Sana: Tershirildi: 2- sinf I chorak takrorlash 1- dars mavzu


Sana:________ Tershirildi:______________ 2- DARS



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə2/182
tarix02.01.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#45570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
ona tili 2-sinf konspekt 2017

Sana:________ Tershirildi:______________ 2- DARS

Mavzu. Gap haqidagi o'quvchilar bilimini umumlashtirish.

Maqsad. A) ta’limiy: Matnni gaplarga ajratish ko'nikmasini shakllantirish. Gapning birinchi so'zini bosh harf bilan boshlash, gap oxiriga nuqta, so'roq yoki undov belgisini qo'yish haqidagi konikmalarni o'stirish.

B) tarbiyaviy: o'z Vataniga muhabbatni tarbiyalash.

D) rivojlantiruvchi: so'zlardan gap tuzish va uni yozish ko'nikmasini o'stirish;

Darsning jihozi: darslik, plakat va tarqatmalar, rasmlar.

Darsning uslubi: aralash: savol- javob, test, amaliy ish.

Darsning borishi.

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni aniqlash;

Tozalikni tekshirish;

Darsga tayyorgarlik.

II. Uy vazifasini tekshirish.

1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.

2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.

Nechta gap yozdingiz? Birinchi gapni o'qing. Oxiriga qanday

tinish belgisi qo'ydingiz?

- Ikkinchi gapda nechta so'z bor? Gap nima haqida ekan? Nima uchun shunday deymiz?

-Yozuvda bir gap boshqasidan qanday ajratilar ekan?

III. Nuqtalar qo'yilmay berilgan matnni gaplarga ajratish va gapni to 'g 'ri shakllantirish (yozish) mashqi.

-5- mashqqa qarang. Shartini o'qiymiz. (O'qing. Matnda nechta gap bor?) O'qituvchi har bir gapni bir-biridan aniq ajratgan holda o'qiydi. (Bir o'quvchi xattaxtaga har bir gapni son bilan belgilab turadi.)

- Demak, matnda nechta gap bor ekan? (Uchta.)

- Nima uchun yozuvda bir gapni boshqasidan ajratish zarur? (Yozilgan matnni gaplarga ajratmasak, uning mazmunini tushunish qiyin.)

- Gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo'yar edik? (Nuqta.) Bu mashqda nuqta qo'yilibdimi? (Yo'q.) (Mashq uch o'quvchiga o'qitiladi.)

- Matnni ko'chirib yozamiz. Har bir gapning birinchi so'zini bosh harf bilan boshlab yozamiz. Gapning oxiriga nuqta qo'yamiz. (Mashq bajariladi.)

IV. Darslikda berilgan xulosa (qoida) ustida ishlash.

- Darslikda berilgan qoidani o'qing. Qoidada necha qism bor? (Ikki qism.) Birinchi qismni aytib bering. (Gapni bosh harf bilan boshlab yozamiz.) Ikkinchi qismni ayting. (Gapning oxiriga nuqta, so'roq yoki undov belgisi qo'yiladi.) Misollarni o'qing. Gaplar oxiriga qaysi tinish belgilari qo'yilgan? (Nuqta, so'roq, undov belgisi qo'yilgan.)

— Demak, gapning birinchi so'zi qanday harf bilan boshlanar ekan?

— Gapning oxiriga qanday tinish belgilar qo'yar ekanmiz?

V. Gapni ifodali o 'qish va oxiriga tinish belgilari qo 'yishni bilib olish mashqi.

1. Xattaxtaga oldindan yozib qo'yilgan she'r yuzasidan suhbat. She'rni o'qituvchi ifodali o'qib beradi.

—Hoy turnalar, turnalar,

Qaydan uchib kelasiz?

Ayting, do'stlar, jo'ralar,

Qayga uchib ketasiz?

—Biz turnalar olisdan,

Uzoq eldan kelamiz.

Bulutlarning ustidan,

Shamolday tez yelamiz.

Shukur Sa 'dulla

— Birinchi gapni o'qing. Gap oxiriga qanday belgi qo'yilgan? (So'roq belgisi.)

— Ikkinchi gapni o'qing. Uning oxiriga qanday belgi qo'yilgan? (So'roq belgisi.)

— Nima uchun shu ikki gapning oxiriga so'roq belgisi qo'yilgan? (So'rash mazmunini bildirgani uchun.)

(3-4- gaplar ham shunday tahlil qilinadi.)

2. 6- mashqni bajarish.

Bu mashq sharti ham yuqoridagi mashqdagi kabi gaplar to'liq tahlil qilinib, so'ng bajariladi.

VI. Darsni xulosalash.

— Bu darsda nimalarni bilib oldik?

— Demak, bu darsda gap bosh harf bilan boshlab yozilishini; gaplarning oxiriga nuqta, so'roq yoki undov belgisining qo'yilishini bilib oldik.

VII. Uyga vaziva. 8- mashq.



Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin