Sana:
Mavzu. Kirish darsi.Bilimlar kuni.
Maqsad. Ta`limiy:O'z fikrini aytish birligi sifatida gap haqidagi tasavvurni umumlashtirish,;
Tarbiyaviy: o'z Vataniga muhabbatni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:gapni so'zlarga bo'lish, so'zlardan gap tuzish va uni yozish ko'nikmasini o'stirish
O’tish usuli:Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti .
3. Daftar tarqatish .
Bugundan boshlab «Ona tili» darsligini o'rganishni boshlaymiz. Mana o'sha darslik (ko'rsatiladi). Bu darslik bizga to'g'ri yozishni, fikrlarimizni ravon gapirib bera olishni o'rgatadi.
Shu o'rinda xattaxtaga oldindan yozib qo'yilgan dars, darslik so'zlari o'qitiladi va bu ikki so'zning ma'nosi izohlanadi.
Darslikda tushuntirish –xulosalar,mashqlar bor.Mashqlarni oldida ularning tartibini bildiruvchi sonlar bor.Mashqda uni qanday bajarishni bildiruvchi shartlarva topshiriqlar bo`ladiUlar maydaroq narflar bilan yozib qo`yilgan.Bu topshiriq va shartlarni tartib bilan bajarishingiz lozim.Darslikning oxirigi betide “Lug`at ” berilgan. Siz undan ayrim so`zlarni to`g`ri yozishni bilib olishingiz,yozgan so`zlaringizni tekshirishingiz mumkin.
II.Yangi mavzu bayoni.
Doskaga bilim,kitob,bulog`i so'zlari ilib qo'yiladi, bolalar o'qiydilar.
Siz nimalarni o'qidingiz? (So'zlarni). --Shu so'zlardan gap tuzing.
O'quvchilardan biri so'zlarni gap tartibida qo'yib chiqadi. Qolgan o'quvchilar o`qiydilar.
Gap yozilganini ko'rsatish uchun nima qilamiz? (Gapning birinchi so'zini bosh harf bilan boshlaymiz, oxiriga nuqta qo'yamiz).
Gapni yozish uchun har bir harfni to'g'ri yozish, harflami o'zaro qo'shishni bilish zarur. (O'qituvchi gapni yozadi: Kitob-bilim bulog`i.)
Bolalar har bir so'zni bo'g'inlab qayta o'qiydilar va bo'g'inlab o'qib yozadilar. Yozib bo'lgach, uni tekshiradilar. O'qituvchi to'g'ri yozgan o'quvchilarni rag'batlantiradi.
O'quvchilar «Gap nimalardan tuziladi?» so'rog'iga javob beradilar: “Gap so'zlardan tuziladi”.Doskaga kitob ,bilimni ulug`lovchi rasm ilib qo`yiladi.
Rasmga qarab hikoya tuzish. Rasmda nima tasvirlangan? Gapirib bering. - Mana shu aytganlarimizning hammasini bir so'z bilan nima deb ataymiz? (Nutq.) -Nutq necha xil bo'lar edi? (Og'zaki va yozma.)
III Dam olish lahzasi.
IV.Mustahkamlsh. Po`lat Mo`minni “Kitob-hammabop” she`ri ustida ishlanadi.
Hayotimiz oynasi, Bilimlarning onasi, Buyumlar durdonasi, Menga o`rgatgan odob- Bu kitobdir,bu kitob.
Mazmunlari xilma-xil,
Aqlingizga qo`shar aql,
Do`stimdir juda ahil,
Fan yo`lida nur-oftob-
Bu kitobdir,bu kitob.
V. Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash.— Darsda nimalarni o'rgandik?
VI.Uyga vazifa. Bilim haqida she`r yoki maqollar yodlab kelish
MRO`TIBO`_______________
Sana:
Mavzu. Gap so`zlarning o`zaro bog`lanishi..
Maqsad. Ta`limiy:O'z fikrini aytish birligi sifatida gap haqidagi tasavvurni umumlashtirish,;
Tarbiyaviy: o'z Vataniga muhabbatni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:gapni so'zlarga bo'lish, so'zlardan gap tuzish va uni yozish ko'nikmasini o'stirish
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
I
II
III
IV
V
VI
Davomiyligi
3
7
14
15
5
1
I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti .
