Barkamol avlod



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə23/28
tarix10.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#142452
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Folklor-qo\'llanmasi-2023

ERTA BILAN TURAMAN


Erta bilan turaman, nahori nashta-yo, nahori nashta,
O‘ng qo‘limda ignayu, tizzamda kashta-yo, tizzamda kashta.
Borib ayting o‘sha qalami qoshga-yo, qalami qoshga,
Ho, boraveradi-kelaveradi, va’dasi boshqa-yo, va’dasi boshqa.

Ey nozli yorim, ko‘zi xumorim,


Mehr bilan menga qarang, vafoli yorim-o, vafoli yorim.

O‘yinga tushgan ukamning nozi chiroyli-ga, nozi chiroyli,


O‘ng yuziga yarashgan holi chiroyli-ga, holi chiroyli.
O‘ng yuziga yarashgan holi bo‘lsachi-yo, holi bo‘lsachi,
Ho, savlatiga yarashgan yori bo‘lsachi-yo, yori bo‘lsachi.

Yey nozli yorim, ko‘zi xumorim,


Mehr bilan menga qarang, vafoli yorim-o, vafoli yorim.

Doira dum-dum

Doira dum-duma, bahori mavsum-a,


Kelsa bahor gulg‘unchalar qilar tabassum-a.

Yurak duk-duk urodi yor oldiga borgani,


So‘zi uchun boraman-o, dardga davo olgani.
Doira dum-duma, bahori mavsum-a,
Kelsa bahor gulg‘unchalar qilar tabassum-a.

Ko‘ring yuqori tog‘da kecha-kunduz yog‘ar qor,


Ayrilib ketay desam-o kichiklikdan sevgan yor.
Doira dum-duma, bahori mavsum-a,
Kelsa bahor gulg‘unchalar qilar tabassum-a.

Lapar aytish an’anasi hozir Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Porkent, Piskent, Yangiyo‘l, shuningdek, Janubiy Qozog‘istonning Turkiston va Chimkent muzofotlarida an’ana sifatida hamon davom etib kelmoqda. Taniqli folklorshunos T.Mirzaevning ta’kidlashicha “ilgari obu-osh tortilgach, hovlida gulxan yoqilib hovli bazmi o‘tkazilgan. Shundan keyin qizlar ro‘mol yoyilgan uyga, ya’ni kelinning sepi yoyilgan maxsus tayyorlangan uyga kirganlar. Qizlar uy ichida yigitlar tashqarida – eshik oldida yoki qizlar uyning to‘rida –yigitlar poygakda tik turib lapar aytishgan. Lapar aytishni e’tiborli kayvoni ayol, hamma tan olgan laparchi childirma jo‘rligida yoki childirmasiz boshqarib turgan. O‘z navbatida qizlar ham lapar aytib, yigitlar belbog‘iga biror narsa tugub qaytargan. Buni “Lapar solishish” deb aytiladi. Shu tariqa lapar aytishish davom etadi”. Laparni odatda, kuyov tomonidan biror yigit boshlab bergan. Buni “boshlang‘ich laparlar” deyishgan, lekin so‘zga chaqqon tajribali laparchi ayol jarayonni nazorat qilib turgan.


Avval boshlab aytganda, qiz boshlamas,


Qiz boshlagan laparni el xushlamas.
Aytmayin deb bir xayol qilib edim,
Yoru-jo‘ram qo‘ymadi, endi bo‘lmas.

Kelin o‘tirsin” “Kuyov o‘tirsin”


Oppoq upaday kelinim, Kuyov to‘ra o‘tirmasa,


Maydon supaday kelinim. Uylarni berdim,
Husni Samarqanddan kelgan, Qozoqda kishnagan,
Ko‘nglimdagi kelinim, Duldulni berdim.
Kelinposhsho o‘tirsinlar

Laparlar bolalar tomonidan ham ijro etiladi.


La-la-la-lay, la-la-la-lay


Olti pulga choy olay.
Choynagimning sopi yo‘q,
Kelin ayam tobi yo‘q.
Tomga sepdim sedana,
Terib yesin bedana.
Taqir-tuqur objuvoz,
Mening akam qo‘rchoqboz.
La-la-la-lay, la-la-la-lay



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin