Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


Sana:________ Tershirildi:______________ 11- DARS



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə14/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Sana:________ Tershirildi:______________ 11- DARS

Mavzu. Undosh tovushlar va harflar. 31-34-mashqlar.

Maqsad.a) ta’limiy: Undosh tovushlarning xususiyatlari haqidagi bilimlarni umumlashtirish; muhimi belgilariga qarab, undosh tovushlarni aniqlash ko'nikmasini o'stirish.

b) tarbiyaviy: hamkorlik, do’stlik va hamjihatlikini tarbiyalash.

d) rivojlantiruvchi: yozish ko’nikmalarini va undosh harflarning xususiyatlarini bilishga o’rgatish.

Darsning jihozi: darslik, plakat, undosh harflar yozilgan plakat, rasmlar.



Darsning borishi.

I. Uy vazifasini tekshirish.

II. Undosh tovushlarning xususiyatlarini umumlashtirish.

Darslik ustida ishlash.

1. 31-mashq.

O'quvchilar b, ch, k, j undoshlarini talaffuz qiladilar va suhbat yordamida undosh tovushlarni talaffuz qilganda, havo og'izda to'siqqa uchrashi, shuning uchun shovqin eshitilishi (ch, k) va shovqin bilan birga ozroq ovoz eshitilishi (b, j) ni aniqlaydilar. Undosh tovushlar undosh harflar bilan belgilanishini bilib oladilar.

2. Xulosani darslikdan o'qish.

3. 32- mashq.

Bu mashqni bajarish bilan tovushning so'z ma'nosini farqlashdagi ahamiyati tushuntiriladi.

III. Muhim beigilariga qarab undosh tovushni unli tovushdan farqlash ko 'nikmasini o 'stirish.

Ikkita so'z tanlab, ular tovush tomonidan tahlil qilinadi va undosh tovush unli tovushdan uch asosiy belgisiga qarab farqlanishi aniqlanadi:

1) talaffuz qilish usuliga qarab (unli tovushni talaffuz qilganda havo og'izda to'siqqa uchramaydi, erkin o'tadi; undosh tovushni talaffuz qilganda esa havo og'izda to'siqqa uchraydi); 2) ovoz va shovqinning ishtirokiga qarab (unli tovush talaffuz qilinganda ovoz eshitiladi; undosh tovush talaffuz qilinganda, asosan, shovqin eshitiladi); 3) bo'g'in hosil qilish xususiyatiga qarab (unli tovushning o'zi bo'g'in hosil qiladi, undosh tovushlar unli tovush bilan birga bo'g'in hosil qiladi); 4) iqtisodiy bilim berish mashqi. 33- mashq. Oila budjeti.

O'quvchilar matnni o'qiydilar. O'qituvchi yordamida matnda nima haqida gap borayotganini tushunib oladilar. So'ngra mashqning grammatik topshirig'i bajariladi.



IV. Darsni yakunlash.

— Darsda nimalarni o'rgandingiz? Undosh tovush unli tovushdan qanday farqlanadi?

V. Uyga vazifa. 34- mashq.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin