Farg‘ona davlat universiteti



Yüklə 28,01 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü28,01 Kb.
#210096
növüReferat
  1   2
referat


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI

|TARIX FAKULTETI

Arxivshunoslik yo‘nalishi 21-134-guruh talabasi Xabibullayeva Nodiraxon ning O‘zbekiston tarixi fanidan


Buxoro amirligining tashkil topishi mavzusidagi tayyorlagan referati

Farg‘ona 2023


Buxoro amirligining tashkil topishi
Reja:
Kirish.
1. Buxoroda amirlik boshqaruvi.
2. Amirlik davlat tuzumi va ma`muriy boshqaruvi.
3.Xulosa.
Buxoroda 1711-1747 yillarda Abdulfayzxon nomigagina xon edi. Mamlakatni boshqarish Muhammad Xakimbiy otaliq qo`lida bo`ldi. 1747 yilda Abdulfayzxon bir guruh fitnachilar tomonidan o`ldirildi. Muhammad Xakimbiy ham tez orada vafot etdi. Davlat ishlari Muhammad Xakimbiyning o`g’li Muhammad Rahimbiy qo`liga o`tdi. Muhammad Rahg’imbiy 1573 yilda Buxoro taxtini egalladi. U o`ziga qarshi isyon ko`targan Shahrisabz, Urgut, Jizzax, O`rtepa, Xo`jand, Toshkent va boshqa bekliklarda mavqeini mustahkamlab olgach, o`zini amir deb e`lon qildi. Shu tariqa, Buxoroda mang’itlar sulolasi xukmronligi (1753- 1920) qaror topdi. Shundan e`tiboran poytaxti Buxoro bo`lgan davlat Buxoro amirligi deb atala boshlandi. Muhammad Rahimbiy hukmronligi davrida olib borilgan urush xarakatlari xonlik iqtisodiyotini izdan chiqardi, dehqonchilik nochora ahvolga tushib qoldi. Amirlikka qarashli turli viloyat va turli xukmdorlarning mustaqillik uchun kurashi avj oldi1 .
Shohmurod davrida Buxoro amirligi nisbatan mustahkamlangan bo'lsada, o'zaro urushlar to'xtamadi. G'
arbiy chegaralarda esa Xiva xoni qo'shinlari hujumga o'tar, ekinzor va bog'lar payhon qilinar, qishloqlar vayron bo'lar, odamlar va chorva mollari haydab ketilar edi. Buxoro xonligidagi ichki kurashlar, markaziy hokimiyatning zaiflashuvi sababli u XVIII asr boshlarida ikkiga bo'linib ketdi. Ashtarxoniylar hukmronligining zaiflashuvi oqibatida Farg'ona vodiysiga uning shimolida tashkil topgan Jung'orlar davlati tez-tez bostirib kiradigan, talon-taroj qiladigan bo'lib qoldi. Bunday vaziyat Farg'onadagi ichki kuchlarning birlashuviga, mustaqil davlat tuzishga intilishini kuchaytirdi.
Buxoroda amirlik boshqaruvi Muhammad Rahim hukmronligini beklik-viloyatlardagi boshqa qavmlardan bo'lgan hokimlar tan olmadilar. Amir mang'itlarga tayanib hokimiyatni markazlashtirishga intildi. Barcha qabilalarning hukmdorlarini Buxoroga yig'ib, ulardan markaziy hokimiyatga bo'ysunishni talab qildi, aks holda qattiq jazolanishi haqida ogohlantirdi. Viloyatlardagi ko'pgina hokimlar, bebosh amaldorlar hokimiyatdan chetlashtirilib, yer-mulki tortib olinib, boshqa joylarga ko'chirildi. Ular o'rniga amir qabiladoshlaridan tayinlandi. Muhammad Rahim Buxoro minorasi yonidagi o'z qarorgohini mahsus qurilgan Arkka ko'chirdi, o'zboshimcha beklarni Arkka chaqirib qattiq jazoladi. Tarqoqlikni bartaraf etish maqsadida ko'pgina bekliklarga-Samarqand, Jizzax, O'ratepa, Hisor, Boysun, Shahrisabzga qarshi qonli urushlar qildi, ko'pgina viloyatlar vayron bo'ldi. Muhammad Rahim Nurotada istiqomat qiluvchi burgut qabilasi mang'itini bostirib, ularning harbiy istehkomlarini buzib tashlab, o'zlarini Buxoro tumaniga ko'chirdi. Miyonqal'a qipchoqlariga hujum qilib, istehkomlarini buzib tashlaydi, yo'lboshchilarini qatl etib, qolganlarini ko'chirib yuboradi.
Muhammad Rahim vafotidan keyin o'zaro urushlar yanada kuchaydi. Viloyat hukmdorlari mang'itlarning markaziy hokimiyatiga qarshi qo'zg'olonlar ko'tardi. Kenagas, yuz, bahrin, burgut, saroy qabilalarining mang'itlari, hokimiyatga o'tirgan Doniyolbiyning ularni bostirish uchun qilgan urushlari minglab odamlarning yostig'ini quritdi. Doniyolbiy qo'shinlar harajati uchun qo'shimcha soliqlar joriy etib aholi noroziligini oshirdi. Buxoro hunarmandlari va tijorat ahli 1784 yilda g'alayon ko'tardi. Qo'zg'olonni bostirish jarayonida minglab odamlar qurbon bo'ldi.
Amir Ma'sum («begunoh amir») deb nom olgan Shohmurod (1785-1800 yillar) tarqoqlikka qarshi kurashni davom ettirdi. Amir Shohmurod boshqaruv tartibini o'zgartirish, amaldorlar tarkibini yangilash choralarini ko'rdi. Amir ikki yirik davlat arbobi-Davlat qushbegi bilan Nizomiddin qozikalonni saroy, qo'shin va boshqa sohadagi amaldorlar huzurida o'z qo'li bilan o'ldirdi. Soliqlarni tartibga soldi. Buxoro aholisiga tarxon yorlig'ini topshirdi. Unga binoan aholi savdo daromadidan boj to'lashdan, hunarmandlar pul yig'imidan, majburiy mehnat va soliqlardan ozod etildi. Shuningdek, xiroj, nikoh puli, tarozi haqi va boshqa yig'imlar miqdori kamaytirildi.
Ashtarxoniylar davri Buxoro xonligi uchun mamlakat siyosiy tarqoqligi va parokandaligi har qachongidan kuchaygan bir davr bo`ldi. Bu takrorlik va parokandalikning asosiy sababi esa xonlar, amirlar, sultonlar va boshqa hukmdor tabaqa vakillari o`rtasida birlik va ahillikning yo`qligi, mol-dunyo va davlat talashib o`zaro olib borilgan qirg’inbarot urushlar edi. Bu urushlar mamlakat va xalqni harob va vayron qilib, iqtisodiy hayotni nochor ahvolga soldi va izdan chiqardi. Bu hol mamlakat xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotiga salbiy ta`sir qildi, ularning jahon hamjamiyati rivojidan orqaga qolishiga sabab bo`ldi. Ijtimoiy siyosiy tarqoqlik shu darajada tus oldiki, natijada mahalliy hukmdorlar markaziy hokimiyatni nazar-pisand qilmay qo`ydilar. Xonlar mahalliy hukmdorlarni o`ziga dushman bo`lib qolishi mumkinligidan xavfsirab ularni yangi erlar, daromadli lavozimlar ulashardilar. Maslan: mang’itlar sulolasi vakillariga eng yuqori lavozim-otaliq, durmonlarga parvonali, qatag’onlarga buxoroning oliy yasavuli lavozimlarini berilgan edi. Oqibat shunday bo`ldiki, taqdirini o`shalar hal etadigan bo`lib qoldi. Ashtarxoniylar davrida vujudga kelgan katta davlat boshqaruv tarmoqlari harajatlarini qoplash xalqning gardaniga tushgan edi. Shuning uchun ham bu davrda qirqqa yaqin har xil soliqlar joriy etilgan edi. Ashtarxoniylar davrida ham ruxoniylar deyarli cheklanmagan huquqqa ega bo`lib oldilar. Ular maktab, adabiyot va ilmning o`z ta`sirlariga olganlar. Yana ular diniy mutaasiblikning pasayishiga, ozgina bo`lsada biron-bir fikrning mamlakat hududiga kirib kelishiga yo`l qo`ymaganlar. Yana shuni ham aytish kerakki, bu davrda oliq-soliqlarning ko`pligi, mahalliy hukmdorlar, ayniqsa soliq undiruvchilarning zulmi tobora ortib borayotgani tufayli xalq ahvoli og’irlashib ketgan edi. Ashtarxoniylarning eng zaif tomoni shu ediki, ular davrida mamlakat doimo yangi muntazam armiyaga ega emas edi. Xonlar urush paytida zarur bo`lib qolganda qo`shin sifatida o`zlariga qaram bo`lganamirlarning lashkarlaridan foydalanar edilar. Ashtarxoniylar davrida mamlakat hayoti butunlay izdan chiqqan edi. Mamlakat tom ma`noda inqirozga yuz tutdi. Buxoroda ashtarxoniylar sulolasi hukmdorligi davrida o`zbek qabilalaridan mang’itlar va qo`ng’irotlarning nufuzi baland edi. Bu ikki qabila haqiqiy hokimiyat ashtarxoniylar qo`lida bo`lganida ularga sadoqat bilan xizmat qilgan edi. Biroq keyinchalik, Buxoroda mang’itlar alohida nufuzga ega bo`lish uchun astoydil kurashdilar. Muhammad Hakimboy davrida 1743 yilda vafot etgan edi. Uning o`g’li Muhammad rahimbiy o`zining muntazam qo`shiniga egaligidan foydalanib hokimiyatda otasi kabi alohida mavqei uchun da`vogarlik qila boshlaydi. So`nggi ashtarxoniy abdulfayzxon unga bosh vazirlik lavozimini berishga majbur bo`ldi va oxir oqibatda markaziy hokimiyat uning qo`liga to`plandi. Nodirshoh o`lganidan so`ng eronda boshlangan ichki kurashlar M. Rahimbiyning Buxoro taxtini egallashiga yo`l ochib berdi. Uning buyrug’i bilan Abulfayzxon ham 1747 yil o`ldirildi. M. Rahimbiy taxtga Abulfayzni o`g’li Abdulmo`minni o`tkazadi va uni o`ziga kuyov qilib oladi. Shu tariqa amalda hokimiyat Mang’itlar qo`liga o`tadi. Ko`p o`tmay M. Rahimbiy kuyovi Abdulmo`minni ham qatl ettiradi. Tez orada M. Rahimbiy Buxoro aslzodalari va ruhoniylarning qo`llab -quvvatlashi bilan 1753 yil o`zini xon deb e`lon qiladi. Biroq, mang’itlar xonn nasliga mansub bo`lmaganligi uchun undan keyingi mang’it hukmdorlari o`zlarini xon deb emas, amir deb ataganlar. Ular Buxoro mintaqasining hukmdori-amirulmo`minin hisoblanganlar. SHundan bogshlab Buxoro xonligi endilikda Buxoro amirligi deb ataladigan bo`ldi. Mang’itlar 92 o`zbek qabilasining biri bo`lib ular Buxoroda 1756 yili hokimiyat tepasiga rasman mang’itlar sulolasi hukmronligini o`rnatdilar va davlatni 1920 yilgacha boshqardilar.
Amirlik davlat tuzumi va ma`muriy boshqaruvi. Mang’it hukmdori Muhammad Rhimxon (1756-1758) mamlakatda o`zining mutloq hukmdorligini o`rnatish hamda ichki boshboshdoqlikni tugatish siyosatini tutdi. Bunday siyosatdan ko`zlangan maqsad-markazlashgan davlatni tiklash edi. M Rahimxon bu siyosatni ro`yobga chiqarishga qattiq kirishdi. U barcha mahalliy hukmdorlarni o`z huzuriga chorlab ularga o`zining asl maqsadini, o`z boshqaruv dasturini ma`lum qildi. Qaysi mahalliy hukmdor markaziyhokimiyatga bo`ysunmasa, undaylarni ayovsiz jazoga tortishni ogohlantirdi. M. Rahimxon mustaqillik da`vo etib yurgan Miyonkol, Nurota, Kobodiyon, Boysun. Shahrisabz hamda Urgut bekliklarini to`rt yil davomida o`ziga bo`ysundirdi. Ayni paytda u bo`yskundirishni istamagan qabilalarni turgan joyidan ko`chirib yuborish siyosatini tutdi. Masalan, burkut, qipchoq, etti urug’, baxirin, yuz, kenagas, saroy va boshqa qabilalarga nisbatan shunday siyosat yuritdi2.
Muhammad Rahimxon vafotidan (1758 y.) so`ng uning amakisi Doniyolbiy Otaliq hokimiyatni o`z qo`liga oldi (1758-1785). U o`zini xon atadi va abulfayzxonning nabirasi Abulg’ozini taxtga o`tqazdi. O`zini esa amir deb e`lon qildi. Barcha mang’it beklariga katta er-mulkni tanmo qilib berdi. Xalqdan olinadigan soliqlarni ko`paytirdi. Uning davrida Balx, Hisor, Qulob, O`ratepa bekliklarining mustaqillikka intilishlari kuchaydi. Katta er egalari qushbegi va qozikalonlarning o`zboshimchaligini esa sindirolmadi. O`g’illaridan biri Shoxmurod darvishona hayot kechirar, shayx maslahati bilan bozorda hammollik qilardi. Kuyin esa pichoqqa qin yasab sotib, shu orqali ro`zg’or tebratardi. Xalq orasida obro`si katta bo`lgani uchun Doniyolbiy uni o`ziga valiahd etib tayinlashga majbur bo`ldi.
Amir Shomurod Doniyol otaliqning to`ng’ich o`g’li bo`lib, 1749 yilda tug’ilgan. Yoshligidan xudojo`y, porso bo`lib o`sgan. Madrasani bitirib, darvishlik suluki solixlaridan biriga aylandi. Shuning uchun xalq uni hurmat bilan «amirni ma`sum» (begunoh amir) unvonini b’ergan. O`n nafar ukalaridan (Muhammad, Umar, Fazl, Sultonmurod, Rustam, Ganji, Ali, Yaqub, To`xtamish, Darvish, Rajabali) birortasi ham Shomurodni yoqtirmas edi. Amirlik taxtiga chiqqan ukalarining har biriga bittadan viloyat hokimligini topshiradi. Zolim qushbegi va qozikalon Nizomiddinni qatl ettiradi. Hokimiyat boshqarish isloh qilib, siyosiy tarqoqlikka barham beradi. U o`z faoliyatida ommaga tayanib ish tutdi. Adolat tamoyillariga qat`iy amal qildi. Masalan, bir yilda bir olacha chopon, bir bo`z ko`ylak kiygan, boshiga olti gazli bo`z salla, oyog’iga echki terisidan tikilgan shaxtiyon mahsi hamda kovush kiygan. Marv yaqinida Islomobod shahrini qurdirgan. U etti yil davomida xaroba holida yotgan Samarqand shahrini yangi proektini o`zi chizgan va shaharni qayta tiklagan. SHahar markazida olti qirrali chorsu qurilib, «Turki muqaddas» deb atalgan3 . Samarqandni har bir madrasasiga imom, muazzin, mudarrislarni o`zi tayinlagan. Talabalar va mudarrislarning maoshi uchun vaqf erlari va mulklar ajratgan. Amir SHohmurod bundan tashqari Guzor tumanida madrasa va masjid qurdirgan. Buxoroning Ja`farxoja mahallasiga madrasa qurdirgan. Uning amaldorlaridan O`tkir qushbegi Muhammad aldi to`pchiboshilar ham bittadan madrasa qurdirganlar. Amir Shohmurod ba`zi silohotlar o`tkazdi, davlatni mustahkamlashga erishdi: boj va xirojdan boshqa barcha soliqlarni kamaytirdi. Rais mansabini va qo`shin tarkibida qoziaskar lavozimini jorimy qildi. Otasi davrida qisqartirilgan vaqf erlari miqdorini oshirdi, bu bilan islom ruhoniylari e`tiborini qozondi. Mamlakat iqtisodini yo`lga qo`yishda Shohmurod o`tkazgan pul islohoti muhim ahamiyat kasb etdi. U sof kumushdan tanga zarb etishni buyurdi. Kimning kumushi (nukrasi) bo`lsa zarbxonaga topshirib, evaziga yangi tangalar-pul olishi mumkin edi. Ilgari zarb qilingan tangalar bekor qilindi. Barcha viloyatlarga hokimlar tayin qilindi. Har shahar va qishloqqa qozi tayinlandi. Bu bilan hokimlar o`zboshimchaligiga barham berildi. Shohmurod qozilarga dastur bo`la oladigan fikr haqida «Ayn ulhikmat» nomli risola yozdi. Unda ilgari surilgan qoidalarni barcha viloyatlarga joriy qildi. Shariat qonunlarini amalga tadbiq etish maqsadida raislik (muxtasib) mansabini joriy qildi. Markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi karvon yo`llarining xatarsizligini ta`minladi. Pul islohoti esa tijorat ravnaqiga sabab bo`ldi. Natijada davlat xazinasiga tushum ko`paydi.
Buxoro davlati dastlab xon, keyinchalik, ya`ni butun davlat hokimiyati qo`lida bo`lgan yakka mustabid hukmdor-amir turar edi. SHayboniylar va Ashtarxoniylar davrida belgilangan an`anaga ko`ra, sulolaning katta yoshdagi vakili xonlik taxtini egallasada, amalda bu qoidaga rasmangina rioya etilardi. Amalda qudratli harbiy kuchga tayangan hukmdorgina haqiqiy hokimiyat egasi bo`la olardi. Hukmdor etib saylangan taxt da`vogari oq kigizga o`tqazib taxtgacha ko`tarib olib borilardi. Kigizni to`rt uchini avlodlarning eng mo``tabar zotlari, mashhur amirlar, ruhoniy vakillar tutardilar. Balog’atga etmagan shahzodalarni tarbiyalash uchun otaliqlar tayinlanardi. Shahzodalarga viloyatlar ajratadilar va shahzoda u erda o`z otalig’i bilan yashardi. Katta hayotiy tajribaga ega bo`lgan, hamda o`z xizmati bilan obro` va hurmat qozongan amirlar otaliq mansabiga tayinlangan edilar. endilikda otaliq unvoni o`zining harbiy va iqtisodiy nufuzi bilan davlatning tayanchi bo`lib qolgan, hatto hukmdor ham davlat ishlarini boshqarishda u bilan hisoblashishi majbur bo`lgan qudratli amirlar oladigan. Bunga mang’it sulolasi va hukmdor M. Rahimbiy va uning akasi Doniyolbiy tarixi yorqin misol bo`la oladi. Hukmdor rasman cheklanmagan huquqqa ega bo`lib, butun hokimiyat uning qo`lida to`plangan. U davlatni o`zi ishongan eng oliy toifadagi amaldorlarga (arkoni davlat)ga tayanib idora qilgan. Biroq hukmdor amalda hamisha ham davlatni o`z hohishiga ko`ra boshqara olmagan.
Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish joizki, Buxoro amirligi ma`muriy jihatdan viloyatlarga va tumanlarga bo`lingan. Amir tayinlaydigan va hokim boshqaradigan hudud viloyat deb atalgan. Biror bir hududning viloyat deb belgilanishi uchun o`sha joyda yuqori martabali amaldor bo`lishi kerak edi. Amirlikni poytaxti Buxoro shahri va viloyatni qushbegi boshqargan, amirlikning alohida davlat muassasalari ma`muriy, moliya, qozilik, mirshablik va harbiy idoralardan iborat bo`lgan. Ularning har biriga tayangan amaldor rahbarlik qilgan. Saroyda 300 ga yaqin amaldor xizmat qg’ilgan. Mahalliy boshqaruv muassasalarida xizmat qiluvchilar soni 300 atrofida bo`lgan. Bundan tashqari, 40 beklik tepasida devonbegi, ko`kaldosh, qushbegi, mushfiq, mirshab, dodxox, inoq, mirokor, dasturxonchi, kitobdor, tuksoba, parvonachi, sadr, shayxulislom, qozikalon, muftiy, muxtasib kabi yuqori martabali lavozimlar joriy etilgan. eng katta lavozim-qushbegi (vaziri buzrug) ya`ni bosh vazir lavozimi edi. Barcha ijroiy hokimiyat qushbegini qo`lida bo`lgan. U oliy hukmdor arkida yashagan. Devonbegi-davlatning moliya xazina ishlarini boshqargan. U ark tagida yashagan. Ko`kaldosh-butun amirlik hududida do`stona yoki dushmanlik munosabatida bo`luvchilar haqida ma`lumot to`plagan. Mushrif-lavozimida ishlaganamaldorlar xonga inom etilgan buyumlarni hamda harbiy anjomlarni ro`yxatga olgan. Soliq tushumlarini yozib borgan. Ashtarxoniylar davrida vujudga kelgan katta davlat boshqaruv tarmoqlari harajatlarini qoplash xalqning gardaniga tushgan edi. Shuning uchun ham bu davrda qirqqa yaqin har xil soliqlar joriy etilgan edi. Ashtarxoniylar davrida ham ruxoniylar deyarli cheklanmagan huquqqa ega bo`lib oldilar. Ular maktab, adabiyot va ilmning o`z ta`sirlariga olganlar. Yana ular diniy mutaasiblikning pasayishiga, ozgina bo`lsada biron-bir fikrning mamlakat hududiga kirib kelishiga yo`l qo`ymaganlar. Yana shuni ham aytish kerakki, bu davrda oliq-soliqlarning ko`pligi, mahalliy hukmdorlar, ayniqsa soliq undiruvchilarning zulmi tobora ortib borayotgani tufayli xalq ahvoli og’irlashib ketgan edi.



Yüklə 28,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin