8. Xorazmshoh Otsiz davri siyosiy tarixi



Yüklə 71,32 Kb.
səhifə1/26
tarix25.02.2023
ölçüsü71,32 Kb.
#85518
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
8.Xorazmshohlar javoblar.1


8.Xorazmshoh Otsiz davri siyosiy tarixi
Qutbiddin Muhammad Xorazmni umrining oxirigacha, yani 30 yil davomida boshqargan. U vafotigacha (1127) sulton Sanjarga sodiq fuqoroligini izhor qilib, sulton xazinasiga xiroj, olponlarni oz vaqtida tolab turdi (bu xirojlarni Qutbiddin Muhammad ozi yoki ogli Alouddin Muhammad Otsiz orqali yetkazib berar edi). Bu bilan Xorazmshoh sulton Sanjarning oliy hukmdorligini etirof qilardi. Shu sadoqati uchun ham sulton Sanjar Xorazmshoh Qutbiddin Muhammadning vafotidan song Xorazmshohlar taxtini uning ogli Al-Malik Abu Muzaffar Alouddin Jalolliddin Otsizga topshiradi.Alouddin Otsiz otasining taxtiga otirganida 29 yoshda edi. U ham, otasiga oxshab, sulton Sanjarning poytaxti Marvda yaxshi talim olgan edi. Otsiz musulmonlar podshohiga xos islom diniga va ilohiyot olimlariga homiylik qilishdan tashqari, turli fanlar va sanat ahlini qadrlar, ozi ham forscha qasida va ruboiylar yozar, juda kop buyuk shoirlarning baytlarini yoddan bilar edi. U Xorazm aholisiga gamxor, adolatli podshohlik qildi. Bir manbada aytilishicha, fuqarolar Xorazmshoh Otsizni yaxshi korar, uning zamonida fuqarolar xavf-xatardan mutlaqo xoli, tinchlik va osoyishtalikda, adolatda yashadi.Alouddin Otsiz jasur sarkarda edi, janglarda tolei kulib boqar, sulton Sanjar xizmatida juda kop galabalarga erishgan edi. Bu bilan oz homiysi (syuzereni) dargohida yuksak izzat-hurmat qozongan edi. Bir marta u buyuk sulton Sanjarni olimdan qutqarib qoldi va bu bilan yanada obroyi oshadi.Bu voqea 1130-yilda yuz bergan edi (hijriy 524). Shu yili sulton Sanjar oziga qarshi isyon kotargan Samarqand xoni Arslonxon Muhammad ibn Sulaymonga qarshi yurish qiladi. Sulton Sanjar Buxoroga yaqinlashganida vazirlari fitna chiqarib, uni shikor (ov) paytida oldirishga qaror qiladilar. Alouddin Otsiz ovga bormagan edi. Ammo yarim kechada uygonib ketib, sulton Sanjarning ogir ahvolga tushganini kongli sezib, otlanib, zudlik bilan yordamga yetib bordi. Xuddi shu payt fitnachi amirlar sultonni qurshab olishgan, u chorasiz ahvolda qolgan edi. Shu zahoti Otsiz fitnachilarga tashlanib, ulardan sulton Sanjarni qutqarib qoldi. Sulton Sanjar ehtimol, keyinroq Xorazmshohdan Fitnachilarning ishidan qanday habar topding? deb soraganida u Tushimda sulton ov paytida falokatga uchraganini kordim va tura solib, bu yoqqa yetib keldim deb javob bergan edi.Sulton Sanjarning barcha harbiy yurishlarida Otsiz uning yonida bolgan. Sulton boshqa bir jiyani - Masud ibn Muhammad Topar (1133-1152) bilan jang qilganida Otsiz qoshinining javongori, yani chap qanotiga qomondonlik qilgan edi. Sulton Sanjar va Masud ortasidagi bu jang hijriy 526-yilning 8-rajabida (1132-yil 26-mayda) Hamadon yaqinidagi Doy-Marj degan mavzeda yuz bergan va Sulton Sanjar galabasi bilan tugallangan edi. Xuddi shu vaqtlarda, xalifa Mustarshid zamonida Bagdod xalifaligi hokimiyati bilan Xorazmshohlar ortasida doimiy aloqalar kuchaydi. Xalifa Saljuqiylarning kuchayib ketishidan xavfsirar, Xorazmshoh Otsiz bu kurashda unga ittifoqchi qilib olish maqsadida Mustarshid hijriy 528 (milodiy-1133)-yili Xorazmshohga elchilar bilan faxriy kiyim -kechaklar yubordi (Ibn al-Javziy).Qimmatbaho kiyim-kechaklar sovga qilish bilan xalifa Xorazmshoh Otsizning saljuq sultoni Sanjarga qarshi kurashini qollab-quvvatlashini bildiradi. Buyuk sulton Sanjarning saroyida ham Xorazmshohning obroyi shu qadar baland bolib ketdiki, buni korolmagan maliklar va amirlar Otsiz atrofida turli igvolar toqib, sulton bilan uning orasini buzishga urinadilar. Sulton Sanjarning muomalasi ozgarib qolganini Otsiz ham sezib turardi.Xorazmshoh Otsiz sulton Sanjar farmoni bilan Balx qalasining qutvoli (komendanti) etib tayinlangan edi. Sulton qoshini bilan Balxga yetib kelganida u lashkarni oziq-ovqat, otlarini yem-hashak bilan taminlashi lozim edi. Sulton Sanjarning bu safari vaqtida Xorazmshoh oz yurtiga (Xorazmga) qaytishga ruxsat soraydi. Sulton uning tilagini inobatga oldi. Xorazmshoh Otsiz Balx qalasidan chiqib ketishi bilan sulton Sanjar vaziru-vuzarolariga qarab, Bu odamni endi boshqa kormayman dedi. Shunda ayonlari sultondan Unday bolsa, nima uchun uning Xorazmga qaytishiga ruxsat berdingiz? deb soraydilar. Sulton Sanjar aytdiki: Bu odamning bizga qilgan xizmatlari uchun biz uning oldida burchlimiz, unga ziyon-zahmat yetkazish bizni himmat va muruvvatimizga togri kelmaydi. (Juvayniy, 1-jild, Mirxond, 4-jild).Xorazmshoh Otsiz saljuq sultoni Sanjarga on yil mobaynida (1128-1138) ixlos va sadoqat bilan xizmat qildi, u bilan urush qilishni yoki farmoniga qarshi chiqishni xayoliga ham keltirmagan edi. (Ammo, baxil, ichi qora odamlar sulton bilan orasini buzgach) Xorazmshoh oz mamlakati ichkarisini va chegaralarini mustahkamlab, kuch toplashga kirishdi. Yetarli kuch toplab olgach, sultonga qaramlikdan qutulish, mustaqillikni qolga kiritish vaqti keldi, deb hisobladi. U oz saroyida amiru - umarolarini yigib, Bundan buyon sulton Sanjarga boysunmasligini malum qildi. Ayonlari uning bu maqsadini maqullashgach, Xorazmshoh ishga kirishadi.Sulton Sanjarning barcha vassallari (tobelari) kabi, Xorazmshoh Otsiz ham Xorazm hokimi bolaturib, oz chegarasi tashqarisidagi kofir kochmanchilarga qarshi umumiy hujumlar uyushtirib, ularni boysundirishi kerak edi. Ammo, Xorazmshoh bu ishlarni boshlashdan avval sulton Sanjardan ruxsat olishi zarur edi. Oz holicha, mustaqil harakat qilishi mumkin emasdi. Ammo, endi Xorazmshoh sulton farmonini buzib, saljuqiylarga tobelikda bolgan Sirdaryoning. quyi oqimidagi turklarning yerlarini Jandgacha (Kaspiy dengizi boylarigacha) bosib oldi, Mangqishloq viloyatini ham oz davlatiga qoshib oldi. Xorazmshohning bu mustaqil harakati aslida birinchi marta sulton Sanjarning itoatidan chiqishi edi.Sulton Sanjar Xorazmshoh Otsizning bu ozboshimchaligi (isyoni) dan xabar topgach, uning tazirini berib qoyishga qaror qildi. Hijriy 533-yilning muharram oyida (1138-yil, oktyabr) sulton Sanjar Xorazm tomon qoshin tortib keladi. U bu ishni shunday qoldirsam boshqa tobelarim qoraxoniylar va gaznavyylar ham isyon kotarib, mustaqillik davo qilishlari mumkin deb oyladi.Shu maqsadda sulton Sanjar katta qoshin bilan Xazorasp qalasini qamal qiladi. Bu jangda Xorazmshoh Otsiz yengildi. U sultonni yengishga kuchi yetmasligini anglab, qamalga dosh berolmay, qochishni afzal kordi. (Bu jang tafsilotlari, adib Sobir; Termiziy bilan Rashididdin Vatvot ortasida jang vaqtidagi sheriy musobaqa Davlatshoh Samarqandiyning Tazkirat ush-shuaro asarida berilgan. Boriboy Ahmedov tarjimasi - M.M.). Mana shu jangda Xorazmshoh lashkarlaridan olganlar 10 mingga yetadi. Olganlar orasida Xorazmshohning ogli Otliq ham bor edi. Xorazmshoh oglining olimiga qattiq qaygurgan va iztirob chekkan (Juvayniy, Xondamir).1139-yilning ozida Xorazmshoh qoshni mamlakatlarga hujum boshladi. U dastavval Jurjon tomonga qoshin tortdi, shu yili Kabud-Jomani bosib oldi, uning ispahbandi Alouddavla Ali ibn Shahriyorni asir oldi. Ispohbadnnng ogli shoh Gozi Rustam shaxsan ozi Xorazmshoh huzuriga kelib, otasining gunohidan otishni soragach, ispohbad ozod qilindi. Osha vaqtdan boshlab, Qabud-Joma ispohbadlari Xorazmshohlarning vassallari (tobelari)ga aylandi. Xorazmshoh bir necha oydan song yana sulton Sanjarga qarashli viloyatlarga bostirib kira boshladi. U hijriy 534 (1139)-yilda Buxoroga hujum qildi, shaharni egallab, sulton Sanjarning voliysi (noibi) amir Zangi ibn Alini qatl etib, qala va shahar devorlarini buzdiradi. Ikki yil davomida Buxoro qalasi vayron bolib yotdi.Hijriy 547-yilning muharram (1152-yil, aprel) oyida Xorazmshoh Otsiz olam maskanlarining onasi va islom olami hududlarining eng muazzami (ummahoti buqai dunyo va muazzamoti suguri islom) bolmish-Jand viloyatini fath etish uchun yurish qildi (bu viloyatni undan qoraxitoylar tortib olgan edilar) Jand viloyatida qoraxitoylarning noibi Kamoliddin Mahmud ibn Arslonxon hukm surib turgan va Otsiz u bilan malum vaqtgacha dostona munosabatda bolib turgan edi.

Yüklə 71,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin