V. Ko 'chirilgan matnni tekshirish.
O'quvchilar avval darslikdan matn so'zlarini bo'g'inlarga bo'lib o'qiydilar, keyin yozganlarini bo'g'inlab o'qib tekshiradilar, yo'l qo'ygan xatolari bo'lsa, o'zlari tuzatadilar.
VI. Uyga vazifa. 30- mashq.
VII. Darsning ikkinchi qismidan 10—12 daqiqa ajratib darslikdan tayyorlanib yozilgan diktant tahlil qilinadi, xatolar ustida ishlanadi.
Sana:________ Tershirildi:______________ 10- DARS
1 - NI
Mavzu. Kitobdan diktant yozishga tayyorlanish va uni yozish.
Maqsad. Qo'llanmada berilgan «Esdalik» asosida kitobdan diktant yozishga o'rgatish.
Darsning borishi.
I. Darsni tashkil etish.
II. Darsning maqsadini tushuntirish.
— Bugungi darsimizda kitobdan diktant yozishni o'rganamiz. (O'qituvchi «Esdalik»ning har bir bo'limini o'qib, o'quvchilar nima qilishlari kerakligini tushuntiradi.)
— Oldin nima qilar ekanmiz? (Matnni o'qiymiz, tushunmagan so'zlarimizni so'rab bilib olamiz.)
— Keyin nima qilar ekanmiz? (Har bir so'zni alohida o'qiymiz, yozilishini bilib olamiz.)
— Juda yaxshi, siz nimalarni o'rgangansiz? (O'quvchilar o'qituvchi yordamida gapning birinchi so'zini bosh harf bilan boshlashni, oxiriga nuqta qo'yishni; kishilarning ismi va familiyasini bosh harf bilan boshlab yozishni yodga tushiradilar.)
III. 0 'qituvchi diktantning har bir bo 'limini xatboshidan boshlashni (ozroq joy qoldirishni unutmaslikni), husnixat qoidalariga rioya qi-lib, chiroyli va to'g'ri yozishni, yozganini tekshirishni (so'zlarni bo'g'inlab o'qish va yo'l qo'ygan kamchiliklarini to'g'rilashni) tushuntiradi.
IV. Kitobdan diktant yozishga tayyorlanish va uni yozish.
1. O'quvchilar darslikda berilgan matnni o'qiydilar.
Tushunmagan so'zlarini o'qituvchidan so'rab bilib oladilar. 28-mashq.
2. Har qaysi so'zni qayta o'qiydilar va qanday yozilganini eslab qolishga harakat qiladilar.
3. O'quvchilar kitobni yopadilar. O'qituvchi matnni aytib turib yozdiradi. O'quvchilar yozib bo'lgach, o'qituvchi matnni sekinlik bilan qayta o'qiydi, ular yozganlarini tekshiradilar.
4. Darslik ochilib, o'quvchilar yozganlarini darslikdan o'zlari tekshiradilar va yo'l qo'ygan xatolarini to'g'rilaydilar.
V. Darsni yakunlash. O'quvchilar daftarlarini tekshirish uchun yig'ib olish.
Dostları ilə paylaş: |