Sana:________ Tershirildi:______________
5- DARS
Mavzu. Unli tovushlar va harflar.16-18-mashqlar.
Maqsad. Unli va undosh tovushlar haqidagi o'quvchilar tasavvurini aniqlash, so'zlar talaffuzini kuzatish va ularni tovush tomonidan tahlil qilish ko'nikmasini o'stirish.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
— Qanday vazifani bajardingiz? So'zlarni ikkitadan o'qing va shu so'zlarni farqlagan harflarni ayting.
II. Oyin: «So'zni toping».
1. Shirmoy no...
Shirin no...
2. Ko'm-ko'k may...a.
Sayroqi may...a .
3. Katta makt...b.
Mazmunli makt...b.
4. Oltin k...z.
Qora k...z.
O'quvchilar non—nok, maysa—mayna, maktab—maktub, kuz—ko'z so'zlarini yozadilar.
III. Darsning maqsadini aytish.
— Bugun unli tovushlar va harflarni takrorlaymiz: unli tovushlar va harflar qanchaligini, unli tovushning undosh tovushdan qanday farqlashni bilib olamiz.
— Darslikda berilgan savolni o'qing. Javob berishga harakat qiling.
IV. Unli va undosh tovushlar hamda harflar yuzasidan kuzatish.
— Unli tovushni undosh tovushdan qanday ajratamiz? degan savol beriladi. O'quvchilar bilganlaricha javob berishga harakat qiladilar so'ngra quyidagi topshiriqlarni bajaradilar, so'roqlarga javob beradilar.
— Avval a, o, i, u, o\ e tovushlarini talaffuz qiling. Shu tovushlarni talaffuz qilganingizda havo og'izda to'siqqa uchradimi yoki erkin o'tdimi? (Erkin o'tdi.) Talaffuz qilganimizda havo og'izda to'siqqa uchraniay erkin o'tadigan va ovoz eshitiladigan tovushning nomi nima? (Unli tovush.) Unli tovush haqida yana nimalarni bilasiz? Bo'g'in hosil qiladimi? (Unli tovush bo'g'in hosil qiladi.) Unli tovush bo'g'in hosil qilgan so'z ayting. (O-na, a-na, u-ka.)
V. 16—17- mashqlarni bajarish.
VI. O'yin: «Men o'ylagan so'zni topib ayting».
Doskaga o, a tovushlari yozilgan. Topadigan so'zingiz qarindoshlikni bildiradi, uch tovushdan tuzilgan. (Ona, opa, ota, aka.)
VII. Unli tovushlar haqidagi bilimlarni umumlashtirish.
VIII. Uyga vazifa. 18- mashq. Unli tovush haqida darslikda berilganlarni o'qish.
Dostları ilə paylaş: |