Barkamol avlod



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə21/28
tarix10.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#142452
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Folklor-qo\'llanmasi-2023

20. Mavsumiy qo‘shiqlar.


Folklorning mavsumiy qo‘shiqlari markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari oilaviy va jamoaviy bayramlarni o‘tkazishda, dehqonchilik, diniy marosimlar vaqtida musiqadan keng foydalanilgan. To‘y marosimlarida cholg‘u kuylari, qo‘shiq va raqslar muhim o‘rin tutadi. Turli xil tadbirlarda bolalar qo‘shiq va raqslaridan o‘rinli foydalanish shu tadbirning maroqli kechishiga, badiiy timsollarning aniq ravshan yechimiga sharoit yaratadi.


Folklor qo‘shiqlarining xalq sayilllarida kuylanishi, ularning mehnat qo‘shiqlari, fasliy qo‘shiqlar va mavsumiy qo‘shiqlarga bo‘linishi.
Qo‘shiqlarda xalqning orzu-istaklarini bayon etilishi, rag‘batlantirilishi, baxt va quvonchni tarannum etilishi, mehnatga ishtiyoqni oshirish. Mavsumiy qo‘shiqlarini va unga xos bo‘lgan raqslarni ijro etish.
A) Bahorgi mavsumlarga aloqador marosimlar

Sust xotun, sulton xotun,


Ko‘lankasi maydon xotun,
Havo yog‘mas bo‘lsa, Sust xotun,
Tomchi tommas bo‘lama, Sust xotun,
Sel opketmas bulama, Sust xotun,


B) Yozgi mavsumlarga aloqador marosimlar

Choy, choy, choy momo,


Choy momosi o‘libdi,
Bosa-bosa beringlar,
Bosilib qolsin bu shamol.
Uga-uga beringlar,
Ug‘ilib qolsin quv shamol.


V) Kuzgi mavsumlarga aloqador marosimlar

Haydar–haydar,


Ota-onang o‘libdir,
Moli senga qolibdir,
Bolang suvda oqibdir,
Shamolingni qo‘yib ber.


G) Qishki mavsumlarga aloqador marosimlar

Qishki marosim folokloriga “gap-gashtak” marosimlari kiradi.


Alyor bo‘lsin-ay,
Xo‘jam yor bo‘lsin-ay.
Xo‘jam bergan davlatga
Dushman zor bo‘lsin-ay


«G‘ijim ro‘mol»
(Mavsum qo‘shiqlar turkumidan)
G‘ijim ro‘moling bo‘lsa yo, 18 yoshimdayo kasbi –
Ko‘rpa qatiga tursa. hunarni tanladim ,
Yurtimiz obod bo‘lsa yo, Endi vatan xizmatiga
Boshda xilpirab tursa. Chindan belimni boyladim.
ALLA”


(Mavsum-marosim va urf –odat qo‘shiqlar turkumidan)

Bolalarni uxlatish vaqtida onalar tomonidan kuylangan qo‘shiqlar alla deb ataladi. O‘tmishda Alla qo‘shiqlarida zahmatkash, mushtipar, ezilgan mazlum sharq onasi obrazi gavdalanadi. Uning betinim xatti – harakati, beminnat mehnati tufayligina murg‘ak go‘dak ulg‘ayadi, voyaga yetadi. Onaning mehridaryo, deydilar. Allalarda onalarga xos bag‘rikenglik, quyoshday mehribonlik, mayin, dil qa’ridan sizib chiqqan yoqimli kuylarday taraladi. Ularda ezgu orzu- havaslar, umidbaxsh yaxshi niyatlar, onaning bola kelajagi haqidagi orzu – o‘ylari chiroyli tasviriy bo‘yoqlarda kuylanadi. Alla naqarotlarida beshik yoki belanchakda yotgan bolaning nomi qo‘shib aytiladi. Qo‘shiqni onaning o‘zi, cholg‘usiz ijro qiladi.


Senga qo‘ydim yaxshi ot, Alla,


Yaxshi niyatdir murod Alla.
Yurtu elga suyansang, Alla,
Senga bo‘lg‘usi qanot, Alla.



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin