Buxoro xonligi Xonlikning tashkil topishi



Yüklə 7,33 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü7,33 Kb.
#195811
BUXORO XONLIGI TASHKIL TOPISHI

Buxoro xonligi Xonlikning tashkil topishi

Reja: 1.Ko‘chkinchixon va Ubaydullaxon hukmronligi. 2.Toj-u taxt uchun o‘zaro kurashning kuchayishi.


SHAYBONIYLAR SULOLASI
(1500-1601)

Shayboniyxon halok bo'lgach, uning o'rniga amakisi Ko'chkinchixon taxtga o'tirdi. Ko'chkinchixondan so'ng taxtga o'g'li Abu Said (1530-1533) o'tirdi.

Undan keyin esa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o'g'li Ubaydillaxon (1533-1540) qo'liga o'tdi.


Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko'chirtirdi. Ubaydullaxon Buxoroga ota-meros mulk deb qarar edi,
Ubaydillaxon

Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sulton Ubaydullaxonning otasiga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan davlati endilikda rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan bo'ldi.


UBAYDULLAXON HUKMRONLIGI
( 1533-1540)
1533-YILI POYTAXT SAMARQANDDAN BUXOROGA KO‘CHIRILDI
ISMOIL SAFAVIY HUJUMLARINI BARTARAF ETDI
DIN PESHVOSI ABDULLA SABRONIY (MIR ARAB) YORDAMIDA SAFAVIYLARGA QARSHI KURASHDI
SIYOSIY TARQOQLIKNI BARTARAF ETDI. BUXORONING POYTAXT SIFATIDAGI NUFUZINI HAR TOMONLAMA OSHIRDI
1533-YIL SHAYBONIYLAR DAVLATI BUXORO XONLIGI DEB ATALA BOSHLANDI
Mir Arab madrasasi-1533-1536-yillar

Buxoro Abdullaxon II hukmronligi davrida


Mamlakatdagi parokandalikka chek qo'yish uchun markaziy hokimiyatni yana tiklash va kuchaytirish zarur edi. Bu zaruriyatni qonli urushlarsiz amalga oshirib bo'lmas edi. Ana shunday sharoitda kurash maydoniga Miyonqol hukmdori Shayboniy Iskandar Sultonning o'g'li Abdullaxon II (1534-1598) chiqdi.
Abdullaxon II

Iskandarxon xonadoniga Buxoro yaqinidagi Jo'ybor qishlog'ida istiqomat qiluvchi, g'oyatda katta nufuzga ega bo'lgan shayx Muhammad Islom (1493-1563)ning ixlosi baland bo'lganligi Abdullaxonga bu kurashda juda katta madad bo'ldi.


Muhammad Islom

1556-yili Muhammad Islomning ko'magida Abdullaxon amalda Buxoro taxtini egallaydi. Muhammad Islom Olloh nomidan Abdullaxonning faoliyatiga oq fotiha bergan edi.


Abdullaxon II avval amakisi, Babe va Badaxshon hukmdori Pirmuhammadni
(1557-1561), keyin otasi Iskandarxonni (1561-1583) xon deb e'lon qilgan bo'lsa-da, amalda mamlakat hukmdori Abdullaxon II ning o'zi edi.
Iskandarxon

Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. Chunonchi, 1574-yili Balxni, 1578-yili Samarqandni, 1583-yili Toshkent va Farg'onani, 1584-yili Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni zabt etdi va o'z davlati tarkibiga qo'shib oldi.

Shayboniylar sulolasi hukmronligining barham topishi


Abdullaxon II mamlakatni birlashtirish yo'lida shayboniy sultonlarning markaziy hokimiyatni kuchsizlantirishga urinishlariga qarshi tinimsiz va shafqatsiz kurash olib bordi. Bu maqsad yo'lida qarindoshlariga ham shafqat qilmadi.

Shayboniy Abdullaxon II 1598-yil fevral oyida vafot etgach, taxtga uning o'g'li Abdulmo'min o'tqazildi. Biroq o'sha yili-1598-yil iyul oyida Abdulmo'min fitnachilar tomonidan O'ratepa va Zomin oralig'ida o'ldirildi.

Buxoroning bir guruh amirlari Ibodulla Sultonning o'g'li Abdulaminni xon qilib ko'tardilar.


Boshqa guruh amirlar esa
Balx hokimi Abdullaxon II ning jiyani, Sulaymon Sultonning o'g'li Pirmuhammadni shayboniylarning oliy xoqoni deb e'lon qiladilar va Balxdan chaqirib olib, taxtga o'tqazadilar.

Xurosondan Buxoroga yetib kelgan Pirmuhammadxon Buxoro himoyasiga kirishdi.


Tavakkal Buxoroni 2 oy davomida qamal qilsa-da, uni ololmay Samarqand tomon chekindi.
Xonlikning ko'pgina amirlari o'z qo'shinlari bilan Pirmuhammadxonga qo'shildi.

Pirmuhammadxon qo'shinlari uni ta'qib etib, 1599-yil avgust oyi oxirlarida Miyonqolning Uchqora mavzeyiga yetib oldilar va shu yerda bo'lgan jangda Tavakkal qo'shinlari tor-mor keltirildi. Mova­rounnahr hududi ozod etildi, qozoq lashkarlari Dashti Qipchoqqa chekindi.

Pirmuhammad Buxoro xonligini yana ikki yilcha idora qildi. Tez orada Jaloir, Do'rmon qabila boshliqlarining ig'vosi bilan Pirmuhammadxon bilan Boqi Muhammad o'rtasidagi munosabatlar buzildi.

DAVLAT BOSHQARUVI Xon


Markaziy boshqaruv
Harbiy boshqaruv Diniy boshqaruv
Saroy amoldorlari
  • Nuyon
  • Tug’begi
  • Tavochi
  • Jevachi
  • Qutvol
  • Dorug’a
  • Qurchiboshi
  • Mingboshi
  • Qozi askar
  • Qozi mufti
  • Chuhra boshi
  • Ko’kaldosh
  • Otaliq
  • Naqib

4. Parvonachi
  • Vaziri A’zam
  • Vazir
  • Devonbegi
  • Mushrif
  • Xazinachi
  • Shig’ovul

11. Shig’ovul
  • Shayx ul-Islom
  • Qozi kalon
  • A’lam 4.Lmom Sadr
  • Mufti
  • Rais (Muxtasib)

7. Mudarris

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 7,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin