Mavzu:
ONG TARAQQIYOTI VA ONGSIZLIK, VALEOLOGIK ONG
Reja:
1.Psixika haqida tushuncha.
3.Ong va uning taraqqiyoti.
4.Ong haqida tushuncha
5. Ongsizlik muammosi.
6.
Valeologik ong.
Asosiy tushunchalar
:
Psixika
haqida tushuncha, ong
,
ongsizlik
,
valeologik
ong
.
Psixika
voqelikning kishi miyasida aks etishi sifatida har xil darajalar bilan
farqlanadi.
Psixikaning odamga xos bo’lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong
psixikaning uni yaxlit bir xolga keltiruvchi shaqli bo’lib kishining mexnat
faoliyatida, boshqalar bilan til yordamida mulokot qilish jarayonida shaqllanishini
ijtimoiy tarixiy shart-sharoitlari natijasi xisoblanadi. Shu ma’noda
ong marksizm
klassiklarining ta’kidlashicha ijtimoiy maxsul bo’lib anglagan borlikdan buyuk
boshqa narsa emasdir.
Ongning strukturasi tuzilishi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday.
Uning birinchi ta’rifi
-nomining o’zidayoq berilgan bo’lib, ong deganidir.
Kishining ongi bizning tevarak atrofimizni qurshab turgan olam
haqidagi bilimlar
majmuasidan tarkib topdi. Ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradi.
Ular yordamida odam o’z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga
sezgi, idrokni, xotira, xayol va tafakkurni qo’shish mumkin. Sezgilar va idrok
yordamida miyaga ta’sir etuvchi kuzatuvchilarning bevosita
aks etishi natijasida
ongda borliqning usha momentda kishi tasavvurida hosil bo’lgan hissiy manzarasi
gavdalanadi. Xotira ongda utmish obrazlarini qaytadan gavdalantiradi. Xayol
ehtiyoj ob’ekti bo’lgan ammo hozirgi paytda yo’q narsaning obrazli modelini hosil
qiladi. Tafakkur umumlashgan bilimlardan foydalangan
holda masalaning hal
etilishini ta’minlaydi.