22. Topishmoq va tez aytish qoidalari.
To‘garak a’zolariga topishmoq, tez aytishlar va so‘z o‘yinlari.
Tez aytishlar kichik yoshdagi bolalar tili va tafakkuri taraqqiyotida muhim o‘ringa egadir. Har bir mintaqadagi tez aytish o‘ziga xoslikka ega. Ayrim hududlarda “q” tovushining, ba’zilarida “ra” qo‘shimchasining, boshqa birlarida esa, “o‘” tovushining aytilishidagi o‘ziga xosliklar tez aytishga mo‘ljallangan aytimlar tarkibini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi. Topishmoq ham xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi va boy janrlaridan biridir. Topishmoqlar odatda, xalqning urf-odatlari, ruhiyati hamda axloqiy-estetik qarashlarini o‘zida aks ettiradi. Topishmoqda narsaning bir necha xil belgilari yashirin, sirli holda beriladi va har bir topishmoqning zamirida topilishi lozim bo‘lgan bir ma’no va “kim?”, “nima” so‘roqlarida yashirin javob yotadi. Odamlar shu so‘roqlarga qarab, topishmoqda yashiringan narsani topishga harakat qiladilar. Ayniqsa, bolalar topishmoqdagi jumboqni bilishga, uni topishga juda qiziqadilar. Topishmoqlar mavzui tabiat va kundalik hayotda uchrab turadigan aniq hodisa va narsalardan iborat bo‘ladi.
Mubolag‘a yo‘li bilan yaratilgan topishmoqlar ham anchagina;
“Bir chuqurda ming o‘ra” (Angishvona)
Savol-javob shaklidagi topishmoqlar bolalar qiziqishini orttirishi bilan ajralib turadi.
U nimadir, havodagi do‘langan? Bulut bo‘lar havodagi do‘langan,
U nimadir, yer yuzini suv olgan? Yomg‘ir bo‘lar yer yuzini suv olgan.
U nimadir, orqasida og‘zi bor ? Tegirmondir orqasida og‘zi bor,
U nimadir, o‘rtasida mag‘zi bor? Bug‘doy bo‘lar o‘rtasida mag‘zi bor,
U nimadir, suv ichida joni bor? Baliq bo‘lar suv ichida joni bor.
Yuradi, lek joyidan,
Bir qadam jilgan emas.
Yegasidan beso‘roq,
Biror ish qilgan emas.
Uch xil turi bor uning
Hohi devorga osing.
Hohi qo‘lga taqingu,
Hohi cho‘ntakka soling.
Gar ishin kuzatsangiz,
Bilasiz bu bir san'at.
Vaqtni qaydan bilasiz,
Agar bo‘lmasa, (soat)
|
Yaproqlari shildirab,
Sho‘x-sho‘x qarsak chaladi,
Har fasl libos kiyib,
Atlasdek tovlanadi.
Ham mevalar beradi,
Chiroy qo‘shar borliqqa.
Ham havoni tozalar,
Negiz bo‘lar sog‘liqqa.
Topolmay bo‘lma karaxt,
Borliq farzandi –(daraxt)
|
Mo‘jaz taxta ustida,
Raqiblar jangi ketar.
Rosa dona surishib,
Aqllirog‘i yutar.
Oq-qora kataklarda
Go‘yo hayot va mamot.
Juda qadimiy o‘yin,
Nomini bilsang,
(shaxmot)
|
Chiziqchali bor to‘nim,
Yashildir mening po‘stim.
Yashildir menda kamzul,
Ichim yesa qip-qizil.
Qora, kichik urug‘im,
Yozda otar palagim.
Topa oldingmi hanuz,
Ayt-chi, nomimdir (tarvuz)
|
Yoshligimda yam-yashil,
Bo‘laman men dovuchcha.
Bolalar terishadi,
To‘ldirishib hovuchga.
Sabr qiling ozgina,
Tosh otib, qilmang zo‘rlik,
Yana biroz kutsangiz,
Pishadi shirin (o‘rik)
|
Dumaloqman, olovrang,
Ichim yesa oppoq rang.
Artsang, ko‘zing yoshlayman,
Taomga yo‘l boshlayman.
Mikroblarni yo‘qotaman,
Yo‘talga asqotaman.
Chesnokka yetma qiyos,
Deydilar achchiq (piyoz)
|
|
Dostları ilə paylaş: |