«Kayvoni» qo‘shig‘i matni
Naqorat:
Hamma-
Komila opam kayvoni, kayvoni,
Qizchalarning polvoni, polvoni,
O‘tirganda yarashar, kayvoni,
Shohsupasi, ayvoni, ayvoni.
Yakkaxon - Dasturxonni u yon yoz,
Hamma - Kayvoni,
Yakkaxon - Ko‘rpachani bu yon yoz,
Hamma - Kayvoni,
Yakkaxon - O‘rtasiga gullar qo‘y,
Hamma - Kayvoni,
Yakkaxon- Ana, endi juda soz,
Hamma - Kayvoni,
Naqorat:
Hamma –
Komila opam kayvoni, kayvoni,
Qizchalarning polvoni, polvoni,
O‘tirganda yarashar, kayvoni,
Shohsupasi, ayvoni, ayvoni.
Yakkaxon - Patir nonni aqa qo‘y,
Hamma - Kayvoni,
Yakkaxon - Qatlamani baqa qo‘y,
Hamma - Kayvoni,
Yakkaxon - Qovurmasi yoshlarga,
Hamma - Kayvoni,
Yakkaxon - Tishi yo‘qqa laqqa qo‘y,
Hamma - Kayvoni,
Naqorat:
Hamma –
Komila opam kayvoni, kayvoni,
Qizchalarning polvoni, polvoni,
O‘tirganda yarashar, kayvoni,
Shohsupasi, ayvoni, ayvoni.
Mustaqil ish
1. «Kayvoni» qo‘shig‘ining audio musiqasini tinglang va uning hozirgi kunda siz tomondan kuylanayotgan qo‘shiq lardan farqini aniqlang.
2. “Kayvoni” qo‘shig‘ini audio musiqasi yordamida mustaqil kuylab ko‘ring.
3. Ushbu qo‘shiqning siz tomondan kuylanishi nomoddiy madaniy merosimiz muhofoza qilinishiga qanday ta'sir ko‘rsatishini tahlil qiling.
4. Ushbu qo‘shiqqa o‘xshash bo‘lgan qanday qo‘shiqlarni ota-onangiz yoshligida kuylaganligini aniqlang va bu haqda materiallari (matni, audiomusiqasi) ni to‘plang.
5. Ushbu qo‘shiqni darsdan bo‘sh vaqtingizda o‘rtoqlaringiz bilan kuylab ko‘ring.
10. Xorazm folklor qo‘shiqlari.
Xorazmda asosan xalfachilik yo‘nalishidagi ijro yo‘llari keng tarqalgan. “Aylanayin galinni qaddi bo‘yinan” qo‘shig‘i Xorazm ijro yo‘lida ijro etiladigan qo‘shiqlardan biridir. Qo‘shiq matni, qo‘shiqdagi o‘z shevasiga xos so‘zlar o‘rni va ularning ishlatilishi, audio tasma orqali o‘quvchilarga eshittirib, qo‘shiq matni yozdirish va sahnalashtirish orqali o‘quvchilarning bilim va malakalarini shakllantirish zarur. Bu Xorazm bolalar folklor qo‘shiqlarini ijro etish va unga xos bo‘lgan raqslarni ijro etish orqali amalga oshiriladi.
Xalfalarning qo‘ng‘iroqdek jarangdor va mayin ovozi piyolaning nozik va o‘ynoqi jarangi bilan qo‘shilib, o‘ziga xos musiiylik kashf etgan. Ular ma’rakalarning fayzi, qizlar majlisi va ayollar bazmining malikalari, to‘y va ma’rakalarda quvonchga – quvonch qo‘shib, o‘ynoqi kuylar, nafis raqslar, dilbar ashulalar bilan qalblarda ezgu his-tuyg‘ularni shakllantirganlar. Xalfa ijodkorlari bu vohadagi to‘y, sayl va aza marosimlarida qatnashgan, xotin-qizlar davrasini mazmunli, ibratli va quvnoq o‘tishi ular faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan.
Xorazmda ayol ashulachilar “xalfa” deb yuritilsa ham ular faqat ashula aytish bilan cheklanmaganlar. Xalfachilik san’atining ko‘p turlaridan xabardor bo‘lganlar. Xalfachilik san’atini o‘rganish ham o‘ziga xos maktabga ega bo‘lgan, ustoz-shogird an’anasi hozirgi davrgacha saqlanib kelmoqda. Ustoz xalfa ijrochilarining ijro uslubi, kuylash yo‘li, repertuari shogirdlar tomonidan puxta o‘zlashtirgandan keyin ular mustaqil ijod qilishgan va san’atkorlar orasida tan olingan.
Xorazmda ma’lum va mashhur bo‘lib kelgan xalfa ijodkorlari XX asrning boshlarigacha faqat xotin-qizlar orasida kuylab kelishgan va xalq hurmatini qozonganlar.
Galin bilka galar qadamin bosib,
Etgay birga o‘ynab gulmaklar nasib.
Ikkisi ham bir-biriga munosib,
Aylanaman galinni qaddi bo‘yinnan.
Galin bilka kiyganlari baroyi,
Guyov bola qaddi bo‘yi chiroyli.
Ikkisin ham o‘n to‘rt kunlikdir oyi,
Aylanaman galinni qaddi bo‘yinnan.
Galin bika xino yoqar qo‘lina,
Guyov yigit chaman bog‘lar bo‘ynina.
Taqib qo‘yar tillo uzuk qo‘lina,
Dostları ilə paylaş: |