Ushbu qo‘shiqqa o‘xshash bo‘lgan qanday qo‘shiqlarni ota - onangiz yoshligida kuylaganligini aniqlang va bu haqda materiallari ( matni , audiomusiqasi ) ni to‘plang
3. Ushbu qo‘shiqqa o‘xshash bo‘lgan qanday qo‘shiqlarni ota - onangiz yoshligida kuylaganligini aniqlang va bu haqda materiallari ( matni , audiomusiqasi ) ni to‘plang.
4. Bo‘sh vaqtlarda o‘rtoqlaringiz bilan ushbu qo‘shiqning audio musiqasini tinglab, uning yordamida qo‘shiqni mustaqil kuylang.
“Qani, qani, qani-yey?” qo‘shig‘i
«Qani , qani , qani - yey?» qo‘shig‘i mazmuni.
Mahliyoning buvisi neva rasiga atab olib kelgan sovg‘alarni topshirish davomida ijro etilgan qo‘shiqda yakkaxon qiz xonanda va o‘g‘il - qiz bolalar ishtirok etadilar.
Qo‘shiq sozandalarning musiqasi, yakkaxon qizning sovg‘alarni maqtov so‘zlari bilan boshlanadi. Har bir maqtalgan sovg‘aga nisbatan hamma "Qani, qani, qani-yey?" iboralari bilan berilgan so‘roqqa qo‘shiqchi qiz"Ana , ana , ana - yo", deb javob beradi. Qo‘shiq davomida Mahliyoga tuhfa qilingan g‘ijim ro‘mol, kovush, tasmayu o‘sma, tilla burmali ro‘molcha , tilla zirak kabi sovg‘alar maqtaladi.
Qo‘shiq bir usulda boshlanib, so‘ngra ufor usulda (6-8 o‘lchamda) davom ettiriladi.
Qo‘shiqda aytib o‘tilgan bolish , kigiz , palak kabi qishloq hayotiga xos uy - ro‘zg‘or buyumlari bir qarashda she'r qofiyasi uchun ishlatilganday tuyulsa - da , qiz bolaning balog‘at yoshidan boshlab ayol kishilarning oiladagi vazifalarini tushuna borishi uchun xizmat qiladi.
«Qani , qani , qani - yey?» qo‘shig‘i matni Qiz bola: Bog‘ning shamoli, lablari boli,
Qoshi hiloli yonog‘i oli,
Mahliyo qizning g‘ijim ro‘moli,
Qani, qani, qani - yey?
Bolalar: Ana, ana, ana - yo!
Qiz bola: Odamning boshi,
Saynoqning toshi,
Sandiq ustida quram bolishi,
Mahliyo qizning balhi kovushi.
Qani, qani, qani - yey?
Bolalar: Ana, ana, ana-yo!
Qiz bola: Taxmonda turgan kigizi bosma,
Xipcha beliga zar tikma tasma,
Kamon qoshiga kulori o‘sma,
Qani, qani, qani - yey?