3. Daftar tarqatish .
II. Uy vazifani tekshirish va daftarlarni almashtirish.
O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi
III.Yangi mavzu bayoni.O'qituvchi doskaga Vatanimizni, sevamiz, biz, jondan so'zlarini qo'yadi, bolalar o'qiydilar.
Siz nimalarni o'qidingiz? (So'zlarni). --Shu so'zlardan gap tuzing.
O'qituvchi (yoki o'quvchi) so'zlarni gap tartibida qo'yib chiqadi. O'quvchilar o`qiydilar.
Gap yozilganini ko'rsatish uchun nima qilamiz? (Gapning birinchi so'zini bosh harf bilan boshlaymiz, oxiriga nuqta qo'yamiz).
Gapni yozish uchun har bir harfni to'g'ri yozish, harflami o'zaro qo'shishni bilish zarur. (O'qituvchi gapni yozadi: Biz ona Vatanimizni jondan sevamiz.)
Bolalar har bir so'zni bo'g'inlab qayta o'qiydilar va bo'g'inlab o'qib yozadilar. Yozib bo'lgach, uni tekshiradilar. O'qituvchi to'g'ri yozgan o'quvchilarni rag'batlantiradi.
O'quvchilar «Gap nimalardan tuziladi?» so'rog'iga javob beradilar: “Gap so'zlardan tuziladi”.
Rasmga qarab hikoya tuzish. 1- mashq.
Rasmda qaysi xona tasvirlangan? -Sinf xonasi qanday ko'rinishga ega ekan?
O'quvchilar nima qilyaptilar? -O'qituvchi nima qilyapti?
O'quvchilarning kayfiyati qanday? Mana shu aytganlarimizning hammasini bir so'z bilan nima deb ataymiz? (Nutq.) -Nutq necha xil bo'lar edi? (Og'zaki va yozma.)
Nutq nimalardan tashkil topadi? (Gaplardan.) Gaplar-chi? (So'zlardan.)
Demak, biz fikrimizni aytish uchun gaplardan foydalandik. Agar so'zlarni bir-biriga bog'lamasdan alohida aytsak fikrimizni tushuntira olamizmi? (Yo'q.) (So'z va gap o'rtasidagi farq qisqacha tushuntiriladi.) Gap fikr bildiradi, xabar beradi; so'z esa narsa nomini, rangini, sonini, harakatini bildiradi.
Gap qanday harf bilan boshlanadi? -Oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
Fikrimizni bildirish uchun gaplardan foydalanar ekanmiz. Gaplar yig'ilib, nutqni tashkil etar ekan.
Dam olish lahzasi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.. 2-mashq
—Mashqdagi gaplarni o'qiymiz. Matnda nechta gap bor ekan? (Uchta.)
Gaplarda nima haqida xabar beriladi? (Ona Vatan haqida.)
Hozir Vatan haqidagi gaplarni mashq topshirig'iga ko'ra bajaramiz. O'qing, deyilgan. O'qiymiz. Keyingi savol va topshiriqlarni bajaramiz: Matnda nechta gap bor? Og'zaki nutqda bir gap boshqasidan qanday ajratiladi? (Gap oxirida ovoz pasayishi va biroz to'xtam bilan.) Yozma nutqda-chi? (Tinish belgilari — nuqta, undov va so'roq belgilari bilan.) Mashqdagi ikkita gapni ko'chiramiz. Tekshiramiz. (O'qituvchi tekshirish yo'lini tushuntiradi.) (Bundan so'ng hamma mashqlardagi ana shunday topshiriq, savol va shartlarni tartibi bilan bajarib borishga odatlanishimiz shart.)
3- mashq shartiga ko 'ra bajariladi.
V. Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash.— Darsda nimalarni o'rgandik?
VI.Uyga vazifa. 4- mashq. (Mashq sharti tushuntirib beriladi.)
MRO`TIBO`_______________
Sana:
Mavzu. Gap haqida o`quvchilar bilimini umumlashtirish.
Maqsad.
Ta`limiy: . Matnni gaplarga ajratish ko'nikmasini shakllantirish;
Tarbiyaviy: o'z Vataniga muhabbatni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Gapning birinchi so'zini bosh harf bilan boshlash, gap oxiriga nuqta, so'roq yoki undov belgisini qo'yish haqidagi konikmalarni o'stirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
I
II
III
IV
V
VI
Davomiyligi
3
7
14
15
5
1
I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti
3.Ko`rgazmalarni ilish.
II.Uy vazifani tekshirish va daftarlarni almashtirish.
O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
Nechta gap yozdingiz? Birinchi gapni o'qing. Oxiriga qanday tinish belgisi qo'ydingiz?
Ikkinchi gapda nechta so'z bor? Gap nima haqida ekan? Nima uchun shunday deymiz?
— Yozuvda bir gap boshqasidan qanday ajratilar ekan?
III.Yangi mavzu bayoni.
5- mashqqa qarang. Shartini o'qiymiz. (O'qing. Matnda nechta gap bor?) O'qituvchi har bir gapni bir-biridan aniq ajratgan holda o'qiydi. (Bir o'quvchi xattaxtaga har bir gapni son bilan belgilab turadi.)
Demak, matnda nechta gap bor ekan? (Uchta.)
Nima uchun yozuvda bir gapni boshqasidan ajratish zarur? (Yozilgan matnni gaplarga ajratmasak, uning mazmunini tushunish qiyin.)
Gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo'yar edik? (Nuqta.) Bu mashqda nuqta qo'yilibdimi? (Yo'q.) (Mashq uch o'quvchiga o'qitiladi.)
Matnni ko'chirib yozamiz. Har bir gapning birinchi so'zini bosh harf bilan boshlab yozamiz. Gapning oxiriga nuqta qo'yamiz. (Mashq bajariladi.)
///. Dam olish lahzasi.
IV. Darslikda berilgan xulosa (qoida) ustida ishlash.
— Darslikda berilgan qoidani o'qing. Qoidada necha qism bor? (Ikki qism.) Birinchi qismni aytib bering. (Gapni bosh harf bilan boshlab yozamiz.) Ikkinchi qismni ayting. (Gapning oxiriga nuqta, so'roq yoki
undov belgisi qo'yiladi.) Misollarni o'qing. Gaplar oxiriga qaysi tinish belgilari qo'yilgan?
- Demak, gapning birinchi so'zi qanday harf bilan boshlanar ekan?— Gapning oxiriga qanday tinish belgilar qo'yar ekanmiz?
V.Mustahkamlash .Xattaxtaga oldindan yozib qo'yilgan she'r yuzasidan suhbat. She'rni o'qituvchi ifodali o'qib beradi.— Birinchi gapni o'qing. Gap oxiriga qanday belgi qo'yilgan? (So'roq belgisi.)
— Ikkinchi gapni o'qing. Uning oxiriga qanday belgi qo'yilgan? (So'roq belgisi.)
— Nima uchun shu ikki gapning oxiriga so'roq belgisi qo'yilgan?
(So'rash mazmunini bildirgani uchun.) (3—4- gaplar ham shunday tahlil qilinadi.)
6- mashqni bajarish.
Bu mashq sharti ham yuqoridagi mashqdagi kabi gaplar to'liq tahlil
qilinib, so'ng bajariladi.
VI. Darsni xulosalash va o`quvchilarni baholash.
— Bu darsda nimalarni bilib oldik?
— Demak, bu darsda gap bosh harf bilan boshlab yozilishini; gaplarning oxiriga nuqta, so'roq yoki undov belgisining qo'yilishini bilib oldik.
VII.Uyga vaziva. 8- mashq.
MRO`TIBO`_______________
Sana
Mavzu. Bosh harf bilan yoziladigan so`zlar.
Maqsad.
Ta`limiy: Kishilarning ism-familiyasi, hayvonlarga qo'yilgan nomni bosh harf bilan yozilishini tushuntirish :
Tarbiyaviy: Chiroyli yozishga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: Mavzu yuzasidan BKM larni rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
I
II
III
IV
V
VI
Davomiyligi
3
7
14
15
5
1
I. Darsni tashkil qilish. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti
3.Ko`rgazmalarni ilish.
II.Uy vazifani tekshirish va daftarlarni almashtirish.
O'qituvchi topishmoqning javobi nimaekanligini so'raydi. O'quvchilar sabzi ekanligini aytadilar. Daftarlar tekshirish uchun yig'ib olinadi, ikkinchisi tarqatiladi. Tartibli, chiroyli yozilgan daftar egalari rag'batlantirilib, kamchiliklar ko'rsatib o'tiladi.
