanish jarayonlari; "Vatan "Ma'naviyat asoslari" fanlarida umumxalq bayram va sayllarining nishonlanishi, insonlarning turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan urf odat, an'analar va marosimlar o‘rgatiladi .

5. Qayoqqa ketding, Mahliyo?” qo‘shig‘i

«Qayoqqa ketding, Mahliyo?» qo‘shig‘i mazmuni

“Qayoqqa ketding, Mahliyo?” qo‘shig‘idagi bosh qahramon Mahliyo ismli qiz . Asosiy voqea ana shu obraz atrofida , uning buvisi ishtirokida kechadi.

Qishloq hayotida chorvachilik muhim ahamiyat kasb etib, xo‘jalik uchun eng katta foyda keltiradigan chorva-sigir hisoblanadi. Sigir sog‘ishni esa qizlarga yoshligidan o‘rgatiladi. Qizlarga non yopish, sigir sog‘ish, ovqat pishirish malakalarini o‘rgatish onalar va buvilar zimmasidadir.

Muchal yoshiga yetib qolgan Mahliyo sigir sog‘ish paytida qayoqqadir ketib qolganligi uchun uning buvisi o‘ziga o‘zi gapirib, qishloq hayotiga xos holda baland ovoz bilan nevarasini chaqiradi.


Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin