Sana:________ Tershirildi:______________ 7- DARS
Mavzu. U va o' unlilari.22-24- mashqlar.
Maqsad. U va o' unli tovushlarini alohida va so'z ichida to'g'ri talaffuz qilish, shu harfli so'zlarni to'g'ri yozish ko'nikmasini o'stirish.
Darsning borishi.
I. Uy vazifasini tekshirish.
II. U tovushini alohida va so'z ichida to'g'ri talaffuz qilish va u hatfli so'zlarni to'g'ri yozish ko'nikmasini o'stirish.
1. Bulbul, uzum kabi ikki so'zni tovush tomonidan tahlil qilish, u unli tovush ekanini tasdiqlash.
Uzum— ikki bo'g'inli so'z: u - zum; to'rt tovushdan tuzilgan: u-z-u-m; u — unli tovush; u tovushini talaffuz qilganda havo og'izda to'siqqa uchramaydi, erkin o'tadi (qancha cho'zib talaffuz qilsak ham u tovushi eshitiladi), ovoz eshitiladi; o'zi bo'g'in hosil qiladi: u-zum; z — undosh tovush, m — undosh tovush; bulbul so'zi ham shunday tahlil qilinadi.
2. 22- mashq.
Mashq topshiriqlari tartibida bajariladi. Birinchi bo'g'inda u unlisi kelgan so'zlarning ikkinchi bo'g'inida ham u tovushi talaffuz qilinishi va u harfi yozilishini yodda tutish uqtiriladi.
3. Berilgan bo'g'inga rasm yordamida bo'g'in qo'shib so'z tuzish va uni yozish. 23- mashq. Bu mashq ham topshiriqlari tartibida bajariladi.
III. O' va i unli tovushlarini alohida va so 'z ichida to 'g 'ri talaffuz qilish ko'nikmasini o'stirish.
1. O'yin, qo'shiq so'zlarini tovush tomondan tahlil qilish.
2. Birinchi bo'g'inda o', ikkinchi bo'g'inda i tovushi kelgan so'zlarni to'g'ri talaffuz qilish va to'g'ri yozish ko'nikmasini shakllantirish.
Xattaxtaga yozilgan to'ti, to'lqin, o'ttiz, qo'shiq, ko'prik, ko'rik so'zlarini o'quvchilaiga o'qitish va to'g'ri yozilishini tushuntirib, so'z diktant yozdirish.
IV. Darsni yakunlash.
— Darsda nimalarni bilib oldingiz? (1- bo'g'inda u unlisi kelgan so'zlarning 2- bo'g'inida ham u unlisi kelishi va ikkala bo'g'inda ham u harfi yozilishini; 1- bo'g'inida o' tovushi kelgan so'zlarning 2- bo'g'inida i unlisi talaffuz qilinishi va shunday yozilishini bilib oldik.)
V. Uyga vazifa. 24- mashq.
Dostları ilə paylaş: |