III.Mavzu bayoni
— Darslikda sizga qanday savol berilgan? O'qing. (O'quvchiiar savolni o'qib, oldingi darslarda o'rganganlarini bilganlaricha aytadilar. Bu darsda ham yana bosh harf bilan yoziladigan so'zlarni o'rganishlarini eslatiladi.)
IV. Kishilarning ismi, familiyasini, hayvonlarga qo 'yilgan nomlarni bosh harf bilan boshlab yozish haqidagi qoidalarni mustahkamlash mashqlari.
O'qituvchi xattaxtaga o, a, h, k harflarini yozadi, shu harflar
bilan boshlanadigan kishi ismlarini aytishni tavsiya qiladi. O'quvchilar
aytgan ismlarni o'qituvchi (yoki bir o'quvchi) xattaxtaga, o'quvchilar
daftarlariga bosh harf bilan boshlab yozadilar (Omon, Aziz, Halima,
Kamola kabi). Yozilgan so'zlar bo'g'inlab o'qib tekshiriladi.
— Biz hozir o'rganilgan qaysi qoidani takrorladik?
Og'zaki mashq,
— Siz qanday uy hayvonlarini bilasiz?
O'qituvchi mushuk, ot, it rasmlarini ko'rsatib, shu uy hayvonlariga nom qo'yish vazifasini topshiradi. O'qituvchi bolalar qo'ygan nomni xattaxtaga yozishi mumkin. (Momiq, Boychibor, Ziyrak.)
— Kishilar nima uchun (nima maqsadda) hayvonlarga nom
qo'yadilar? Siz qanday uy hayvonlarini boqasiz? Ularga qanday nom
qo'ygansiz?
O'qituvchi savollarga o'quvchilar bergan javoblarni xulosalab, hayvonlarga qo'yilgan nomni ham bosh harf bilan boshlab yozilishini aytadi.
9- mashq.
Bu mashqni o'quvchilar ikki xil usulda bajarishlari mumkin.
usul: darslik oxirida berilgan 1- esdalikdan foydalanib ko'chiradilar va tekshiradilar.
usul: gaplarni izohlab ko'chiradilar: «Shavkat kuchukcha boqdi». Shavkat— gapning birinchi so'zi, kishi ismi, bosh harf bilan boshlab yozaman. «U kuchukchaga Ziyrak deb nom qo'ydi». U— gapning birinchi so'zi, bosh harf bilan yozaman; Ziyrak— kuchukchaga qo'yilgan nom, bosh harf bilan boshlab yozaman.
10- mashq.
Mashq topshiriqlari tartibida bajariladi. Mashqni tekshirib, savollariga javob bergach, o'quvchilarga darslikdan qoidani o'qish topshiriladi. Kishilarning ismi, familiyasi va hayvonlarga qo'yilgan nomlar bosh harf bilan boshlanadi.
V. Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash.
—Bu darsda nimalarni bilib oldingiz?
VI. Uyga vazifa. 11- mashq. Qoidalarni o'qish, bilish
MRO`TIBO`_______________
Sana:
Mavzu. Takrorlash.
Maqsad.
Ta`limiy: Berilgan rasm yuzasidan og'zaki hikoya tuzish;
Tarbiyaviy: O`quvchilarni bilim olishga undash.
Rivojlantiruvchi: Savollar yordamida qayta hikoya qilish va bayon yozish
ko`nikmasini shakllantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga mos rasm va plakatlar,jadvallar.tarqatma didiaktik kartochkalar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
I
II
III
IV
V
VI
Davomiyligi
3
7
14
15
5
1
I. Darsni tashkil qilish.
1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti
3.Ko`rgazmalarni ilish.
II.Uy vazifani tekshirish va daftarlarni almashtirish.
III.Yangi mavzu bayoni:
Rasm yuzasidan og'zaki hikoya tuzish. Doskaga oldindan tayyorlab qo`yilgan rasm ilinadi.
O'quvchilar rasmni ko'radilar, bolalarga ism qo'yadilar.
Ism qo'yilgan har bir bolaning bajarayotgan ishlari haqida hikoya hosil bo'ladigan tartibda gaplar tuzib, hikoya qiladilar. Hikoyaga sarlavha tanlaydilar: «Bog`da», «Bog`bonga yordam», «Hashar» kabi.