Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə1/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017


Sana:________ Tershirildi:______________

2- sinf

I CHORAK

TAKRORLASH 1- DARS

Mavzu. GAP VA SO’ZLARNING O’ZARO BOG’LANISHI.

Maqsad. A) ta’limiy: O'z fikrini aytish birligi sifatida gap haqidagi tasavvurni umumlashtirish, gapni so'zlarga bo'lish.

B) tarbiyaviy: o'z Vataniga muhabbatni tarbiyalash.

D) rivojlantiruvchi: so'zlardan gap tuzish va uni yozish ko'nikmasini o'stirish;

Darsning jihozi: darslik, plakat va tarqatmalar, rasmlar.

Darsning uslubi: aralash: savol- javob, test, amaliy ish.

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni aniqlash;

Tozalikni tekshirish;

Darsga tayyorgarlik.

1. «Ona tili» darsligi bilan tanishish.

— Bugundan boshlab «Ona tili» darsligini o'rganishni boshlaymiz. Mana o'sha darslik (ko'rsatiladi). Bu darslik bizga to'g'ri yozishni, fikrlarimizni ravon gapirib bera olishni o'rgatadi.

— Darslikda tushuntirish — xulosalar, mashqlar bor. Mashqlarning oldida ularning tartibini bildiruvchi sonlar bor. Mashqda uni qanday bajarishni bildiruvchi shartlar va topshiriqlar bo'ladi. Ular maydaroq harflar bilan yozib qo'yilgan. Bu topshiriq va shartlami tartib bilan bajarishingiz lozim. Darslikning oxirgi betida «Lug'at» berilgan. Siz undan ayrim so'zlarni to'g'ri yozishni bilib olishingiz, yozgan so'zlaringizni tekshirishingiz mumkin.

— Nima uchun bu kitob darslik deyiladi? — O'qituvchi bolalar uchun nashr etilgan badiiy kitoblardan bir yoki ikkitasini (masalan, Quddus Muhammadiyning «Kitob — oftob», Tursunboy Adashboyevning «Sovg'a» yoki Rasul Gamzatovning «Mening bobom») ko'rsatib, bu kitoblarda bolalar uchun Vatanimiz, xalqimizning mehnati, baxtli bolaligimiz haqida hikoyalar, she'rlar berilganini darslikka qiyoslab qisqa izohlaydi. Shu o'rinda xattaxtaga oldindan yozib qo'yilgan dars, darslik so'zlari o'qitiladi va bu ikki so'zning ma'nosi izohlanadi.

— Biz bugungi darsda gap nimalardan tuzilishini, u nutqda nima uchun kerakligini o'rganamiz.

II. Gap tuzish.

O'qituvchi so'z, gap tuzish kartoniga ona, Vatanimizni, sevamiz, bizjondan so'zlarini qo'yadi, bolalar o'qiydilar.

— Siz nimalarni o'qidingiz? (So'zlarni).

— Shu so'zlardan gap tuzing.

O'qituvchi (yoki o'quvchi) so'zlarni gap tartibida qo'yib chiqadi. O'quvchilar o'qiydilar.

— Gap yozilganini ko'rsatish uchun nima qilamiz? (Gapning birinchi so'zini bosh harf bilan boshlaymiz, oxiriga nuqta qo'yamiz).

— Gapni yozish uchun har bir harfni to'g'ri yozish, harflarni o'zaro qo'shishni bilish zarur. (O'qituvchi gapni yozadi: Biz ona Vatanimizni jondan sevamiz.)

Bolalar har bir so'zni bo'g'inlab qayta o'qiydilar va bo'g'inlab o'qib yozadilar. Yozib bo'lgach, uni tekshiradilar. O'qituvchi to'g'ri yozgan o'quvchilarni rag'batlantiradi.

O'quvchilar «Gap nimalardan tuziladi?» so'rog'iga javob beradilar: «Gap so'zlardan tuziladi».

III. Rasmga qarab hikoya tuzish. I- mashq.

— Mashq topshirig'ini o'qing. Mening savollarimga javob berishga tayyorlaning.

— Rasmda qaysi xona tasvirlangan?

— Sinf xonasi qanday ko'rinishga ega ekan?

— O'quvchilar nima qilyaptilar?

— O'qituvchi nima qilyapti?

— O'quvchilarning kayfiyati qanday?

— Mana shu aytganlarimizning hammasini bir so'z bilan nima deb ataymiz? (Nutq.)

— Nutq necha xil bo'lar edi? (Og'zaki va yozma.)

— Nutq nimalardan tashkil topadi? (Gaplardan.)

— Gaplar-chi? (So'zlardan.)

— Demak, biz fikrimizni aytish uchun gaplardan foydalandik. Agar so'zlarni bir-biriga bog'iamasdan alohida aytsak fikrimizni tushuntira olamizmi? (Yo'q.) (So'z va gap o'rtasidagi farq qisqacha tusluintiriladi.) Gap fikr bildiradi, xabarberadi; so'z esa narsa nomini, rangini, sonini, harakatini bildiradi.

— Gap qanday harf bilan boshlanadi?

— Oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi?

Demak, fikrimizni bildirish uchun gaplardan foydalanar ekanmiz. Gaplar yig'ilib, nutqni tashkil etarekan.

IV. Dam olish lahzasi.

V. Og'zaki va yozma nutqda bir gap boshqasidan qanday ajratilishini kuzatish. 2- mashq.

— Mashqdagi gaplarni o'qiymiz. Matnda nechta gap bor ekan? (Uchta.)

— Gaplarda nima haqida xabar beriladi? (Ona Vatan haqida.)

— Hozir Vatan haqidagi gaplarni mashq topshirig'iga ko'ra bajaramiz. O'qing, deyilgan. O'qiymiz. Keyingi savol va topshiriqlarni bajaramiz: Matnda nechta gap bor? Og'zaki nutqda bir gap boshqasidan qanday ajratiladi? (Gap oxirida ovoz pasayishi va biroz to'xtani bilan.) Yozma nutqda-chi? (Tinish belgilari — nuqta, undov va so'roq belgilari bilan.) Mashqdagi ikkita gapni ko'chiramiz. Tekshiramiz. (O'qituvchi tekshirish yo'lini tushuntiradi.) (Bundan so'ng hamma mashqlardagi ana shunday topshiriq, savol va shartlarni tartibi bilan bajarib borishga odatlanishimiz shart.)

VI. 3- mashq shartiga ko 'ra bajariladi.

VII. Darsni yakunlash.

- Darsda nimalarni o'rgandik? Gap haqida nimalarni bilib oldik?

VIII. Uyga vazifa. 4- mashq. (Mashq sharti tushuntirib beriladi.)


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin